O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand davlat universiteti ro`yhatga olindi №2018 yil «Tasdiqlayman»


Okean tagi relefi va geologik tuzilishi



Yüklə 3,31 Mb.
səhifə287/376
tarix26.12.2023
ölçüsü3,31 Mb.
#197416
1   ...   283   284   285   286   287   288   289   290   ...   376
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi s-www.hozir.org

Okean tagi relefi va geologik tuzilishi 
Tinch okean tagi relefi va uning geologak strukturasi juda murakkab 
tuzilgan. Uning relef shakllarini tarkib topishida suv osti botiqlari, chuqur
cho‘kmalari, tog‘lari, qirlari, platolar va marjon riflari ishtirok etadi. Tinch 
okeanning katta qismi Shimoli-G‘arbiy, Shimoli-Sharqiy, Markaziy, Janubiy va
Bellinsgauzen botiqlari bilan band. Bulardan tashqari okeanning g‘arbida o‘rtacha 
kattalikka ega bo‘lgan Filippin botig‘i, Mariana qirlari ajratib. turgan G‘arbiy .va
Sharqiy Mariana botiqlari, Eauripik qiri ikkiga bo‘lib turgan G‘arbiy va Sharqiy 
Karolina botiqlari, Kapingamaranga qirlari va Gilbert tizmasi oralig‘ida
Melaneziya botig‘i joylashgan. Avstraliyadan sharq tomonda Shimoliy va Janubiy 
Fidji botiqlari hamda. Tasmaniya botig‘i joylashgan. Tinch okeanning sharqiy
qismida g‘arbiga nisbatan botiqlar juda ham uchraydi. Bular Chili, Peru, Sanama 
va Gvatemala botiqlaridir.
Shelflar Tinch okean havzasida asimmetrik shaklda joylashgan bo‘lib, 
ularning kengligi g‘arbda - Bering, Sharqiy Xitoy va Janubiy Xitoy dengizlarida
700-800 km gacha chuqurligi 150-500 m gacha boradi. Sharqda esa aksincha 
shelflar juda ham tarqalgan. Amerika sohillarida ularning kengligi bir necha o‘n
kilometrdan oshmaydi. Okeanning materik yon bag‘irlari aksariyat hollarda 
zinapoyasimon -ko‘rinishga ega, vodiyga o‘xshash suv osti kanonlari ko‘p.
Tinch okeanning shimoliy va shimoli-g‘arbiy qismlaridan tortib to Yangi 
Zelandiya oroligacha bo‘lgan masofada cho‘zilib yotgan yoysimon orollar yonida
ularga parallel ravishda joylashgan chuqur suv osti cho‘kmalari - Aleut (7822 m), 
Kuril-Kamchatka (9783 m), Yaponiya (8412 m), Idzu-Bonin (9810 m), Volkano
(9156 m), Mariana (11022 m), Filippin (10265 m), Tonga (10882 m), Kermadek 
(10047 m) kabi cho‘kmalar bor. Okeanning sharqida, Amerika sohillarida
Markaziy Amerika (6639 m), Peru (6601 m) va Chili (8180 m) cho‘kmalari 
mavjud. Shulardan dunyo bo‘yicha eng chuquri Mariana hisoblanadi. Yonma-yon
joylashgan yoysimon orollar va chuqur cho‘kmalar yagona tizimga birlashib 
hozirgi zamon geosinklinal mintaqasini hosil qiladi. Bu mintaqaning harakterli
xususiyati vulkanlarning serharaktchanligi va zilzilalarning tez-tez takrorlanib 
turishidir. Okean tagidagi vulkanlarning otilishi natijasida chiqqan lavalar hajmi
materiklardagi lavalar hajmidan uch baravar ortiq. 


Okeanning sharqiy qismida yirik geologik strukturalardan biri Sharqiy Tinch


okean ko‘tarilmasi joylashgan. U meridian bo‘ylab qariyb 9000 km masofaga 
cho‘zilgan va bir necha joylarda ko‘ndalangiga. Galapagos, Pasxi, Chellenjer va
Menard tektonik yoriqlari bilan kesilgan. Ko‘tarilmaning eng baland nuqtasi Pasxi 
orolida okean sathidan 539 m ko‘tarilib turibdi, uning etaklarida okeanning
chuqurligi 3500-4000 m ga teng. Okeanning janubiy qismida Janubiy Tinch okean 
ko‘tarilmasi kenglik bo‘ylab cho‘zilgan.
Avstraliya sohillaridan sharq tomonda meridian bo‘ylab cho‘zilgan va bir-
biriga parallel ravishda joylashgan Katta To‘siq rifi, Lord-Xau va Norfolk tog‘lari
hamda Kolvill-Lau tizmalari bo‘lib, ular okean tagi relefining murakkab 
shakllaridir. Yangi Zellandiyaning sharqida Chatek suv osti balandligi va janubida
Kemyofell suv osti platosi joylashgan. Okeanning g‘arbiy qismida Shimoli-
G‘arbiy tizma, Shatskiy balandligi va Markus-Nekker tog‘i suv tagida ko‘tarilib
turibdi. 
Okean tagida cho‘kindi jinslar keng tarqalgan.Ularning tarkibi tektonika va
okean tagi relefi bilan uzviy bog‘liq. Chuqur suv osti, cho‘kmalarida terrigen 
yotqiziqlar, gil cho‘kindilar va ohaq jinslar uchraydi. Tinch okean g‘arbiy
qismining tagida boshqa cho‘kindilar qatori vulkan jinslari ham uchraydi. 

Yüklə 3,31 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   283   284   285   286   287   288   289   290   ...   376




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin