Okean suvining sho‘rligi. Dunyo okeani suvlari nihoyat darajada murakkab kimyoviy eritma hisoblanadi.
Ularning tarkibi 60 dan ortiq xilma-xil kimyoviy komponentlardan iborat. Shu
boisdan okean suvlari sayyoramizdagi boshqa suvlardan o‘zining o‘ta sho‘rlik
xususiyati bilan farq qiladi. Sho‘rlik deb 1 kg dengiz suvi tarkibida mavjud bo‘lgan
erigan barcha qattiq moddalarning promilleda (‰) ifodalanishiga aytiladi. Okean
suvining o‘rtacha sho‘rligi okean yuzasida 32 ‰ dan 37 ‰ gacha, okean tagiga
yachqin qatlamda 34‰ dan 35‰ gacha o‘zgaradi. Lekin ichki dengizlarda suvning
sho‘rligi turli xil omillarning ta’siriga ko‘ra o‘rtacha sho‘rlikdan ancha farq qiladi.
Masalan, suvning sho‘rligi Qora dengizda 17-18 ‰, Qizil dengizda 40 ‰, Baltika
dengizida 7-8 ‰ ni tashkil etadi.
Dunyo okeani suv balansi. Dunyo okean atmosferaga va materiklar
yuzasiga nam tarqatuvchi asosiy manbadir. Okean yuzasidan bug‘lanadigan
namlik, yog‘in suvlari va materiklardan oqib tushadigan suvlar Dunyo okeanining
suv balansini tashkil etadi. Ana shu suvlarning miqdoriy nisbati turli kengliklarda
turlicha bo‘lib, okean suvining sho‘rlik darajasini ham belgilaydi.
Dunyo okeani yuzasidan har yili o‘rtacha 505 ming km3 suv bug‘lanadi. Bu
suv qatlamining 1395 mm qalinligiga to‘g‘ri keladi. Eng ko‘p bug‘lanish tropik
kengliklarda sodir bo‘lib 2000 mm dan oshadi. Ekvatorial zonada 1000-1500 mm
atrofida, qutbyoni zonalarida 600-500 mm gacha kamayadi. Okean yuzasiga yiliga
o‘rtacha 458 ming km3 yog‘in tushadi. Bu suv qatlamining 1267 mm qalinligiga
teng. Maksimal yog‘in miqdori ekvatorial zonada 3000 mm, ba’zi joylarda 4000
mm dan ham oshadi, tropik mintaqalarda, ayniqsa Tinch va Atlantika
okeanlarining sharqiy qismlarida 100-50 mm dacha kamayadi. Materiklardan
Dunyo okeaniga yiliga 47000 km3 daryo suvi yoki 128 mm qalinlikdagi suv kelib
qo‘shiladi. Shunday qilib Dunyo okeani suv sathi suvning katta aylanma harakati
tufayli o‘z muvozanatini saqlab kelmoqda. O.K. Leontevning ma’lumotiga ko‘ra
Dunyo okeani suv sathi so‘nggi 60 yil ichida har yili o‘rtacha 1,5 mm ga
ko‘tarilmoqda. Bu okean suvining chiqimiga nisbatan kirimining ko‘pligiga