O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand davlat universiteti ro`yhatga olindi №2018 yil «Tasdiqlayman»


Antarktida materigining o‘simlik va hayvonot dunyosi



Yüklə 3,31 Mb.
səhifə271/376
tarix26.12.2023
ölçüsü3,31 Mb.
#197416
1   ...   267   268   269   270   271   272   273   274   ...   376
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi s-www.hozir.org

Antarktida materigining o‘simlik va hayvonot dunyosi 
Antarktika (materik va okean Antarktikasi) Antarktika biogeografik 
oblastiga kiradi.
Hozir Yerda hayot kechirayotgan pingvinlarning 17 turi faqat Janubiy yarim 
sharda to’liq uchraydi, shu jumladan 3 turi Antarktidada (Antarktika mintaqasida)
yashaydi. 
Antarktidaning eng yirik qushi imperator pingvinidir (bo’yi 115 sm, vazni
45 kg). Bu qushlar Antarktida qirg’oqlarida 15 ta yirik to’da (qushlar bozori) hosil 
qiladi, ularning hammasida 135 mingga yaqin pingvin bo’ladi.
Antarktida materigining organik dunyosini endemiklari hisoblangan 

pingvinlar faqat janubiy yarim shardagina uchraydi xolos. Buning sababi nimada


ekanligini bilasizmi? 
Antarktika (materik va okean Antarktikasi) Antarktika biogeografik 

oblastiga kiradi. Uning fauna va florasi hali juda kam tekshirilgan.
Antarktika oblastining faunasida turlar kam. Suvdagi faunada individlar 
ko’proq, chunki Janubiy okeandagi hayot sharoiti quruqlikdagiga nisbatan
qulayroq. Yer betida yashaydigan hayvonlar materikda kam. Yer betida 
yashaydigan sut emizuvchilar (masalan, qutb ayiqlari), uchadigan hasharotlar va
chuchuk suv baliqlari mutlaqo yo’q. Modomiki shunday ekan, Antarktika 
biogeografik oblastini okean oblastchasi va materik oblastchasiga ajratish uchun
asos bor (Antarktika yarim orolining g’arbiy sohili bundan mustasno bo’lib, 
Subaitarktikaga kiritilishi lozim).
Ikkala oblastchaning biogeografik tafovutlari shundan iborat: 


Okean oblastchasi

Materik oblastchasi

Faunasi (asosiy gruppalari)
Kitlar, kurak oyoqlilar bo’ron qushlari
(jumladan
albatroslar), 
pingvinlar,
qisqichbaqasimonlar. Orollarda: odam 
keltirgan
va

yovvoyilashgan


sut

emizuvchilar - shimol bug’usi, quyon va


boshqa hayvonlar bor. 
Kurak oyoqlilar, bo’ron qushlari
(albatroslar yo’q), pingvinlar (okean 
oblastchasidagiga
nisbatan 
boshqa
turlari). 


Flora va o’simliklari
Yuksak darajadagi o’tsimon o’simliklar 
(turlari 160 gacha boradi) orollarda
o’tloq va butacha assotsiatsiyalarini 
hosil qiladi. Moxlar, lishayniklar, suv
o’tlar bor. 
Yuksak darajadagi o’simliklar yo’q. 

Florasi moxlar, lishayniklar va suv


o’tlardan iborat. 

Antarktika okean oblastchasida eufazi qisqichbaqalari (bo’yi 6 sm gacha 


boradi) juda katta to’da bo’lib yashaydi. Yozda okean yuzasini bu qisqichbaqalar


ko’plab kilometrgacha qoplab oladi, kit va pingvinlarga yem bo’ladi. Bu joyda 




plankton orgalizmlar: qisqichbaqasimonlar, meduzalar, radiolyariyalar, diatom 

suv o’tlari va hokazolar ayniqsa ko’p. Suvning yuza (200-300 m) qatlamida
plankton hammadan ko’p, bu qatlam aktiv qatlam deb ataladi. Shimoliy yarim shar 


treska baliqlarining uzoq urug’lari bo’lgan nototeniylarniig qirg’oq yaqinidagi
formalarini aytib o’tish kerak. Qushlar sinfidan bo’ron qushlari otryadi (shu 
jumladan albatroslar) va pingvinlar kenja otryadi bor. Hozir Yerda hayot 

kechirayotgan pingvinlarning 17 turi faqat Janubiy yarim sharda to’liq uchraydi, 
shu jumladan 3 turi Antarktidada (Antarktika mintaqasida) yashaydi. 
Okeanda sut emizuvchilar sinfidan kurak oyoqlilar va kitlar bor. Kurak 
oyoqlilar juda xilma-xil, ularning orasida chinakam tyulenlar (jumladan dengiz fili 
va boshqa tyulenlar) bilan quloqdor tyulen - kotikni ajratish kerak. Quloqdor tyulen 
XIX asrdayoq deyarli butunlay qirilib ketgan. Kitlar Janubiy okeanda Yerning
boshqa har qanday okeaniga nisbatan ko’proq. Kitlar keng maydonda ko’chib 
yuradi va Janubiy okeanga asosan yozda kelib semiradi. Ular Antarktikada muz
parchalari oldida to’da-to’da bo’lib uchraydi. Antarktida qirg’og’i oldida kitlarni 
ko’p ko’rish mumkin. Mo’ylovdor kitlar (ko’k kit, finval, seyval va hokazo) va

tishli kitlar (kashalot, kosatka) bor. Mo’ylovdor kitlar ko’plab tutiladi, jumladan
Rus kit ovlovchi flotiliyalari shunday kitlarni ovlaydi. 
Antarktika materik oblastchasida yuksak darajadagi o’simliklar yo’q.
Antarktika yarim orolining faqat g’arbiy sohili bundan mustasno. Bu sohilning bir 
qadar yumshoq iqlimida yuksak darajadagi o’simliklardan g’allagullilarning ikki
turi va qalampirmunchoqlarning bir turi o’sadi. Shu sababli materikning bu 
rayonini Subantarktikaga kiritamiz. Lishayniklarning g’uddali, bargli, butali
formalari bor. Pingvinlar tezagi tushgan zax joylarda yashil moxlar goho zich chim 
qatlamlari hosil qiladi. Lishayniklar tog’larning baland joylarida va hatto qutbdan
atigi 360 km masofada (Nansen tog’ida) uchraydi. 


Suv o’tlar (ko’k-yashil va diatom suv o’tlari) vohalarning ko’llarida
tarqalgan. Yer betidagi suv o’tlar qoyalarning yuzasida va qorda yupqa gilam 
bo’lib o’sadi. Nuragan qatlamda, qorda va havoda bir oz bakteriyalar tarqalgan.
Faunasi, ayniqsa kurak oyoqlilar va qushlar turi ko’p. Qirg’oqqa yopishgan 
muzda va sayozliklarda tyulenlarning 5 tacha turini ko’rish mumkin. Ulardan

Ueddell zalvarli tyulenining uzunligi uch metrgacha boradi, so’ngra asosan suvda
yashaydigan krabxo’r tyulen (qisqichbaqalar bilan oziqlanadi), dengiz qoploni deb 
ataladigan yirtqich tyuleng boshqa tyulenlarga va pingvinlarga hujum qiladi,
ahyon-ahyonda Ross tyuleni va dengiz fili (uzunligi 6 m ga boradi) uchraydi.
Antarktika qushlarining 11 turidan bo’ron qushlarining xili ko’p-roq, ular
skeleti engil bo’lgani uchun juda yaxshi uchadi (6 turi bor). So’ngra pingvinlar va 


pomorniklar (2 turi) bor. Antarktida qirg’og’iga yaqinlashgan sayim avvalo
Antarktika bo’ron qushini, so’ngra kumush rang-kul rang bo’ron qushini, nihoyat, 
qor bo’ron qushini kemadan ko’rish mumkin. Qor bo’ron qushi materikning
ichkarisiga, qirg’oqdan bir necha oz kilometr olisga ham uya qo’yadi. Bo’ron 
qushlarining qolgan uch turi - bahaybat bo’ron qush, Vilg‘son kachurkasi va Kap 

zangori bo’ron qushi unchalik ko’p uchramaydi.

Antarktidaning eng yirik qushi imperator pingvinidir (bo’yi 115 sm, vazni 45 

kg). Bu qushlar Antarktida qirg’oqlarida 15 ta yirik to’da (qushlar bozori) hosil 





qiladi, ularning hammasida 135 mingga yaqin pingvin bo’ladi. Lekin kichkiia
(bo’yi 60 sm, vazni 6 kg) va juda harakatchan Adeli pingvinlari ko’proq - Adeli 
pingviniga o’xshaydigan Antarktida pingvini kam uchraydi. Pingvinlar qushlarning
juda qadimgi gruppasidir. Ularning qoldiqlari Antarktidaning miotsen davridagi 
yotqiziqlarida topilgan. Ular qirg’oqda jo’ja ochadi: imlerator pintvinlari qishda,
Adeli pingvinlari yozda bola ochadi. 
Antarktidada bo’g’im oyoqlilar yo’q desa bo’ladi. Mayda kanalar, qanotsiz 

nogoxvostka va beljik pashshasi kamdan-kam uchraydi. G’arbiy voha bilan Banger
vohasining ko’llarida yumaloq chuvalchanglar, eshkak oyoqli qisqichbaqalar 


(sikloplar) va shoxcha oyoqli dafniyalar yashaydi. Qishki anabioz ularning
hammasiga xarakterlidir. 
Okean va ayniqsa materik biogeografik oblastlarining xarakterli belgisi
shuki, hayot formalari sohil yoniga to’plangan. Materik oblastchasida buning 
sababi ichki rayonlarning hayot uchun noqulayligi (sovuqliti, ovqat yo’qligi) dir.
Antarktidadagi hayvonlar bilan o’simliklar hayoti okeanga bevosita yoki bilvosita 
bog’liq.

Biogeograflar Antarktidada 4 ta hayot arenasini ajratishadi: qirg’oq 

yaqinidagi orollar va muzlar; materik yaqinidagi vohalar (masalan, Banger 

vohasi); nunataklar arenasi (Mirniy yaqinidagi Amundsen tog’lari, Viktoriya 

Yeridagi Nansen tog’i va hokazo) va muzlik qalqoniniig arenasi. Qirg’oq
yaqinidagi orollar va muzlar arenasida hayot o’chun sharoit qulay. Xasuell 
orollaridagi biomassa materikning yaqinidagi vohalariga nisbatan o’n ming baravar
ko’p. Nunataklar uchun faqat bakteriyalar, suv o’tlar, lishayniklar va juda 


majmag’il moxlar xarakterlidir. Qushlardan bo’ron qushlari va pomorniklar -
dengizning so’nggi jarchilari bu erga ahyon-ahyonda uchib keladi. Muzlik qalqoni 
arenasi dengiz bilan deyarli hech bog’langan emas. Bu yerga yakkam-dukkam

pomorkalar odamga ergashib uchib keladi.







Yüklə 3,31 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   267   268   269   270   271   272   273   274   ...   376




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin