O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand davlat universiteti ro`yhatga olindi №2018 yil «Tasdiqlayman»



Yüklə 3,31 Mb.
səhifə282/376
tarix26.12.2023
ölçüsü3,31 Mb.
#197416
1   ...   278   279   280   281   282   283   284   285   ...   376
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi s-www.hozir.org

Okeanda hayotning tarqalishi. Dunyo okeanining mo‘l-ko‘l va xilma-xil
hayvonot olami uning doirasida notekis taqsimlangan. Okeanda ikkita hayot zonasi 
yoki oblasti ajratiladi: pelagial (suv yuzasi, suv qalinligi) va bental (okean tagi).
Pelagial zonada organik hayotning eng tarqalgan joyi suvning 50 m 
qalanlikkacha bo‘lgan yuqori qismi hisoblanadi. Lekin bu yerda ham hayot bir
xilda tarqalmagan. Biologik hayot ochiq okeanga nisbatan qirg‘oqqa yaqin 
joylarda juda quyuqlashgan. Bunga sabab daryolar okean va dengizlarga quyilish
zonasiga katta miqdorda biogen elementlar olib kelib qirg‘oqbo‘yi suvlarini ozuqa 
moddalar bilan boyitadi. Shuning uchun shelfda ochiq okeanga nisbatan tirik
organizmlar ko‘p tarqalgan. 


Bental zonasining qirg‘oqqa yaqin 50-100 m chuqurlikdagi suv tagi qismi


ham organik hayotning eng rivojlangan va hayvonlarning ko‘p tarqalgan qismi 
hisoblanadi. Okeanning suv yuzasi (pelagial) va suv osti (bental) zonalarida
qirg‘oqlardan uzoqlashgan sari hayotning zichligi siyraklasha boradi. Bu zonalarni 
hayot siyrak bo‘lgan oraliq zona bir-biridan ajratib turadi. I.A. Suyetovaning
(1976) ma’lumotiga ko‘ra Dunyo okeani tagining 200 m chuqurlikkacha yotgan 
7,6% maydonida okeandagi jami biomassaning 59% i, 200 m dan 3000 m
chuqurlikkacha yotgan 17,2% maydoni biomassaning 31,1 % i va 3000 m dan 
ziyod chuqurlikkacha yotgan 75,9 % maydonida biomassaning atigi 9,5 % i
to‘plangan. 
Dunyo okeani chuqurliklarida hayot sharoiti bir xilda taqsimlanmagan.
Chunki okean sathidan chuqurlashgan sari yorug‘lik kamayadi, harorat pasayadi, 
biogan elementlar siyraklashadi, gidrostatik bosim orta boradi. Natijada okeanda
vertikal biologik zonallik vujudga keladi. Dunyo okeani tagida hosil bo‘lgan hayot 
zonalari quyidagilardan iborat: litoral yoki qirg‘oq zonasi (suv ko‘tarilishi va
qaytishi zonasi), sublitoral zona (200 m chuqurlikkacha), batial zona (2500-3000 m 
gacha), abissal zona (6000 m gacha) va ultraabissal zona (6000 m dan chuqur).

Yüklə 3,31 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   278   279   280   281   282   283   284   285   ...   376




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin