bilan qoplangan. Cho‘kindi jinslar asosan okean va dengizlarga kelib quyiladigan
daryolarning loyqa oqiziqlaridan hosil bo‘ladi. Bunga Hind, Gang, Kongo,
Missisipi daryolarining dengiz tagidagi keng
suvosti vodiylari va mayda
zarrachalardan tashkil topgan yoyilmalari misol bo‘la oladi. Buntan tashqari
cho‘kindi jinslarning katta qismi suv qatlamidan ham cho‘kadi. Materik etagida
suvosti abissal oqimlari harakat qilib, okean tagiga yaqin qatlamda suv massalarini
vujudga
keltiradi, chukindi jinslarni harakatga keltiradi, materik etagi va okean
tagidagi cho‘kindilarni aralashtirib akkumulyativ relef shakllarini hosil qiladi.
Bular cho‘kindi tizmalar deb ataladi.
Dostları ilə paylaş: