O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand davlat universiteti ro`yhatga olindi №2018 yil «Tasdiqlayman»



Yüklə 3,31 Mb.
səhifə266/376
tarix26.12.2023
ölçüsü3,31 Mb.
#197416
1   ...   262   263   264   265   266   267   268   269   ...   376
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi s-www.hozir.org

km3 ko’proq, ya’ni 2550 km3 muz olmoqda.
Antarktidada og’irlik kuchining taqsimlanishini o’rgangan geofiziklar 
materik massasi muz hisobiga juda kattalashganiga qaramay, Antarktida massasi
umuman kamaymayotganligini aniqlashdi. Aftidan, muzning og’irligi ta’sirida 
Antarktida izostatik ravishda cho’kkan va yer po’stining ostidagi modda
materikdan turli tomonga ketib qolgan. Antarktida 700-800 m cho’kkan bo’lishi 
mumkin. Muzlik davrigacha Antarktida dengiz sathidan 1500 chamasida baland
bo’lib, juda yuksak materik hisoblanar edi. Hozirgi Antarktidaning balandligi va 
hajmi izostatik protsesslardan boshqa protsesslarga ham bog’liq, albatta.
Antarktida sohilining ayrim uchastkalari (Ross dengizi sektorida) 
to’rtlamchi davrda ko’tarilgan ko’rinadi, ammo butun Antarktidaning ko’tarilgan-
ko’tarilmaganligi aniqlangani yo’q. 
Pirovardida Antarktidaning regional tabiiy tafovutlarini ta’kidlab o’tamiz.
Avvalo, Sharqiy Antarktidadagi Sovetskoe platosi (Qutb atrofidagi plato) atrofini 
va Antarktidaning periferik halqasini alohida aytib o’tish kerak. Ularning geografik
tafovutlari yuqorida tasvir etildi. Aftidan, G’arbiy Antarktida past-baland rel’efi 
bilan ajralib turadi. Ikkala yirik rayonning ichkarisida g’oyat oftobli va o’ziga xos
tabiatli vohalarni ajratish zarur. Shel‘f muzliklarining ham o’ziga yarasha 
xususiyatlari bor: rel‘efi yassi, stok shamollari kam, tez-tez siklon keladi,
siklonlarning bir kelishi bilan ikkinchi kelishi orasidagi davrda temperatura katta 
tafovut qiladi. Okeanda zonal chegaralardan qat’iy nazar maxsus rayonlar-orollar
ajratiladi. Eng yirik Kergelen, Makkuori va Folklend orollarida yuksak darajadagi 
o’simliklarning xilma-xil florasi bor.
Materiklar ichida eng balandi bo’lgan Antarktida tabiatida balandlik 
mintaqalariga bo’linish belgilari ham bor, ammo bu bo’linish boshqa
materiklardagiga nisbatan o’zgachadir. Avvalo qoyalar va qor (muz) yuzasiga turli 
miqdorda oftob tushadi. Balandlik mintaqalari ostidagi yuzaning xarakteriga qarab
farq qiladi. Nunataklarning qoramtir yuzalari markaziy qismda yoki qirg’oqda 
joylashganidan qat’iy nazar kunduzi qattiq isiydi, ularda balandlik mintaqalariga
bo’linish belgilari unchalik sezylmaydi. Aksincha, materikning qor-muz yuzasida 
balandlik mintaqalariga bo’linish belgilari tamomila ravshan ko’rinadi. Dengiz
sathidan 500-1000 m balandda qor erishi mutlaqo to’xtaydi; balandga ko’tarilgan 
sari temperatura o’rtacha kengliklardagiga nisbatan ham keskin pasayib boradi,
chunki Antarktidadagi vertikal temperatura gradiyenti juda katta. Ammo, bu 
o’zgarishlar ayni vaqtda kenglik zonalariga ham bog’liq ekanligini qayd qilib
o’tish zarur. 
Antarktidani rel‘ef xarakteri va geologik tuzilishi jihatidan Sharqiy va
G’arbiy Antarktidaga ajratish kerak. Sharqiy Antarktida yotiq gumbaz yoki muzlik 
qalqonidan iborat. Qalqonning o’rta qismi keng muz plato - Sovetskoe platosi 

(Qutb atrofidagi plato) bilan band. Qalqonning yon bag’irlari okeanga avval
yotiqligicha, so’ngra tikroq tushadi, ayni vaqtda profilda elliptik egri chiziqqa 
o’xshaydi. Yassi asosda bemalol yoyilib ketadigan muz sirti shunday shaklga
kiradi.



Antarktikadagi muzlik gumbazining eng baland nuqtasi (dengiz sathidan


4000 m yuqori) 82° janubiy kenglik bilan 75° sharqiy uzunlik atrofida, Polyus 


Otnositelnoy Nedostupnosti (Borib bo’lmaydigan qutb) dan g’arb tomonda (bu
qutb dengiz sathidan 3720 yuqori). Janubiy geografik qutbning dengiz sathidan 
balandligi 2800 m ga yaqin. Muzlik gumbazining ustida, Viktoriya Yerida ayrim
tepalar - Nilson (4700 m), Markxem (4602 m), Ross orolida esa Erebus vulqoni 
(3743 m) qad ko’tarib turadi.
G’arbiy Antarktida yuzasi ko’proq notekis. Xarakterli belgisi shuki, 
birmuncha past (dengiz sathidan balandligi 2000 m dan ortiq) ikkita muzlik
gumbazi bor. Bir-biriga qo’shilib, yagona muzlik hosil qiluvchi bu ikki 
gumbazning ayrim tog’lari muzni «yorib» chiqqan. AQSh ning «Byord»
stantsiyasi shu ikki muzlik gumbazining orasiga, dengiz sathidan 1553 yuqoriga 
qurilgan. Sentinel tog’ tizmasi 5140 absolyut balandlikkacha ko’tarilib turadi.
Boshqa hamma materiklarning o’rtacha balandligi atigi 875 m bo’lgani 
holda, Antarktidadagi muz yuzasining dengiz sathidan o’rtacha balandligi qariyb
2300 m. Bu balandlik meteorologik faktorlar bilan bir qatorda, materikda qalin 
muzliklarning saqlanishiga va kengayishiga imkon beradi. Muzning eng qalin joyi
Sharqiy Antarktidada qayd qilingan, materikning bu qismida muzning qalinligi 
5000 ga boradi. Sharqiy Antarktidada muzlik qatlamining asosi dengiz sathidan
balandroq, G’arbiy Antarktidada esa ko’pincha dengiz sathidan pastroq. 
Modomiki, muzlik qatlami qalinlashayotgan ekan, Ross dengizining janubi-sharqiy
burchagidan shimol tomonidagi Amundsen va Bellinsgauzen dengizlariga tomon 
G’arbiy Antarktidani bo’g’oz kesib o’tadi, deb taxmin qilish mumkin. Uzoq
vaqtgacha Ross dengizi bilan Ueddell dengizi orasida bo’g’oz bor deb taxmin 
qilingan edi. Holbuki bu dengizlar orasida bo’g’oz yo’q.
Polyus Otnositelg‘noy Nedostupnosti (Borib bo’lmaydigan qutb) yaqinida 
1000 km masofada tog’li o’lka uzala tushib yotibdi. Bu o’lkaning dengiz satxidan
balandligi 3000 m, ustidagi muzning qalinligi esa atigi 1000 m. 
Sharqiy Antarktidada muzning o’rtacha qalinligi 2200 m, G’arbiy
Antarktidada esa 2400 m deb hisob qilinadi. Kontinentdagi muz hajmi, ehtimol, 
25-30 mln km3 (Yer yuzidagi materik muzi hajmining 9/10 qismi) ga yetsa kerak.
Antarktida muzi batamom eriydigan bo’lsa, dunyo okeanining sathi 60
ko’tariladi. Antarktikadagi materik orollarining soni esa shubhasiz ko’payadi.
Ammo materikning muzliklardan «bo’shash» natijasida bir necha yuz metr 
ko’tarilishi hisobga olinsa, materik hozirgi maydoniga yaqin maydonni saqlab
qoladi, yoki loaqal Avstraliya materigining maydoni qancha bo’lsa, Antarktida 
maydoni o’shandan kam bo’lmaydi deb taxmin qilish mumkin.
Shel’f muzliklarida past (balandligi ko’pi bilan 100 m) tekisliklarning o’ziga 
xos rel‘efi bor. Muz tekisliklardan eng kattasi - Ross muzligi Fransiyadan kattaroq.
Sharqiy Antarktida geologik jihatdan uch yarusli platforma hisoblanadi. 
Pastki yarus 20-30 km qalinlikdagi proterozoy va arxey jinslaridan tarkib topgan.
Ular qariyb bir milliard yil ilgari hosil bo’lgan. Ana shu jinslar juda ham 
dislokatsiyalangan gneyslar, kristall slanetslar, migmatitlar (shu jumladan
cho’kindilardan hosil bo’lgan migmatitlar) va granitoidlardan iborat. Granitoidlar 
pastki yarusnint qadimgiroq jinslari ichiga kiradi (intruziya). Bir necha kilometr



qalinlikdagi o’rta yarus juda ham o’zgargan cho’kindi jinslar - fillitlar, ohaktoshlar,


qumtoshlar va konglomeratlardan tarkib topgan. Bo’shroq dislokatsiyalangan bu 
jinslar yuqori proterozoyga (siniy sistemasiga) kiradi. Nihoyat, platformaning
yuqori yarusi paleozoy va qisman mezozoy erasida hosil bo’lgan 1-2 km 
qalinlikdagi cho’kindi jinslardan iborat. Ulardan bikon qumtosh qatlamini, devon,
perm-karbon va qisman trias davrining toshko’mir qatlamlarini aytib o’tamiz. 
Bikon qatlamlarida devon baliqlarining qoldiqlari, perm-karbon davridagi
glossopteris paporotnigi va hozirgi araukariyalarga o’xshaydigan trias 
daraxtlarining tanalari topilgan.
Sharqiy Antarktidaning eng yirik struktura tuzilmasi Viktoriya Yerining 



Yüklə 3,31 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   262   263   264   265   266   267   268   269   ...   376




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin