hal qilish maqsadida, ular Antarktidaning tabiiy sharoiti va resurslarini o’rganishga
intilmoqdalar.
Antarktidaning tadqiqotchilaridan R.Amundsen va R.Skottning nomlarini
aytib o’tish kerak. Ular 1911 -1912 yillarda birinchi bo’lib Janubiy qutbga yetib
borganlar.
Shuningdek, amerikalik admiral R.Byordning ko’p yillik tadqiqotlarini
ham eslatib o’tish zarur. Ammo
xalqaro geofizika yili munosabati bilan o’tkazilgan
tadqiqotlar davri (1956 yil va undan keyingi yillar) ko’proq samarali bo’ldi. Shu
davrda Antarktidani o’rganishda 12 davlat ishtirok etdi.
Materikning eng qadimgi jinslari paydo bo’lganiga 1 mlrd. yildan oshdi.
Ular metamorfizm hodisasiga uchrab juda ham o’zgarib ketgan. Garchi shunday
bo’lsa ham, kontinentda paydo bo’lgan normal cho’kindi yotqiziqlarni, karbonat va
gil yotqiziqlarini o’sha qadimgi jinslarning prototiplari deb hisoblashga asos bor.
Binobarin, Antarktidaning ayrim joylari yuqori proterozoyda ham quruqlik
bo’lgan.
Sharqiy Antarktida, Afrika, Janubiy Amerika va Avstraliyaning geologik
tuzilishi ko’p jihatdan bir-biriga o’xshaydi.
Ilgari shunga asoslanib, bu
materiklarning hammasi qadimgi bitta Gondvana materigining keyinchalik turli
tomonga tarqalishib ketgan qoldiqlaridir, Antarktida avval qutb atrofida
bo’lmagan, deb taxmin qilishardi. Ayni vaqtda Antarktidaning qadimgi o’rmon
floralari dalil qilib keltirilar edi. Lekin materiklar katta gorizontal masofada
siljiganl, degan va A.Vegener nomi bilan bog’langan gipotezaga hozir geologlar
qo’shilishmaydi. Shu sababli Antarktida o’rmon floralarining paleogeografik
sirlarini asosan boshqa tomondan qidirish kerak. Ehtimol,
Antarktida emas, balki
Janubiy qutb o’z o’rnini o’zgartgandir, paleomagnit tadqiqotlarining natijalari
shundan guvohlik beradi. Hozirgi Janubiy qutbdan paleozoy erasining oxirida 53-
parallel, mezozoy erasida 58-parallel o’tgan, paleogen davrida esa Janubiy qutb
81° janubiy kenglik va 94° sharqiy uzunlik atrofida bo’lgan deb faraz qilyashadi.
Viktoriya Yerining o’rmonlari hozirgi o’rniga nisbatan qutbdan 5 baravar uzoqda,
Antarktika yarim orolining o’rmonlari 1,5 baravar uzoqda bo’lgan. Ammo
Antarktida o’rmonlari paleogen davrida yo’qolgandan keyin Antarktida iqlimi
o’zgara olar edi. Yerning yuqori kengliklaridagi quruqlik maydoni neogen davrida
umuman kengaygan. Shu munosabat bilan, ainaqsa quruqlik muzlar bilan qoplana
boshlagan vaqtdan buyon Antarktida iqlimi sovuqroq bo’lib qolgan.
Antarktidaning ikkita asosiy paleogeografik problemasidan biri qadimgi
o’rmonlar problemasi shu tariqa tushunarli bo’lib qoladi.
Antarktidaning qutb atroflari har qalay neogen davrida (YYevropadan
ilgariroq) muz materigiga aylanishi kerak edi. Ross
dengizi atrofida glyatsial
dengiz cho’kindilari, ehtimol, necha o’n millionlab yillar ilgari to’plana boshlagan.
To’rtlamchi davrda muzlanish hajmi aftidan, YYevropadagidek ko’p o’zgargan
emas. YYevropada muzlik qoplami bir muzlik davri bilan ikkinchi muzlik
o’rtasida butunlay erib ketgan. Bundan tashqari, YYevropadagiga nisbatan
boshqacha bo’layotgan hozirgi muzlik misoliga asoslanib, Antarktida va YYevropa
muzliklari
baravar kattalashgan emas, deb taxmin qila olamiz. Hozir ko’p
tadqiqotchilar issiqroq rayonlarning muzliklari kichraymoqda, Antarktida
muzlarining hajmi esa ko’paymoqda, deb taxmin qilishadi. Antarktidada yil sayin