O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand davlat universiteti ro`yhatga olindi №2018 yil «Tasdiqlayman»



Yüklə 3,31 Mb.
səhifə154/376
tarix26.12.2023
ölçüsü3,31 Mb.
#197416
1   ...   150   151   152   153   154   155   156   157   ...   376
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi s-www.hozir.org

Oqimlari 
Shimoliy Muz okeanida suv va muzlarning sirkulyatsiyasi boshqa 
okeanlardagi kabi shamolning yo‘nalishiga bog‘liq. Arktika havzasida suv va
muzlar antitsiklonal aylanma harakat qiladi, Shimoliy YYevropa havzasida esa 
suvlar siklonal harakat qiladi. Okeanning sovuq suv massalari Chukotka
dengizidan Grenlandiya tomon Trans-Arktika oqimi yordamida butun havza 
bo‘ylab sharqdan g‘arbga qarab harakat qiladi. Bu oqim Grenlandiya orolining
sohillariga kelib Sharqiy Grenlandiya sovu oqimini hosil qiladi va Atlantika 
okeaniga qo‘shilib ketadi.
Shimoliy Muz okeaniga g‘arbiy va janubi-g‘arbiy shamollar yordamida 
Atlantika okeanidan Shimoliy Atlantika oqimining iliq suvlari kelib turadi. Bu
oqim Shimoliy Muz okeani akvatoriyasiga kirishda ikki tarmoqqa – Shpitsbergen 
va Nordkap tarmoqlariga bo‘linadi. Nordkap oqimi Yevrosiyo qirg‘oqlari bo‘ylab
g‘arbdan sharqqa qarib harakat qiladi. Atlantikadan keladigan sho‘rligi yuqoriroq 
iliq suvlar Shimoliy Muz okeaning sovuq va sho‘rligi kamroq suvlariga nisbatan
zichroq bo‘ladi. Shu sababli iliq suvlarning bir qismi sharqqa borgan sari 
chuqurroq qatlamga tusha boradi va okean suvining turli xi haroratdagi uch yarusli
qatlamini hosil qiladi. Okean suv sathining ko‘tarilishi har sutkada ikki marta 
takrorlanadi. Suvning balandligi Arktika havzasida 0,5 m, Shimoliy YYevropa
havzasida 1 m va Barens dengizida, ayniqsa uning Iokang qo‘ltig‘ida 6 m gacha 
ko‘tariladi.
Organik dunyosi 
Shimoliy Muz okeani iqlim sharoitining qatti q sovuqligi o‘simlik va 
hayvonlarning turlarini kam bo‘lishiga, okeanning katta qismini biomassalarga
kambahal bo‘lishiga ta’sir ko‘rsatadi. Bunday haroratdan nisbatan iliq suvli va 
yumshoq iqlimli Grenlandiya, Norvegiya, Barens va Oq dengizlar mustasno bo‘lib,
ularda mavjud bo‘lgan biomassalar miqdorini janubiy dengizlardagi biomassalar 
miqdori bilan bemalol taqqoslash mumkin.
Shimoliy Muz okeanida fitoplanktonlardan 200 turi uchraydi, shundan 92 turi 
diatomlardir. Okean suvo‘tlari qirg‘oqlar yaqinidagi iliq suvlarda keng tarqalgan.



Arktika havzasining sovuq suvlarida esa aksincha suvo‘tlar juda kam uchraydi.


Okean tagi ham yuza qismlarga nisbatan fitoplanktonlarga juda kambag‘al. Bu 
yerda fitoplanktonlarning 53 turi mavjud bo‘lib, shundan 40 turi diatom suvo‘tlari
va 10 turi perideniylardir. 
Okeanda zooplanktonlarning geografik taqsimlanishi fitoplanktonlarning
tarqalishi singari iqlim sharoiti bilan uzviy bog‘liq. Barens va kara dengizlarida 
zooplanktonlarning 150-175 turi, Sharqiy Sibir dengizida 80-90 turi va Arktika
havzasida 70-80 turiuchraydi. Xudi shunday okean akvatoriyasida zoobentos ham 
bir tekisda taqsimlanmagan. Barens dengizida zoobentosning 1800 dan ziyod turi
uchrasa, biomassa miqdori 100-300 g/m2 ni tashkil etadi. Laptevlar dengizida 
zoobentosning 600 ga yaqin turi bo‘lsa, biomassa 25 g/m2 dan ortiqroqdir. Arktika
havzasining zoobentoslari to‘g‘risida ma’lumotlar juda kam. 
Shimoliy Muz okeanida baliqlarning 150 turi uchraydi. Ular asosan iliq suv
massalari keng tarqalgan maydonlarda Atlantika bo‘yi raYonlarida va daryolarning 
dengizlarga quyilish akvatoriyasida yaxshi rivojlangan. Baliqlardan seld, treska,
dengiz olabug‘asi, navaga, paltus, tiksha, kambala va boshqalar yashaydi. Sut 
emizuvchilardan kitlar, morjlar, tyulenlar va oq ayiqlar uchraydi. Hayvon va
o‘simliklarning turi hamda soni materik sohillaridan qutbga tomon kesikn kamayib 
boradi.

Yüklə 3,31 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   150   151   152   153   154   155   156   157   ...   376




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin