O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand davlat universiteti ro`yhatga olindi №2018 yil «Tasdiqlayman»



Yüklə 3,31 Mb.
səhifə273/376
tarix26.12.2023
ölçüsü3,31 Mb.
#197416
1   ...   269   270   271   272   273   274   275   276   ...   376
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi s-www.hozir.org

Dunyo okeani tushunchasi. Dunyo okeani deb Yerning materik va
orollarini o‘rab turgan payonsiz suv qobig‘iga aytiladi. Okean tushunchasi 
yunonchadan tarjima qilinganda Yerni aylanib oqadigan azim daryo degan
ma’noni bildiradi. Dune okeani Yerni suv qobig‘i bo‘lib, o‘zining fizik va 
kimyoviy xususiyatlari, suvining kimyoviy tarkibi, sayyora bo‘yicha
akvatoriyasining tutashganligi jihatidan geografik qobiq va landshaft sferasining 
bir butun tabiiy geografik tizimini tashkil etadi. Dunyo okeani geografik qobiqda
takrorlanmas tabiiy geografik hosila bo‘lib, u o‘ziga xos moda va energiya 
almashinish, fizik va kimyoviy, vertikal va gorizontal differensiatsiyalanish
xususiyatlari bilan materiklardan farq qiladi. 


Maydonining kattaligi. Sayyoramizning 361 mln. km3 maydoni yoki
70,8% qismi okean suvi bilan qoplangan. Dune okeanining umumiy suv hajmi 
1370 mln. km3, o‘rtacha chuqurligi 3795 m. okean suvi Yer yuzid natekis
taqsimlangan. Uning katta qismi ekvatordan janubda, kamroq qismi esa shimolda 
joylashgan. Okean akvatoriyasi Shimoliy yarim sharning 61% ini, Janubiy yarim
sharning 81% ini egallab olgan. Lekin ochiq va ichki dengizlar qo‘ltiqlar Janubiy 
yarim sharda ko‘p tarqalgan. 810 sh.k. dan shimolda va 560 bilan 650 j.k.lar
o‘rtasida okean suvi Yer kurrasini uzluksiz halqa shaklida o‘rab olgan. Suv va 
quruqlik maydonining ko‘pligiga qarab Yer yuzasi Okean yarim shari va Materik
yarim shariga bo‘linadi. Gidrosferaning nihoyatda katta qismi bo‘lgan okeanosfera 
atmosfera va yer po‘sti bilan o‘zaro uzluksiz aloqada. Shuning uchun Denyo
okeanining ko‘pgina xususiyatlari atmosfera va yer po‘stiga bog‘liq. 
Dune okeani tagining geologik tuzilishi va relefi 

Okean tagi yer po‘stining tuzilishi. Dunyo okeani tagi suv sathidan turli xil
chuqurlikda joylashgan. Uning yuzasi relefining va yer po‘stining tuzilishiga ko‘ra 
bir-biridan keskin farq qiladigan global morfostrukturalardan – suvosti materik
chekkasi, o‘tkinchi zona, okean lojesi va o‘rtalik okean tizmalaridan tarkib topgan. 
Ularning har biri okean tagidagi yer po‘stining alohida-alohida tiplariga to‘g‘ri
keladi. Jumladan, materikning suvosti chekkasi yer po‘stining materik tipiga
okean lojesi okeanik tipga, o‘rtalik okean tizmalari riftogenal tipga va o‘tkinchi
zona geosinklinal tipga mansub. Okean tagi yirik relef shakllarining vujudga 
kelishida yer po‘stining vertikal va gorintal harakatlari asosiy rol o‘ynagan.
Dunyo okeani tagi global morfostrukturalar o‘znavbatida ikkinchi darajali 
megamorfostrukturalarga bo‘linadi. Materikning suvosti chekkasi materik
sayozligi yoki shelf, materik yon bag‘ri va materik etagidan iborat. O‘tkinchi zona 
cheka dengiz botiqlari, orollar yoy iva chuqur suv tagi cho‘kmalariga bo‘linadi.



Okean lojesi okean botiqlaridan va okean ko‘tarilmalaridan tashkil topgan. O‘rtalik


okean tizmalari riftli va tomonli zonalarga bo‘linadi.
Okean tagi yer po‘stining materik tipi okean tipiga nisbatan keng tarqalgan
va o‘rtacha qalinligi 35 km ni tashkil etadi. Uning yuqori qatlami cho‘kindi 
jinslardan, quyi qismi granitli va bazaltli qatlamlardan iborat. Okean lojesi tagidagi
yer po‘sti okeanik po‘st deb atalib, uning qalinligi taxminan 7 km ga teng. Okeanik 
yer po‘stining yuqori 1 km qalinlikdagi qismi cho‘kindi qatlamdan, undan pastda
qalinligi 1 km atrofida bo‘lgan zichroq jinsli ikkinchi qatlamdan va eng pastda 
qalinligi 5 km ga teng bo‘lgan bazalt qatlamidan tuzilgan.

Yüklə 3,31 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   269   270   271   272   273   274   275   276   ...   376




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin