O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand davlat universiteti ro`yhatga olindi №2018 yil «Tasdiqlayman»


Okeanning xalq xo‘jaligidagi ahamiyati



Yüklə 3,31 Mb.
səhifə139/376
tarix26.12.2023
ölçüsü3,31 Mb.
#197416
1   ...   135   136   137   138   139   140   141   142   ...   376
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi s-www.hozir.org

Okeanning xalq xo‘jaligidagi ahamiyati 
Atlantika okeani har ikki tomonida sanoati va xo‘jaligi yuqori darajada 
rivojlangan mamlakatlar joylashgan. Okean va uning dengizlari atrofidagi
mamlakatlarda Yer kurrasi aholisining 40% yashaydi va jahon sanoati 
mahsulotining 80% ni ishlab chiqaradi. Dunyodagi eng yirik portlarning aksariyati
Atlantika okeni havzasida tarkib topgan. Dunyo kemalarida tashiladigan 
yuklarning 65 °/0 shu okean orqali o‘tadi. Bir yilda tashiladigan yuklarning
miqdori o‘rta hisobda 1 mlard. t ni tashkil etadi. Eng muhim dengiz yo‘llari 
YYevropa mamlakatlari bilan Shimoliy Amerika mamlakatlarini, Lotin Amerikasi
bilan Afrika mamlakatlarini bog‘lab turadi. 
Atlantika okeanining tabiiy sharoiti tirik mavjudodlarning rivojlanishi uchun
juda qulay. Shuning uchun u boshqa okeanlarga qaraganda eng mahsuldor 
hisoblanadi. Okeandan baliq va boshqa dengiz hayvonlarini ovlashda 115 dan ortiq
mamlakat faol ishtirok etadi. Ovlanadigan baliqlar va boshqa dengiz 
mahsulotlarining katta miqdori okeanning shimoliy qismiga to‘g‘ri keladi. Ammo
keyingi yillarda ko‘plab mamlakatlarning kemalari Atlantika okeanining hamma 
joylarida turli xil hayvonlarni zo‘r berib ov qilishi natijasida biologik resurslarning
ancha kamayib ketishiga olib keldi. 
Atlantika okeani shelflari foydali qazilmalarga juda boy. Ayniqsa neft va
tabiiy gaz keng tarqalgan. Eng ko‘p neft Marakaibo lagunasidan qazib olinadi. U 
yerdagi 4500 skvajina yiliga 93 mln. t neft chiqarib beradi. Meksika qo‘ltig‘idan
yiliga 60 mln. t neft va 120 mlrd. m3 gaz qazib olinadi. Afrikaning Nigeriya 
sohillarida 50 dan ziyod dengiz neft konlari ishlab turibdi. Braziliya shelfida 25
dan ziyod neft konlari ochilgan. Britaniya sektorida 4,5 mlrd. t neft va 990 mlrd 
m3 gaz zahirasi mavjud. Shundan har yili 78-80 mln. t neft qazib olinadi. Shimoliy
dengiz bag‘ridagi konlar yiliga 4 mlrd. m3 gaz berib turadi. Kelajakda Atlantika 
okeani shelfidan har yili 300 mln. t neft va .150 mlrd. m3 tabiiy gaz qazib olish
mo‘ljallanmoqda. Bundan tashqari Meksika qo‘ltig‘idan oltingugurt, Nyufaunlend 
oroli yaqinidan temir rudasi, Janubiy Afrika qirg‘oqlari yaqinidan olmos qazib
chiqariladi. Florida qirg‘oqlari yaqinidan fosforit, Janubi-G‘arbiy Afrika sohillari 
atrofidan fosforit, sochilma olmos konlari topilgan.
Okean qirg‘oqlarida yirik sanoat shaharlarining ko‘payishi, materiklarning 
tutashtiruvchi dengiz yo‘llarining va kema qatnovining rivojlanishi ta’sirida dengiz
hamda okean suvlarining tabiiy sharoitini yomonlashishiga olib keldi. Shimoliy 
dengizda, Amerika va Afrika qirg‘oqlari yaqinida katta masofalarga cho‘zilgan
neft pardalari so‘zib yuradi. O‘rta dengiz Yer yuzidagi eng ifloslangan 
dengizlardan biri hisoblanadi. Binobarin, Atlantika okeanining ekologik sharoiti
shu darajada buzilganki, insonning yordamisiz uning tabiatini go‘zalligini, 
suvining tozaligini, havosining musaffoligini tiklab bo‘lmaydi. Atlantika



okeanining ekologik sharoitini yomonlashishiga qarshi kurashish xalqaro muammo


bo‘lib qoldi. Hozirgi kunda okeanga xavfli chiqindilarni tashlashni man etuvchi 
shartnomalar tuzilgan.






Yüklə 3,31 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   135   136   137   138   139   140   141   142   ...   376




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin