O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand davlat universiteti ro`yhatga olindi №2018 yil «Tasdiqlayman»



Yüklə 3,31 Mb.
səhifə279/376
tarix26.12.2023
ölçüsü3,31 Mb.
#197416
1   ...   275   276   277   278   279   280   281   282   ...   376
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi s-www.hozir.org

Okean suvining harorati. Dunyo okeani issiqlikning juda katta
akkumulyatori hisoblanadi. Uning yuza qatlami Quyoshdan keladigan 
energiyaning 99,6 % ini yutish qobiliyatiga ega, materiklarda esa bu ko‘rsatkich
55-65 % ni tashkil etadi. Okean yuzasidagi suvlarning o‘rtacha yillik harorati 17,5 
ºS ga, okean ustidagi havo harorati esa 14,4 ºS ga teng. Okeanlar ichida eng ilig‘i
Tinch okean (o‘rtacha harorat 19,4 ºS), eng sovug‘i Shimoliy Muz okeani (o‘rtacha 
harorat -0,75 ºS).
Shimoliy yarim sharda materiklarning ta’siri tufayli suvning harorati janubiy 
yarim shardagiga nisbatan balandroq. Shuning uchun termik ekvator ham
ekvatordan shimolda joylashgan. Bu yerda o‘rtacha yillik harorat 28 ºS ga, ichki 
tropik dengizlarda esa 32 ºS ga teng. Ekvatordan qutblarga borgan sari suvning
harorati asta-sekin pasayib boradi. Qutbiy o‘lkalarda harorat 0 ºS dan ham pastga 
tushadi. Xudi shunday okean yuzasidan chuqurlashgan sari ham harorati pasayib
boradi. Okean tagiga yaqin suv qatlamida harorat 1,4 ºS, 1,8 ºS ni tashkil etadi. 
Arktikayoni va antarktikayoni suvlari tagida -0,2 ºS, -1,3 ºS ni tashkil etadi.
Dunyo 

okeani 

suvlari 

sirkulyatsiyasi.
Okeanning 
150-200
m
chuqurlikkacha bo‘lgan yuza qismida okean suvlari doimiy esadigan shamollar 

ta’sirida sirkulyatsiya qiladi. Bunday jarayon Dunyo okeanida suv harakatlarining


eng muhim shakllaridan biri bo‘lgan doimiy yuza oqimlarini vujudga keltiradi. 
Ular hosil bo‘lishiga ko‘ra friksiya, quyilma, haydama, kompensatsiya va zichlik
oqimlariga bo‘linadi. Friksiya oqimlaridan eng asosiysi doimiy esadigan shamollar 
ta’sirida hosil bo‘lgan dreyf oqimlaridir.
Dunyo okeanidagi barcha oqimlar muayyan qonuniyatlarga bo‘ysungan 
holda harakat qiladi. Jumladan, okeanlarda ekvatorning har ikala tomonida doimiy
esib turadigan passat shamollar ta’sirida paydo bo‘lgan Passat oqimlari sharqdan 
g‘arbga tomon harakat qiladi. Ular Koriolis qonuniga binoan Shimoliy yarim
sharda o‘ngga, Janubiy yarim sharda chapga buriladi.
Atlantika va Tinch okeanlarida Shimoliy va Janubiy Passat oqimlari
o‘rtasida g‘arbdan sharqqa qarab harakat qiladigan Ekvatorial qarshi oqim vujudga 
kelgan. Janubiy yarim sharning o‘rtacha geografik kengliklarida doimiy shamollar
yordamida hosil bo‘lgan G‘arbiy shamollar oqimi g‘arbdan sharqqa qarab oqadi. 
Mussonli o‘lkalarda yuza oqimlar mavsumga qarab o‘zgarib turadi.
Okeanlarda dengiz oqimlari halqalar hosil qiladi. Eng katta halqalar ekvator 
bilan 40-parallellar orasida vujudga keladi. Shimoliy yarim shardagi halqalarda suv
soat strelkasi yo‘nalishiga teskari, janubiy yarim shardagi halqalarda esa soat 
strelkasi yo‘nalishi bo‘yicha harakat qiladi. Shunday qilib yuza oqimlar okean
frontlari yoki gidrologik frontlar bilan bir-biridan ajralib turgan siklonal va 
antitsiklonal harakterga ega bo‘lgan halqalar tizimini hosil qiladi. Halqalar tizimi
shimoldan janubga qarab bir-biri bilan almashinadi.
Dengiz oqimlari suvining haroratiga ko‘ra iliq va sovuq oqimlarga bo‘linadi.
Iliq oqimlar guruhiga Golfstrim, Shimoliy Atlantika, Braziliya, Shimoliy Tinch 
okean, Kuro Sivo, Sharqiy Avstraliya va Passat oqimlari kiradi. Sovuq oqimlar
guruhiga G‘arbiy Shamollar, Peru, Kaliforniya, Kuril, Bengal, Kanar oqimlari 


kiradi. Ular iqlimning shakllanishiga nihoyatda kuchli ta’sir ko‘rsatadi. Dengiz


oqimlarining ayrim joylarida tutashish zonalari, ayrim joylarida tarmoqlanish 
zonalari vujudga keladi. Oqimlarning tutashishi konvergensiya, tarmoqlanishi
divergensiya deb ataladi.



Yüklə 3,31 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   275   276   277   278   279   280   281   282   ...   376




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin