O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand davlat universiteti ro`yhatga olindi №2018 yil «Tasdiqlayman»



Yüklə 3,31 Mb.
səhifə155/376
tarix26.12.2023
ölçüsü3,31 Mb.
#197416
1   ...   151   152   153   154   155   156   157   158   ...   376
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi s-www.hozir.org

Okeanning tabiat zonalari 

Okean tagidagi zonalar 
Shimoliy Muz okeani akvatoriyasining kichikligi, iqlim xususiyatlarining 
deyarli bir xilligi va Arktika havzasi hududida joylashganligi tufayli uning zonal
strukturasi faqatgina ikkita – Shimoliy qutb (Arktika) va Shimoliy qutbyoni 
(Subarktika) tabiat zonalaridan tarkib topgan.

Shimoliy qutb tabiat zonasi Arktikaning markazidan boshlanib, janubiy
chegarasi kontinental shelfning cheka qismlariga to‘g‘ri keladi. Okeanning eng 
chuqur botiq havzasi va tabiiy sharoitining eng qattiq iqlim xususiyatlariga ega
bo‘lgan bu zona yil davomida erimaydigan va suzib yuruvchi muzlar bilan 
qoplangan. Bu yerda qutb tuni olti oygacha davom etadi. Yozda Quyosh ufqdan
uncha baland ko‘tarilmaydi va havoni ham uncha yaxshi isita olmaydi. Zonaning 
yillik radiatsiya balansi 2-10 kkal/sm2 ga teng. Radiatsiya balansi musbat
bo‘lishiga qaramasdan u faqatgina muzlarni eritishga va bug‘lantirishga sarf 
bo‘ladi. Shuning uchun ham havoning va okean yuza qatlamining harorati
manfiydir. Hatto zonaning havo harorati yoz oylarida ham 0°S atrofida bo‘ladi. 
Qalashib ketgan muzlar – toroslar bu joylar uchun harakterli. Ular muz dalalaridan
10-15 m gacha, ayrim uchastkalarda hatto 20 m gacha ko‘tarilib turadi. Yozda muz 
qoplami yuzasi bir oz eriydi va ko‘lmaklar hosil bo‘ladi. Zonaning iqlim sharoiti
organizmlarring rivojlanishi uchun qulay emas. Yil davomida sovuq Arktika havo 
massasi hukmronlik qiladi.
Shimoliy qutbyoni zonasi okeanning materiklarga yaqin qismlarini o‘z ichiga
oladi. Bu zonaga Shimoliy Muz okeanining hamma cheka dengizlari kiradi. Uning 
tabiiy sharoiti ancha yumshoqroq. Qishda Arktika havo massasi, yozda esa
mo‘’tadil havo massasi hukmronlik qiladi. Yilliy radiatsiya balansi 20-30 kkal/sm2 


ni tashkil etadi. Yoz oylarida suv yuzasining harorati 5°S gacha ko‘tariladi.


Qirg‘oq yaqinida suvlar muzlardan ozod bo‘ladi. Norvegiya va Barens 
dengizlariga Atlantika okeanidan iliq suvlar kirib keladi, planktonning hosil
bo‘lishi va rivojlanishi uchun qulay sharoit yaratiladi, ov qilinadigan baliqlar 
ko‘plab to‘planadi. Shu tufayli yozda orollar va arxipelaglarga katta miqdorda
qushlar uchib keladi, qoyalarda va tik yonbag‘irlarda uya qilib yashaydilar. 



Yüklə 3,31 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   151   152   153   154   155   156   157   158   ...   376




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin