oqimlar ta’sirida bo‘lganligidan u yerda yil davomida suvning harorati past bo‘ladi,
yog‘ingarchilik miqdori 500 mm dan oshmaydi.
Mo‘’tadil zona. Janubiy mo‘’tadil zonaning suvlari qishda sovuq, yozda biroz
iliq bo‘ladi. Tez-tez bo‘lib turadigan dovullar yuzadagi suvlarni aralashtirib turadi.
Bu yerlar "uvvillovchi kengliklar" deyiladi. O‘rtacha balandligi 2-6 m ga
boradigan to‘lqinlar ko‘p bo‘lib turadi. Ayrim paytlarda to‘lqinlarning balandligi
15 m gacha va uzunligi 250 m gacha bo‘lib, ular yuzlab km masofaga hech
pasaymay to‘xtovsiz harakat qilib boradi.
Subantarktika zonasi. Bu
zonaning iqlimi sovuq, suvining harorati 0°S
atrofida, sho‘rligi kam, yiliga 250 mm yog‘in yog‘adi. Suvlari baliqlarga, krillarga
boy, kitlar shu joylardan oziqlanadi. Qishda suv yuzini muz qoplaydi. Suvda
dengiz muzlaridan tashqari minglab aysberglar suzib yuradi.
Antarktika zonasi okeanning eng janubiy qismini, Antarktida sohillarini o‘z
ichiga oladi. Suvning harorati deyarli yil davomida 0° S dan past. Suv massalarini
kuchli harakatchanligi organizmlarning yashashi "uchun qulay sharoit yaratadi.
Planktonlar miqdori 50 mg/m3 atrofida.
Dostları ilə paylaş: