Suv osti vulkanizmi rivojlangan zonalarda va vulkan massivlariga yaqin
bo‘lgan joylarda vulkanogen yotqiziqlar shakllangan.
Vulkanik yotqiziqlar
tarkibida okean yer po‘stining katta chuqurliklariga xos bo‘lgan ma’danlar va
vulkanik shishalar ko‘pchilikni tashkil etadi. Vulkanogen yotqiziqlar orasida
palagonik cho‘kindilar alohida o‘rin tutadi.
Poligen yotqiziqlar Dunyo okeanining 4500-5000
m va undan ham chuqur
botiqlarida uchraydi. Bu yotqiziqlar chuqur suv qizil gillaridan tashkil topgan.
Qizil gillar tarkibida doimiy ravishda kremniyli biogen qoldiqlar ishtirok etadi.
Dengiz suvlarida va okean tagida kimyoviy jarayonlar natijasida kimyoviy
cho‘kindilar hosil bo‘ladi. Ular xemogen yotqiziqlar deb ataladi. Bulardan tashqari
okean tagi yotqiziqlarining hosil bo‘lishida kosmik changlar ham ishtirok etadi.
Dunyo okeani tagining 150 mln. km2
maydoni karbonatli yotqiziqlar, 110 mln.
km2 maydoni chuqur suv qizil gillari va 60 mln. km2 maydoni kremniyli gillar
bilan band.
Dostları ilə paylaş: