O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand davlat universiteti ro`yhatga olindi №2018 yil «Tasdiqlayman»



Yüklə 3,31 Mb.
səhifə272/376
tarix26.12.2023
ölçüsü3,31 Mb.
#197416
1   ...   268   269   270   271   272   273   274   275   ...   376
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi s-www.hozir.org

OKEANLAR TABIIY GEOGRAFIYASI 

DUNYO OKEANI TABIATINING ASOSIY XUSUSIYATLARI. 

Okeanlar tabiiy geogafiyasining maqsadi va vazifalari. Tabiiy geograflar
uzoq vaqtlardan beri materiklarni kompleks tadqiq etish bilan shug‘ullanib kelgan 
bo‘lsalarda Dunyo okeani tabiatini okeanshunoslar olishmlar shug‘ullanishi kerak
degan fikrda bo‘lishgan. Shuning uchun okeanlar tabiatini kompleks tadqiq etish 
va ularni kompleks tavsif etish va ularni zonal-regional tavsiflash va tabiiy
geografik raYonlashtirishga nisbatan ancha orqada qolgan.
Dunyo okeanini kompleks tadqiq etish vazifasini okeanologik fanlar emas,
balki tabiiy geografiya fani hal etish lozim. Yer kurrasini materiklar va 
okeanlardan tarkib topganligiga hamda ularning doimiy ravishdagi o‘zaro
aloqadorligiga asoslanib geografik fanlar tizimida materiklar tabiiy geografiyasi 
qanday rivojlangan bo‘lsa, okeanlar tabiiy geografiyasi ham shu darajada
rivojlangan bo‘lishi kerak.
Okeanlar tabiiy geografiyasining asosiy maqsadi geografik qobiqning katta
qismini tashkil etgan okeanosferada vududga keladigan umumiy geografik, global 
qonuniyatlarni, komponentlarning tabiiy geografik farqlanishlarini, akvatoriyaning
va okean tubining zonal, vertikal hamda provinsial differensiatsiyalanish 
qouniyatlarini namoyon bo‘lishini kompleks tadqiq etishdir. K.K.Markov iborasi
bilan aytganda okeanlar tabiiy geografiyasining asosiy ilmiy vazifasi okean 
to‘g‘risidagi bilimlarni sintez qilishdan iboratdir.
Okeanlar tabiiy geografiyasida tabiiy akvatorial komplekslarni har 
tomonlama mukammal o‘rganish,ularning geografik muhitini himoya qilish,
okeanlarda ekologik muvozanatni saqlash, Dunyo okeani resurslaridan maqsadga 
muvofiq foydalanish, biomassalarning hosildorligini oshirish, okean havo
massalarining materiklarga ko‘rsatadigan ta’sirini tahlil vash ular asosida tabiiy 
geografik bashoratlar berish kabi vazifalar ko‘zda tutilgan.
O.K.Leontevning fikriga ko‘ra okeanlar tabiiy geografiyasi fan sifatida 
endigina shakllanib va rivojlanib kelayotgan yosh Fan hisoblanadi. Dunyo
okeanini kompleks tadqiq etish geograflarning asosiy vazifasiga kiradi. Okeanlar 


tabiiy geografiyasisiz geografiya fani o‘zining sayyoraviy, global miqyosdagi


harakteriga ega bo‘la olmaydi. Binobarin, okeanlar tabiiy geografiyasining asosiy 
maqsadi okeanshunoslar erishgan yutuqlardan keng foydalanib, okean va
dengizlarni kompleks tadqiq etishning geografik asoslarini ishlab chiqish, 
akvatorial landshaftlar tizimini turli miqyosda haritalashtirish, har xil maqsadlar
uchun tabiiy geografik raYonlashtirish, ekologik o‘zgarishlar to‘g‘risida 
bashoratlar berish kabilardan iborat.

Yüklə 3,31 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   268   269   270   271   272   273   274   275   ...   376




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin