O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand davlat universiteti ro`yhatga olindi №2018 yil «Tasdiqlayman»



Yüklə 3,31 Mb.
səhifə156/376
tarix26.12.2023
ölçüsü3,31 Mb.
#197416
1   ...   152   153   154   155   156   157   158   159   ...   376
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi s-www.hozir.org

Okean tagidagi zonalar 
Shimoliy Muz okeani tagida ham uning yuza qatlamidagiga o‘xshash qutb 
(Arktika) va qutbyoni (Subarktika) tabiat zonalari mavjud. Qutb zonasi juda katta
maydonni egallagan. U yerda ohak va organik moddalarga kambag‘al bo‘lgan 
terrigen yotqiziqlari keng tarqalgan. Qo‘ng‘ir va kulrang loyqa tiplari hukmronlik
qiladi.

Shimoliy qutbyoni tabita zonasi bentosning ko‘p taraqqiy etganligi bilan farq


qiladi. Bentos ayniqsa materik shelfida ko‘p tarqalgan. Yotqiziqlar tarkibida 
muzlarning erishi natijasida hosil bo‘lgan cho‘kindi loyqalar ham bor.
Okeanning xalq xo‘jaligida ahamiyati 

Shimoliy Muz okeani Kanada, Rossiya, Shimoliy YYevropa mamlakatlari


iqtisodiyotida nihoyatda muhim ahamiyat kasb etadi. Okean biologik resurslarga 
uncha boy emas. Ressrlarning geografik tarqalishi regional harakterga ega bo‘lib,
biomassalarning asosiy qismi Shimoliy YYevropa havzasigna to‘g‘ri keladi. 
Arktika havzasi esa aksincha biomassalarga juda kambag‘al. Shimoliy Muz
okeanidan ovlanadigan baliqlarning katta qismi Shimoliy YYevropa havzasigna 
to‘g‘ri keladi. Barens va Norvegiya dengizlaridan, Islandiya qirg‘oqlari atrofidan
yiliga 12 mln t dan ziyod seld, treska, dengiz olabug‘asi, paltus, piksha va boshqa 
baliqlar ovlanadi. Yevrosiyo, Kanada, Alyaska va Grenlandiyaning shimolida
yashaydigan xalqlar dengiz hayvonlarini ovlash bilan shug‘ullanadilar. 
Okean tabiiy geografik sharoitning qiyin bo‘lishiga qaramasdan foydali
qazilmalarni qidirish ishlari uzoq yillardan beri davom etib kelmoqda. 
Qidiruvchilar tomonidan Barens va Kara dengizlari shelfidan, Alyaska va Kanada
qirg‘oqlari yaqinidagi shelflardan neft va gaz konlari topildi. Kanada shelfining 
Boford dengizi va Makenzi daryosining dengizga quyilish raYonlarida 1500 mlrd
m3 ga yaqin gaz zahirasi mavjud. Kanada-Arktika arxipelagining Qirolicha 
Yelizaveta orollari atrofida, bo‘g‘ozlar va qo‘ltiqlarda 6,1 trln m3 va 3,4 mlrd t
neft zahirasi borligi aniqlangan. Laptevlar va Sharqiy Sibir dengizlari tagida turli 
rudalarga boy yotqiziqlar borligi isbotlandi.
Shimoliy Muz okeani ko‘p mamlakatlarning kemalari qatnaydigan asosiy 
yo‘li hisoblanadi. Ayniqsa Shimoliy dengiz yo‘li Rossiyaning eng muhim suv
transport yo‘lidir. Bu yo‘l YYevropadagi va Uzoq Sharqdagi portlar orasidagi 
masofani qisqartiradi. Okeanda kemalar qatnaydigan davr 3-4 oygacha cho‘ziladi.
Ayrim joylarda muzyorar kemalar yordamida navigatsiya ko‘proq vaqtga 
cho‘ziladi. Hozirgi vaqtda ko‘pchilik mamlakatlarning oldida turgan muhim vazifa
Shimoliy dengiz yo‘lini yil davomida kemalar qatnaydigan yo‘lga aylantirishdir.





Yüklə 3,31 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   152   153   154   155   156   157   158   159   ...   376




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin