O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand davlat universiteti ro`yhatga olindi №2018 yil «Tasdiqlayman»



Yüklə 3,31 Mb.
səhifə269/376
tarix26.12.2023
ölçüsü3,31 Mb.
#197416
1   ...   265   266   267   268   269   270   271   272   ...   376
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi s-www.hozir.org

Periferik siklonlarning markazlari Antarktida qirg’og’idan ancha shimol tomondan
o’tgani uchun qirg’oqda shamol sharq janub-sharq-tomondan esadi. Siklonik 


depressiyaning qirg’oqqa yaqinlashuvini ikkinchi protsess-materik sovuq
havosining Antarktidadan dengizga kirishi (stok shamoli) ham kuchaytiradi. 
Antarktik gumbazning yon bag’ri qancha tik bo’lsa, stok shamollari o’shancha
qattiq bo’ladi. Ba’zan Bo’ronlar o’lkasi deb ataladigan Adeli Yerida va Mirniy 
rayoni yaqinida stok shamollari ayniqsa qattiq bo’ladi. Litl Amerika stansiyasi 
atrofida esa, aksincha, stok shamollari emas, siklonik shamollar ko’proq bo’ladi. 
Litl Amerika stantsiyasining orqasida kaftday tekis Ross shel‘f muzligi janubga
tomon davom etadi. Stok shamollarining kuchi va barqarorligi yilning turli 
fasllarida turlicha bo’ladi. Yozda Antarktida qirg’og’ida shtil‘ havo haftalab
davom etishi mumkin. Qishda, qutb kechasida muzlik qatlami ustidagi xavo qattiq 
soviydi, stok shamollari esa qirg’oqda muntazam esa boshlaydi, sohilga siklon
yaqinlashib kelganda, bu shamollar sekin-asta kuchayib, dovul darajasiga yetadi. 
Shunday vaqtlarda iliq dengiz havosi materik ichkarisiga kiradi. 1957 yil 24 iyulda
Mirniy yaqiniga siklon keldi, stok shamolining kuchi dovul darajasiga yetdi (40 


m/sek) va 10 sutka davom etdi. Ayni vaqtda havo temperaturasi ko’tarildi.
Mirniyda -27°C dan -10°C ga, Vostok stantsiyasida esa -71°C dan -45°C ga tushdi. 
Avgust o’rtalarida sohilta siklon yaqinlashib keldi, shu vaqt stok shamolining
kuchi dovul darajasiga yetdi. Ammo, stok shamollari sohilning o’zida emas, balki 
materik qirg’og’idan 200- 300 km janub tomonda qattiq bo’lib, doim esib turadi.
Antarktida ichki rayonlarining yillik o’rtacha temperaturasi (-57°C ) muzlik 
chekkasiga nisbatan 45°C past. Materik ichida Yerning jahon sovuqlik qutbi bor.



70 ko’tarilishda va okeandan 28 km uzoqlashishda temperatura o’rta hisob bilan


1°S pasayadi. Okeandan uzoqlashgan sayin va kenglik oshgan sari temperaturaning 
yillik amplitudalari ham kattaroq tafovut qiladi. Mirniy yaqinida qutb tuni aslida
yo’q, ammo Vostok stantsiyasida qutb tuni 114 sutka davom etadi. Qutb tunida 
havo juda ham siyrak. Qor ustida kuchli temperatura inversiyasi vujudga keladi.
Masalan, 1957 yil 9 mayda Vostok-1 stantsiyasida, ya’ni Mirniydan 635 km 
masofada kuchli inversiya kuzatildi: temperatura qor yuzasida - 70°C bo’lsa, 350

m balandlikda-37°C ekanligi aniqlandi. Qishda bu yerda havo tinch bo’ladi,
temperatura inversiyasini, shamol hech bir o’zgartirmaydi. Banger vohasi Mirniy 
atrofidagidan yozda issiqroq, qishda esa picha sovuqroq bo’ladi.
Antarktidada deyarli nuqul qor yog’adi, ammo Antarktika yarim orolida va 
hatto Mirniy stantsiyasi bilan Litl Amerika stantsiyasida (78° janubiy kenglikda)
ahyon-ahyonda yomg’ir yoqqani ma’lum. Materikning ichki rayonlariga kirib 
borgan sayin yog’in kamayadi. Ammo sohilning o’ziga emas, muzlik qatlamining
tik yon bag’irlariga ko’proq yog’in tushadi. Bu yon bag’irlarda orografiya siklon 
yog’inlarining hosil bo’lishini kuchaytiradi. Antarktidadan 90 km naridagi

Drigal‘skiy orolida 1957 yil mobaynida 800 mm dan ortiqroq (suvga aylantirib
hisoblaganda), sohildagi Mirniyda 400 mm (Ross shel‘f muzligining chekkasiga 
esa faqat 300 mm) yog’in tushgan bo’lsa, Mirniydan janub tomonda, muzlik
qalqonining yon bag’rida o’sha yili 600 mm yog’in tushdi. So’ngra, ichki 
rayonlarga kirib borgan sayin yog’in kamayadi; Pionerskaya stantsiyasida 150 mm 
gacha, Sovetskoe platosida 80-50 mm dan kam yog’in tushadi. Antarktidaning 
hamma territoriyasiga ham yog’in kam - yiliga o’rta hisobda qariyb 200 mm.
Antarktidadagi qor faqat materik chekkasida, ayniqsa qoramtir qoyalarda 
qor yozda juda tez eriydi. Lekin qirg’oqdan bir necha o’n kilometr uzoqlashish
bilan (dengiz sathidan 500-1000 ko’tarilganda) qor erishi deyarli to’xtab qoladi, 
chunki havo temperaturasi biron joyda ham 0°C gacha ko’tarilmaydi. Qorning
bug’lanishi katta ahamiyatga ega. Chekka polosada yiliga 200-250 mm gacha qor 
bug’lanadi, bu miqdor yillik yog’in miqdoridan atigi 2 marta kam. Antarktidaning
markaziy rayonlarida qor juda kam bug’lanadi. 
Juda ko’p qorni sharqiy va janubiy shamollar uchirib ketadi. Nunataklar
ustidagi qorni shamol uchirib ketgandan keyin ochilib qoladi. Stok shamollari 
qorning ozgina qismini okeanlarga tushirib yuboradi, Materikdan 10 km masofada
stok shamollari tinib qoladi. 
Antarktikada qish apreldan sentyabrgacha, yoz esa dekabrdan fevralgacha
davom etadi. Qishda Sovetskoe platosida to’rt oy qutb tuni bo’lib, shamol kam 
esadi, sovuq 80°C ga yetadi va undan ham oshadi. Ahyon-ahyonda siklon
yaqinlashib, havo isiydi (sovuq -40°C gacha tushadi), ayni vaqtda Mirniy atrofida 



Yüklə 3,31 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   265   266   267   268   269   270   271   272   ...   376




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin