O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi s-www.hozir.org
O‘rtalik okean tog‘ tizmalari. Okean o‘rtasidagi suv osti tog‘ tizmalari
Dunyo okeani tagidagi global morfostrukturaning to‘rtinchi yirik relef shakli
bo‘lib, maydoni 55 mln km2 ni tashkil etadi. O‘rtalik okean tog‘ tizmalari barcha
okeanlarni boshidan oxirigacha kesib o‘tgan. Umumiy uzunligi 60000 km dan va
eng keng joylari 1000 km dan ziyod.
Ulkan sayyoraviy tizim Shimoliy Muz okeanida Lomonosov suv osti tog‘
tizmasidan boshlanib, Atlantika okeanida Shimoliy Atlantika va Janubiy Atlantika
tizma tog‘lari nomi bilan davom etadi. Undan janubda joylashgan Afrika-
Antarktika tizmasi Afrikaning janubiy suv osti qismini aylanib o‘tib Hind okeanida
G‘arbiy Hind suv osti tizmasi bilan davom etadi. Hind okeanining markaziy
qsmida o‘rtalik okean tog‘ tizmasi uch tarmoqqa bo‘linadi: birinchisi, yuqorida
aytilgan G‘arbiy Hind tizmasi, ikkinchisi undan shimolga qarab cho‘zilgan
Arabiston-Hind tizmasi va uchinchisi janubi-sharqqa yo‘nalgan Markaziy Hind
tizmasidir. Oxirgi tizma Amsterdam platosigacha davom etib, platoda o‘tgandan
keyin yo‘nalishini o‘zgartiradi va Tinch okeangacha Avstraliya-Antarktika
ko‘tarilmasi nomi bilan cho‘zilib boradi. Tinch okeanda bu ko‘tarilma Janubiy
Tinch okean va Sharqiy Tinch okean ko‘tarilmalari bilan almashinadi. O‘rtalik
tizmalar asosan manityaga yaqin qattiq jinslardan tarkib topgan.
O‘rtalik okean tog‘ tizmalari Yer yuzidagi eng yirik tizim bo‘lib, unga teng
keladigani materiklarda uchramaydi. Tizmalarning o‘q qismi uchun riftli struktura
harakterli. Rift tizmalari ko‘plab tektonik yoriqlar bilan parchalangan. Bu
yoriqlarda uzun cho‘kmalar, yoki rift vodiylari vujudga kelgan. Ular tizmalarni
ko‘ndalang kesib o‘tib ko‘ndalang yoriq zonalarini hosil qiladi. O‘rtalik okean
tizmalari uchun intensiv vulkanizm va kuchli seysmik harakatlar ham harakterli.
Shuning uchun riftlarda yirik vulkan massivlari ko‘p uchraydi. Vulkanizm
rivojlangan joylarda lavali platolar, vulkanik orollar keng tarqalgan. Atlantika
okeanidagi Islandiya, Azor platosi, Tristan-da-Kunya va Gof orollari ana shunday
raYonlardan hisoblanadi.