O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand davlat universiteti ro`yhatga olindi №2018 yil «Tasdiqlayman»



Yüklə 3,31 Mb.
səhifə152/376
tarix26.12.2023
ölçüsü3,31 Mb.
#197416
1   ...   148   149   150   151   152   153   154   155   ...   376
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi s-www.hozir.org

Grenlandiya. Shimoliy Muz okeani orollari orasida eng kattasi Grenlandiya
(Yashil o‘lka) oroli bo‘lib, uning maydoni 2176 ming km2. Shundan 1834 ming 
km2 maydoni muz bilan qoplangan. Muzlik yuzasi qirg‘oqdan orol ichkarisiga
qarab ko‘tarilib boradi va gumbazsimon shaklni hosil qiladi. Muz qoplamining 
o‘rtacha qalinligi 2300 m, eng qalin joyi markazda 3400 m gacha boradi, hajmi 2,6
mln. km3. Orolning sharqiy sohilida tog‘ tizmalari mavjud. Ular muzliklar bilan 
qoplangan. Tizmaning eng baland chuqqisi Gunbyorn okean sathidan 3700 m
ko‘tarilib turibdi. 
Grenlandiyaning iqlimi arktika, subarktika va dengiz iqlimiga ega. Qishda harorat
orolning janubida -7°S dan shimolida -3/5 °S gacha pasayadi, yozda esa janubda 
10°S va shimolda 3°S atrofida bo‘ladi. Yillik yog‘ingarchilik mikdori janubda 800-
1100 mm ni va shimolda 150-250 mm ni tashkil etadi. Orolning muzdan holi 
bo‘lgan sohillarida o‘simliklarning 450 ga yaqin turi uchraydi. Shimolda mox va
lishayniklar, eng janubda olxa, qayin, tol, chetan va turli xil o‘tlar o‘sadi. 
Sohillarda shimol bug‘usi, qutb tulkisi, oq ayiq qutb bo‘risi, lemming kabi
hayvonlar yashaydi. 






Okean tagi relefi va geologik tuzilishi
Shimoliy Muz okeani tagi relefi Atlantika va Hind okeanlari tagi relefiga 
nisbatan juda murakkab tuzilganligi tadqiqotchilar tomonidan isbotlangan. Uning
o‘rtacha chuqurligi 1130 m, eng chuqur joyi 5449 m Nansen botig‘ining Litke 
cho‘kmasida Shpitsbergen arxipelagining shimolrog‘ida aniqlangan. Okean
tagining 50,3% maydoni shelfdan tarkib topgan bo‘lib, uning kengligi 1300-1500 
km gacha boradi. Bu sayyoramizning eng yirik shelf oblasti hisoblanadi.
Yevrosiyo shelfi Barens, Kara, Laptev, Sharqiy Sibir va Chukotka shelflariga 
bo‘linadi (O.K.Leontev). Barens shelfi maksimal kenglika ega bo‘lib,
uning materiki yaqin qismini Rus platformasining shimoliy chekkasi, Kara shelfi 
geologik strukturali tuzilishi jihatdan G‘arbiy Sibirning shimoliy davomi, Sharqiy
Sibir va Chukotka dengizlari shelfining shimoliy qismini Giperborey 
platformasining qoldig‘i va Kanada shelfini Shimoliy Amerika platformasining
shimoliy chekkasi deb hisoblaydi. Avliyo Anna shelf cho‘kmasi Barens shelfini 
Kara shelfidan ajratib turadi. Kara dengizining harakterli relef elementlaridan biri
Novaya Zemlyaning Sharqiy sohili bo‘ylab cho‘zilgan, chuqurligi 620 m ga 
yetadigan, tor Kara (Novaya Zemlya) cho‘kmasi va ikkinchisi suv osti daryo
vodiylaridir. Laptevlar dengizi shelfi uchun dengiz akkumulyativ tekisligi va 
abrazion akkumulyativ qirg‘oqbo‘yi sayozligi harakterlidir. Bundan tashqari
Grendlandiya va Elsmir orollariga yaqin joyda Shimol va Alfa platolari joylashgan, 
Chukotka dengizidan shimol tomonda chekka plato mavjud.
Shimoliy Muz okean tagi relefi bir-biriga parallel ravishda joylashgan va 
uzoq masofaga cho‘zilgan uchta suv osti tog‘ tizmasi bilan bir nechta qismlarga
bo‘lingan. Shulardan eng kattasi 1948 yilda kashf etilgan Lomonosov suv osti tog‘ 
tizmasidir. Bu tizma Osiyo sohillari yaqiinida joylashgan Novosibirsk orollarining
shimolidan boshlanib, Shimoliy qutbgacha davom etadi va undan o‘tib Shimoliy 
Amerika sohilllari yaqinidagi Grenlandiya va Elsmir orollari o‘rtaligida joylashgan
Linkoln dengizigacha cho‘zilib boradi. Tizma okean tagidan 2500-3300 m gacha 
ko‘tarilib turadi. Uning ayrim chuqqilari okean sathidan 960 m gacha chuqurlikda -
yotadi. Hatto tizmaning ustida okeanning minimal chuqurligi 489 m ga teng 
bo‘lgan joylar ham bor.
Lomonosov suv osti tog‘ tizmasi eng qadimiy tog‘lardan hisoblanadi. Uning 
geologik shakllanish tarixi paleozoy erasining kaledon burmalanish davri bilan
bog‘liq. Tog‘ jinslari tarkibida bazalt, dolerit, kristallashgan ohaqtosh, kvarsit, 
ortogneyslar ishtirok etadi. Tizmaning yuqori yuza qismlari tekislangan,
yonbag‘irlari tik suv osti kanonlari bilan kuchli parchalangan. 
Lamonosov tizmasidan g‘arbda ko‘p gryadali Gakkel vulkanik suv osti tog‘i
joylashgan. U ikkita yirik chuqurligi 5000 m dan oshadigan Amundsen va Nansen 
botiqlarini bir-biridan ajratib turadi. Lomonosov tizmasidan sharqda unga parallel
ravishda Mendeleev suv osti tog‘ tizmasi joylashgan. Uning eng baland nuqtasi suv 
ostida 1400 m chuqurlikda yotadi. Bu ikki tizmani Makarov va Podvodnilar
botiqlari ajratib turadi. Mendelev ko‘tarilmasidan sharq tomonda juda keng, yassi 
tubli chuqurligi 3800 m gacha yetadigan Kanada botig‘i joylashgan.

Yüklə 3,31 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   148   149   150   151   152   153   154   155   ...   376




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin