O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand davlat universiteti ro`yhatga olindi №2018 yil «Tasdiqlayman»



Yüklə 3,31 Mb.
səhifə281/376
tarix26.12.2023
ölçüsü3,31 Mb.
#197416
1   ...   277   278   279   280   281   282   283   284   ...   376
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi s-www.hozir.org

Dunyo okeanidagi hayot 

Okean biosferasining asosiy tarkibi. Dunyo okeani suvlari turli xil
organizmlarning yashashi va rivojlanishi uchun benuqson qulaylikka ega bo‘lgan 
muhit hisoblanadi. Ko‘pchilik olimlarning fikriga ko‘ra hayot avvalo okeanda
paydo bo‘lgan, keyinchalik chuchuk suvlarga va quruqliklar yuzasiga tarqalgan. 


Dunyo okeanida tirik organizmlarning rang-barang turlari yaxshi rivojlangan


bo‘lib, ular okean yuzasidan tortib eng tagigacha keng tarqalgan. Okeanda 
o‘simliklarning 15 mingdan ortiq turi, hayvonlarning 150 mingga yaqn turi
yashaydi. Flora tarkibining 5000 turi diatom o‘simliklardan, 2500 turi qizil 
o‘simliklardan, 1000 turi qo‘ng‘ir o‘simliklardan va 500 turi yuqori o‘simliklardan
tashkil topgan. Fauna kompleksining 80 ming turi mollyuskalardan, 20 ming 
turdan ortiqrog‘i qisqichbaqasimonlardan, 15 ming turi eng oddiy jonivorlardan
(radiolyariyalar, foraminiferlar, infuzoriyalar), 9 ming turi kovakichlilardan, 7 turi 
turli xil chuvalchanglardan, 5 ming turi bulutlardan, 16 ming turi baliqlardan va
boshqalardan iborat. Dunyo okeanidagi o‘simliklar asosan bir hujayrali suv 
o‘tlaridan tashkil topgan. Ular okean fitomassasining 80 % ini tashkil etadi.
Dunyo okeanining barcha tirik organizmlari yashash sharoitiga ko‘ra uchta 
asosiy guruhga – plankton, nekton va bentosga bo‘linadi.

Plankton tarkibiga bir hujayrali suv o‘tlari (fitoplanktonlar) vam ayda
hayvonlar 
(zooplanktonlar)

meduzalar, 

chuvalchanglar,


mayda

qisqichbaqasimonlar, oddiy hayvanlar va mollyuskalar kiradi. Fitoplanktonlar


quyosh nuri yaxshi tushadigan suv qatlamining 50-100 m chuqurlikkacha bo‘lgan 
qismida, zooplanktonlar suv havzasining barcha chuqurliklarida keng tarqalgan.
Ular erkin suzib yurish qobiliyatiga ega emas, ammo bir joydan ikkinchi joyga 
siljib borishi suv to‘lqinlari va dengiz oqimlari tufayli amalga oshadi.

Nekton dengiz va okean suvlarida faol harakat qilib uzoq masofalarga suzib
yuruvchi barcha tirik organizmlarni o‘z ichiga oladi. Bu guruhga birinchi navbatda 
baliqlar, dengiz sut emizuvchilari – kitsimonlar, kurakoyoqlilar, mollyuskalarning
ayrim vakillari – kalmarlar, yolg‘on oyoqlilar, reptiliylar – dengiz ilonlari, dengiz 
toshbaqalari va hayoti doimo okean bilan bog‘liq bo‘lgan ba’zi qushlar –
pingvinlar, chaykalar, albatroslar kiradi. Nekton yirik hayvonlardan tarkib topgan 
bo‘lishiga qaramasdan uning biomassasi plankton biomassasidan 23 marta kam.

Bentos dengiz va okean tagida yashaydigan o‘simliklar va hayvonlar
majmuasidir. Bentos organizmlari plankton va nektondan farq qilib, ular suv tagida 
gruntga yopishgan holda hayot kechiradi. Bentos turli xil mollyuskalar, bulutlar,
marjonlar, ko‘plab qisqichbaqasimonlar, ignatanlilar, chuvalchanglar va eng oddiy 
foraminiferlardan tashkil topgan. O‘simliklardan bu guruhga yashil, ko‘kyashil,
qizil va qo‘ng‘ir sutsv o‘tlari, baland o‘simliklardan dengiz o‘ti kiradi. Okean 
tagidagi balchiqlarda yashaydigan bakteriyalar ham bentosga mansub.

Yüklə 3,31 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   277   278   279   280   281   282   283   284   ...   376




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin