O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand davlat universiteti ro`yhatga olindi №2018 yil «Tasdiqlayman»



Yüklə 3,31 Mb.
səhifə261/376
tarix26.12.2023
ölçüsü3,31 Mb.
#197416
1   ...   257   258   259   260   261   262   263   264   ...   376
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi s-www.hozir.org

Shimoliy Melaneziya degan nom bilan birlashtiriladi.
Shimoliy Melaneziya iqlimi doimo issiq va juda nam, orollarning ko’pchiligi 
tekislik va tog’li joylardagi doimiy yashil nam o’rmonlar bilan qoplangan. Janubiy
Melaneziya iqlimi issiq, mavsumiy nam, gileya o’rmonlari tog’larning faqat 
shamolga o’ng yon bag’irlarida bor, tog’larning shamolga teskari quruq yon
bag’irlarida va pastak orollarda savannalar paydo bo’ladi. 


Melaneziya va Okeaniyaning eng yirik oroli - Yangi Gvineya (Irian)


maydoni 829 300 km2 bo’lib, faqat Grenlandiyadan kichikroq. Orolning 
landshaftlari butun Melaneziyaning, ayniqsa shimoliy oblastining landshaftlari
uchun tipik landshaftlardir. 
Yangi Gvineya tamomila ekvatorial kengliklarda (0°21` janubiy kenglik
bilan 10°40' janubiy kenglik o’rtasida) joylashgan. 
To’rtlamchi davrda ham orol Avstraliyaga 150 kilometrlik bo’yin bilan
qo’shilgan edi. Bu bo’yinning atigi 30 m cho’kishi natijasida Torres bo’g’ozi 
vujudga keldi. Yangi Gvineyaning Malayya orollari bilan ham bog’langanligi isbot
etilgan. Ilgari orollarni birlashtirib turgan quruqlik yo’llari Yangi Gvineyaning 
o’ziga xos «flora o’chog’i»da ekanligini tushuntirib beradi. Osiyo, Maleziya,
Polineziya, Avstraliya va Antarktika floralarining ko’chib o’tish yo’llari o’sha 
«flora o’cho-g’i» da kesishgan. Orol florasi turlarining g’oyatda ko’pligi bilan farq
qiladi. Orolda o’simliklarning 6872 turi bor. Bulardan 85 protsenti endemik 
turlardir.
Orolning boshidan oxirigacha (2400 km masofada) O’rtalik tizma davom 
etadi. Bu tizmaning oldida janubda - keng pasttekislik, shimolda - uzunasiga
ketgan vodiy va Qirg’oq tog’lari bor. Qirg’oq tog’lari Pahlavon bo’g’ozining 
oldida uzilib, Bismark orollarining tog’ zanjiriga qo’shilib ketadi. O’rtalik
tizmaning tepalari (dengiz sathidan o’rta hisobda 3500 ga yaqin baland) g’arbga 
tomon tobora; ko’tarilib, Okeaniyadagi eng baland Karstens-Toppen cho’qqisiga
ulanib) ketadi. Qorli tog’lardagi bu cho’qqining dengiz sathidan balandligi 5030 


m. Ko’proq ko’tarilgan shu rayonda qadimgi kristall va metamorfik jinslar
ochilgan, pastroq markaziy va g’arbiy tizmalar asosan qumtosh va ohaktoshlardan 
tarkib topgan, ohaktoshlarda karst hodisasi juda kuchli.
Qishda janubi-sharqiy passat, yozda shimoli-g’arbiy musson keltiradigan 
juda ko’p namlik O’rtalik tizmaning yon bag’irlariga to’planib, zichlashadi. Tropik
front siklonlari o’tganda tog’larga sharros yomg’ir yog’adi. Qorli tog’larning 
baland tepalariga qor tushadi. Bu yerda qor chizig’i (balandligi 4420 m) ekvatorial
mintaqada pastroq, chunki iqlimi g’oyatda nam. Tog’larning tepalarida qor 
uyumlari va kichik muzliklar bor.
Doimiy qorlar va qurum toshlardan pastda baland o’tli yaylovlar bor, ularda 
rododendronlar o’sadi, 2500-3800 dan esa tog’ gileyalari mintaqasi boshlanadi.
Tog’ gileyalari qalin bambuk chakalakzorlari bilan o’ralgan. Bu mintaqada qalin 
tuman tushadi, yomg’ir muttasil shivalab yog’adi, temperatura garchi past
bo’lsada, bir zaylda turadi. Bu mintaqadagi o’rmonlar daraxtsimon paporotniklar, 
doimiy yashil lavr va mirta daraxtlari, Agathis va rodocarpus avlodlariga kiradigan
igna bargli daraxtlardan tarkib topgan. Tog’ gileyalari yon bag’irlar bo’ylab 900 
gacha past tushadi. Pastroqda tog’ gileyalari o’rniga tipik gileyalarning
chakalakzorlari paydo bo’ladi. Bu chakalakzorlar baland tanali daraxtlardan iborat 
bo’lib, ayniqsa Hindiston-Malayya florasining turlariga boy. Tipik gileyalar janub
tomondagi tog’ etaklariga va orolning shimoliy rayonlariga kirib boradi. 
Janubiy pasttekislik zaminida Avstraliya platformasining keng shimoliy uchi
- kristall poydevor bor. Bu poydevor mezozoy, paleogen va neogen davridagi 
dengiz yotqiziqlari va to’rtlamchi davrning allyuvial yotqiziqlari bilan qoplangan.



Allyuvial yotqiziqlardan yassi tekisliklar vujudga keladi, tekisliklarda daryo


yotqiziqlari zo’r berib to’planadi. Tog’ yon bag’irlarining yomg’ir ko’p yog’adigan 
qismi yaqinida pasttekislikda yillik yog’in miqdori 4000-5000 mm gacha boradi,
lekin pasttekislikning markaziy va ayniqsa janubiy rayonlari juda quruq bo’lib, 
landshaftlari Shimoliy Avstraliyaning ichki rayonlariga juda ham o’xshaydi.
Bu joylardagi o’simliklarning xarakterli tipi savannalardir. Savannalarda 
tutam-tutam qattiq g’allagullilardan alang-alang, borodach va Avstraliyaga xos
daraxt turlari - banksiyalar, evkaliptlar va akatsiyalar uchraydi. Flay va Digul 
daryolarining botqoqlangan keng qayirlarida qamishzor to’qaylar ko’p. Bu
to’qaylar sago palmalari va nina palmalaridan iborat o’rmonlar bilan qoplangan. 
Daryolarning quyilish joylarida va pastak qirg’oqlarida mangra o’rmonlari bor.
O’rtalik tizma shimol tomonda uzunasiga ketgan vodiyga (daryolarning 
allyuvial yotqiziqlari bilan to’lgan va juda ham botqoqlangan tektonik botiqqa)
qarab sekin-asta pasayadi. Vodiyni sohildan ajratib turuvchi Qirg’oq tog’lari 
ko’ndalang, uzilmalar bilan palaxsa massivlariga ajralgan bo’lib, okeanga tikka
tushadi. Shu joyning qirg’oq yaqinida vulqonli bir necha orol qad ko’tarib turadi 
(otilib turadigan vulqon tepasi-Manam oroli). Yangi Gvineyaning shimoliy
rayonlarida va Mikluxo-Maklay qirg’og’i (Avstrolyabiya qo’ltig’idan sharq 
tomon)da o’rmonlar ko’proq; o’rmonlar ochilgan joylarda alang-alang savannalari
paydo bo’ladi. 



Yüklə 3,31 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   257   258   259   260   261   262   263   264   ...   376




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin