chekkasining uzunligidan 46 protsenti materik yon bag’ridan, 45 protsenti shel‘f
va o’z tepasidagi havoni isitadi. Antarktidada mutlaqo qora narsa yuzasi hatto
53°C gacha qizishi mumkin. Vohalarning yillik radiatsiya balansi - musbat balans.
Antarktidadagi
atmosfera tsirkulyatsiyasi ham kenglik, ham meridional
harakat qiladi. Antarktida iqlimining asosiy zonal belgilari Antarktikadagi
atmosfera tsirkulyatsiyasining kenglik bo’ylab esuvchi havo oqimlariga bog’liq.
G’arbdan sharqqa qarab harakatlanuvchi siklonlar bilan o’ralgan antitsiklon
Antarktida ustida joylashadi. Ammo bu an’anviy sxemani to’ldirish zarur.
Birinchidan, Antarktida qirg’og’i yaqinida doimiy siklonlar borligi aniqlangan.
Ikkinchidan,
antarktik antitsiklonning tarmoqlari, ko’pincha, past bosimning siklon
halqasini «yorib» o’tadi va Janubiy okean orqali baland bosimning subtropik
halqasiga tortiladi. Uchinchidan, siklonlar ko’pincha okeandan materikka, ayniqsa
G’arbiy Antarktidaga kiradi.
Sharqiy Antarktidaga kelsak, unda antitsiklon doim
mavjud bo’ladi, lekin bu antitsiklonning kattaligi va olgan o’rni siklonlar ta’sirida
o’zgaradi. Sharqiy Antarktidada shamollar ko’proq sharqdan esadi.
Antarktik antitsiklon ustida baland siklon bor, bu siklonning 14
km
balandligiga qadar okeandan iliq havo kirib turadi.
Baland siklon va
past siklonlar
Antarktida ichkarisiga namlik kirishiga va muzlik qalqonining yo’qolib
ketmasligiga imkon beradi.
Bosim sharoitiga qarab, Antarktida ichidagi shamollar birmuncha sust, keng
(700
km) chekka halqada esa,
aksincha, shtorm va dovullar tez-tez bo’lib turadi.
Ayni vaqtda yer bag’irlab esuvchi shamol va bo’ronlar bo’lib turadi.
Shamollarning mohiyati ikki yoqlama: birinchidan, ular siklonik shamollardir.
Dostları ilə paylaş: