O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand davlat universiteti ro`yhatga olindi №2018 yil «Tasdiqlayman»



Yüklə 3,31 Mb.
səhifə159/376
tarix26.12.2023
ölçüsü3,31 Mb.
#197416
1   ...   155   156   157   158   159   160   161   162   ...   376
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi s-www.hozir.org

Geologik tuzilishi 

Afrikaning geologik tuzilishi Yevrosiyo materigining geologik tuzilishiga 


nisbatan ancha oddiyroq, murakkab geotektonik strukturlar kam uchraydi. Lekin
shunga qaramasdan u barcha materiklar singari o‘zining juda uzoq davom etgan 
geologik va tektonik rivojlanish tarixiga ega.
Materikning shimoli-g‘arbidagi Atlas tog‘lari, janubidagi Kap tog‘laridan 
tashqari hamma qismi, Madagaskar oroli va materikka shimoli-sharq tomondan
tutash bo‘lgan Osiyoning Arabiston yarim oroli hududlari Afrika (Afrika-
Arabiston) platformasini tashkil etadi. Chunki bu regionlar qadimgi Gondvana
materigining tarkibiy qismlari bo‘lib, ularning zaminini asosan kembriydan oldin 
vujudga kelgan kristall jinslar tashkil etgan.
Afrika platformasining poydevori materik hududining ko‘pchilik rayonlarida 
yer yuzasiga chiqib, o‘zining ifodasini relef shakllarida topgan. Platformaning
ko‘tarilgan qismlari arxey erasining oxirlarida vujudga kelgan. Kristall 
poydevorning asosiy ko‘tarilmalari materikning chekka qismlarida ikkita polosa
hosil kilib joylashgan. Birinchi katta polosa sharqda Kizil dengiz va Adan qo‘ltig‘i 
sohillaridan
boshlanib, 
materikning
eng

janubi-sharqiy


Hind

okeani
qirg‘oqlarigacha davom etadi. Ikkinchi polosa g‘arbda Gvineya qo‘ltig‘i va 


Atlantika okeani qirg‘oqlari bo‘ylab cho‘zilgan. Bulardan tashqari ayrim mustaqil
ko‘tarilmalar Afrikaning ichki rayonlarida-Saxroi-Kabirda, Rodeziyada, Nil 
daryosining yuqori qismida uchraydi. Bu ko‘tarilmalarning yoshini geologlar
o‘rtacha 2 mlrd yilga teng deb hisoblashadi. Arxey poydevoridan ko‘tarilib turgan 
va yer yuzasiga chiqib qolgan balandliklar kuchli burmalangan, metamorflashgan
va intruziv jinslardan tarkib topgan. Bularni asosini tashkil etuvchi chukindi 
jinslarning yoshi 2,8-3,3 mlrd yilga teng bo‘lib, ular platformadan oldingi
geosinklinal zonada hosil bo‘lgan. Dastlabki paytda bu jinslar suv osti vulkan 


lavalari va tuflari, ohaktoshlar, gillar, qumlar bo‘lib, arxeyning oxirida kristall va


metamorfik jinslarga, slaneslarga, kvarsitlarga va marmarlarga aylangan.
Geosinklinal zonadagi dengiz sathidan ko‘tarilib turgan quruqliklar nurash
natijasida yemirilib va yuvilib qumoq, shag‘al toshli cho‘kindi jinslar hosil qilgan. 
Bu yotkiziqlar platformaning bushlangan joylarini to‘ldirib, kristall poydevorninng
yuza qismini qoplab olgan. Keyinchalik bu cho‘kindi jinslar geologik jarayonlar 
natijasida kvarsit va konglomeratlarga aylangan. Xuddi shunday Sahroi Kabirda,
Gvineya qo‘ltig‘ining shimoliy sohili bo‘ylab joylashgan qadimiy kristall jinslar 
katta parchalarga bo‘linib, ular oralig‘ida vujudga kelgan va meridional yo‘nalgan
cho‘kmalarda ham dengiz va kontitengal cho‘kindi jinslar hosil bo‘lib, keyinchalik 
ular burmalangan va metamorflashgan.
Proterozoy erasining boshlariga kelib Afrika platformasining umumiy 
qiyofasi shakllanadi. Endigina shakllangan platformada janubi-g‘arbdan shimoli-
sharqqa tomon yo‘nalgai yangi geosinklinal mintaka vujudga keladi. Bu mintaka 
Kongoning shimoli-sharqidan Ruanda Burundi va Uganda orqali Tanganikagacha
cho‘zilgan bo‘lib, u asosan qumoq va gilli cho‘kindi jinslar bilan to‘lgan. Bu 
mintaqaning faol rivojlanish tarixi bundan 1400 mln yil avval burmalanish,
metamorflanish va granitlarning cho‘kindi jinslar orasiga yorib kirish jarayonlari 
bilan yakunlangan.
Proterozoyning oxirida qadimgi Rodeziya massividan shimoli-g‘arbda 
platformaga turtib kirib turgan Katanga geosinklinal mingaqasi vujudga kelgan. Bu
mintaqa Katanga guruhi deb atalgan kvarsit, gilli slanes, ohaktosh va 
dolomitlardan iborat cho‘kindi jinslar kompleksidan tarkib topgan. Mintaqa uchun
tillitlar ham harakterli. 
Geosinklinal mintaqalarning rivojlanishi bilan bir vaqtda materikning
markaziy rayonlarida, Afrika platformasining qadimgi chekkalarida yuqori 
proterozoyning platformali cho‘kindi jinslari-qumtoshlar, gillar, stromatolitli
ohaktoshlar va tillitlarning to‘planishi davom etgan. Bunday cho‘kindi jinslar 
Sahroi Kabir va Sudanning g‘arbidagi Taudenni sineklizasida, Janubiy Afrikaning
Kalahari cho‘kmasida va Kongo botig‘ining shimoli-sharqiy qismida ham hosil 
bo‘lgan.
Quyi va o‘rta paleozoyda Sharqiy Afrika o‘zining ko‘tarilgan holatini va 
kontinental rejimini saqlab qolgan. Shimoli-g‘arbiy Afrika, Sahroi Kabirning
g‘arbiy qismi dengiz bilan qoplangan. Shu davrda Atlas geosinklinali va platforma 
sineklizalari faol taraqqiy etgan. Vujudga kelgan Tinduf, Taudenni, Retgana,
Murzuk kabi sineklizalarni bir-biridan platformaning ko‘tarilgan massivlari 
Antiatlas, Regibat, Tuareg va boshqa burmalangan zonalar hamda anteklizalar
ajratib turgan. Paleozoyning cho‘kindi jinslari asosan qumtoshlardan, gillardan va 
ohaktoshlardan tarkib toptan Zulib, ularning qalinligi Atlas geosinklinal zonasida
keskin ortib borgan. 
Shunday qilib, arxeydan boshlab paleozoyning o‘rtalarigacha bo‘lgan
geologik taraqqiyot davrida Afrika platformasining Regibat, Tuareg, Tibesti, Leon-
Liberiya, Nubiya-Arabiston, Tanganika, Rodeziya, Madagaskar kabi qalqon va
anteklizalari hamda Tinduf, Senegal, Taudenni, Murzuk, Liviya-Misr, Quyi Nil, 


Somali, Nigeriya, Kongo, Okavango, Kalahari, Karru, Chad kabi sineklizalari


to‘liq shakllandi. 
Karbonning o‘rtalarida Atlas geosinklinal zonasida burmalanish jarayoni
sodir bo‘lib, Atlas tog‘lari vujudga keladi. Janubiy Afrikada ham yirik o‘zgarishlar 
bo‘lib, botiqlarning (Kongo, Kalahari, Karru) qiyofasi qisman o‘zgaradi. Permda
Mozambik bukulmasi hosil bo‘lib, Madagaskar orolini materikdan ajratib qo‘yadi. 
Triasning oxirida burmalanish va ko‘tarilishlar materikning eng janubidagi Kap
zonasini qamrab olib, Kap tog‘larini vujudga keltiradi. 
Afrika hududi oligotsendan boshlab umumiy ko‘tarilish bosqichiga qadam
qo‘yadi. Yangi ko‘tarilish bosqichi ayniqsa materikning sharqiy qismida shiddat 
bilan davom etib, Sharqiy Afrika va Efiopiya tog‘liklarini hosil qiladi. Bu yerda
ilgari vujudga kelgan uzilmalar va yoriqlar zonasi uzil-qesil shakllanib, uzoq 
masofaga cho‘zilgan ko‘p tarmoqli grabenlarni barpo etadi. Qizil dengiz, Adan
qo‘ltig‘i, Sharqiy Afrikadagi yirik ko‘llar Rudolf, Tanganika, Nyasa va boshqalar 
ana shu grabenlarda vujudga kelgan. O‘sha davrda tektonnk yoriqlar harakatiga
shiddatli vulkanlar faoliyati hamrohlik qilgan. Avvalo yoriqlar tipidagi bazaltlar 
oqib chiqib tog‘liklarni, neogenga kelib markaziy tipdagi ulkan vulkanik tog‘larni
yaratgan. Jumladan Kilimanjaro, Keniya, Meru, Nyamlagira, Niragonga va boshqa 
vulkanlar vujudga kelib, ularning ayrimlari xozir ham faol harakat qilib turadi.
Alp burmalanishi davrida (neogen va antropogen davrlar) yosh vulkanizm 
materikning g‘arbiy qismida ham meridponal polosa buylab namoyon bo‘lgan. Bu
polosa Gabes qo‘ltig‘idan boshlanib, Axaggar massivi orqali Kamerungacha va 
undan Angolagacha davom etadi. Ikkinchi vulkanlar polosasi Gvineya qo‘ltig‘idagi
vulkanik orollardan boshlanib to Tibesti vulkan massivigacha cho‘zilgan. Yosh 
vulkanlar G‘arbiy Afrika sohillarida, Senegal va Liberiya hududlarida ham
uchraydi. 
Oligotsenning boshlarida Afrikaning deyarli hamma qismi quruklikka
aylangan bo‘lib, dengiz sharoiti faqatgina materikning shimoli-g‘arbiy 
chekkasidagi Rif-Tel geosinklinalida hamda shimolda Liviya va Misrning qirg‘oq
polosasida saqlanib qolgan. Miotsenda yuz bergan burmalanish natijasida 
Afrikaning shimoli-g‘arbidagi va shimolidagi suv havzalari butunlay chekini,
ularning quruqlik egallaydi. So‘nggi burmalanish Atlas Tog‘larining janubiy 
zonalarini ham qamrab oladi.
Afrikaning g‘arbiy va sharqiy qismlarida tog‘ hosil bo‘lish jarayoni hozirga 
qadar ham o‘z faoliyatini yangi tektonik harakatlar shaklida davom ettirib
kelmoqda. Vulkanlarning vaqti-vaqti bilan otilib turishi va kuchli zilzilalarning 
takrorlanib turishi buning isbotidir. Materikda yangi tektonik harakatlarning
intensivligini regional xususiyatga ega ekanligi shundan iboratki, Afrikaning 
sharqiy va g‘arbiy hududlari uchun kuchli seysmik harakatlar harakterli bo‘lsa,
shimoliy, markaziy va janubiy hududlari uchun kuchsiz seysmik harakatlar 
harakterlidir.
Antropogen davrida Afrika hududi Yevrosiyo va Shimoliy Amerika 
materiklaridan farq qilib qoplama muzlik ta’sirida bo‘lmagan. Lekin o‘sha davrda
yuz bergan iqlimiy o‘zgarishlar natijasida vujudga kelgan plyuvial (muzliklar 


davriga to‘g‘ri keladi) va qurg‘oqchil (muzliklararo davrga to‘g‘ri keladi) epoxalar


galma-gal almashingan. 
Relefi 
Afrikaning hozirgi yirik morfostruktura relef shakllarining yaratilishi 
neogenda va antropogen davrining boshlarida sodir Gulgan. Uning katta
maydonini egallab yotgan yassi relef shakllari uzoq davom etgan peneplenlashish 
jarayonining natijasidir. Keng rivojlangan tekislangan qadimiy yuzalar neogen
davrida vujudga kelgan. Tekislangan qadimiy yuzalar va platolarning absolyut 
balandligi asosan shimoldan janubga qarab ko‘tarilib boradi.
Materikning asosiy tekisliklari va platolari shimoli-g‘arbda, baland tog‘lari 
va tog‘liklari janubi-sharqda joylashgan. Shuning uchun materik hududi yer
yuzasining tuzilishi va gipsometrik balandlik xususiyatlariga ko‘ra ikki qismga 
bo‘linadi: birinchi qismi balandligi 1000 m dan kam bo‘lgan Shimoli-G‘arbiy
Afrika yoki Past Afrika deb ataladi va ikkinchi qismi balandligi 1000 m dan ortiq 
bo‘lgan Janubi-Sharqiy Afrika yoki Baland Afrika deb ataladi. Bular o‘rtasidagi
chegara janubi-g‘arbda Bengela (Angola) va shimoli-sharqda Massaua (Yefiopiya) 
chizig‘idan o‘tadi. Materikning 70% dan ziyod maydoni tekislik va platolarga,
30% ga yaqin maydoni tog‘ va tog‘liklarga to‘g‘ri keladi. Tekisliklar kontinental 
va dengiz yotqiziqlaridan tashkil topgan cho‘kindi jinslar bilan qoplangan. Afrika
platformasining yadrolaridan va anteklizalaridan ko‘tarilib turgan platolar va tog‘ 
massivlari kristall va vulkanik jinslardan tarkib topgan.
Past Afrikaning shimoli-g‘arbiy chekka qismi Atlas tog‘lari bilan o‘ralgan. 
Bu tog‘larning o‘rtacha balandligi 1200-1500 m ni tashkil etadi. Atlas tog‘larining
shimoliy O‘rta dengiz sohilidagi yosh tizmalari murakkab burmalangan strukturaga 
va janubiy qismi palaxsali strukturaga ega. Atlas tog‘lari janubi-g‘arbdan shimoli-
sharqqa qarab cho‘zilgan Er-Rif, Baland Atlas, Tell Atlas va Sahroi Kabir Atlasi 
tizmalaridan iborat. Bu tizmalar o‘rtasida balandligi jihatdan birinchi o‘rinda
Baland Atlas tog‘i turadi, uning eng baland nuqtasi 4165 m ga qad ko‘tarib turgan 
Tubkal cho‘qqisidir. Balandligi jihatdan ikkinchi o‘rinda Er-Rif tizmasi turadi.
Uning Gibraltar bo‘g‘ozi yaqinidagi eng baland Tidigin cho‘qqisi okean sathidan 
2456 m yuqoriga cho‘zilgan. Baland Atlas va Er-Rif tizmalari Atlantika okeani
sohili tomon zinapoyasimon shaklda pasayib boradi. Keyigi o‘rinlarda Tell Atlas 
(2326 m) va Sahroi Kabir Atlasi (1532 m) tizmalari turadi. Bu ikki tizma oralig‘ida
Baland plato joylashgan. 
Past Afrikaning katta qismi Sahroi Kabir, Sudan tekisliklari va ko‘p sonli
platolar bilan band. Ular materikning shimoliy qismidan janubda Shimoliy 
Gvineya va Azande balandliklarigacha, g‘arbda Atlantika okeani qirg‘oqlaridan
sharqda Qizil dengiz sohillarigacha yoyilib borgan. Sahroi Kabir hududida kristall 
va vulkanik jinslardan tarkib topgan tog‘liklar va yassi yuzali platolar keng
tarqalgan. Shulardan eng yiriklari Markaziy Sahroi Kabirda joylashgan Axaggar va 
Tibesti tog‘ massivlaridir.
Axaggar va Tibesti tog‘liklari Afrika platformasining baland ko‘tarilgan 
yadrolari zaminida paydo bo‘lgan. Ularning ustki kismi oqib chiqkan lavalar bilan
qoplangan va yuksaklikka bo‘y cho‘zgan nuqtalari so‘ngan vulkanlarning 


konuslaridan iborat. Tibesti tog‘ligining eng baland nuqtasi 3415 m yuqoriga


ko‘tarilib turgan Emi-Kusi tog‘i bo‘lib, u butun Sahroi Kabirning ham eng baland 
nuqtasi hisoblanadi. Uning ikkinchi yuksak nuqtasi Tusida (3265 m) cho‘qqisidir.
Axaggar tog‘ining eng baland nuqtasi okean sathidan 2918 m ko‘tarilib turgan 
Taxat tog‘idir.
Axaggar va Tibesti tog‘liklarini paleozoy jinslaridan tarkib topgan kuest 
tizmalari-tassiailar o‘rab olgan. Kuest tizmalarining balandligi 1000 m gacha
boradi. Ular balandligi 500-1000 m atrofida bo‘lgan yassi platolar bilan 
parchalangan. Platolar bo‘r davrining ohaktoshlari va qumtoshlaridan tarkib topgan
bo‘lib, ular Axaggar va Tibesti tog‘liklari hamda kuest gryadalari atrofini aylana 
shaklida o‘rab olgan. Bular Tanezruft, Tassilin Axaggar, Ennedi, Jado, Tingert,
Tademait, Hamada-yel-Hamra platolaridir. 
Afrika platformasining poydevorini tashkil etgan qadimiy kristall jinslarning
bukilishi natijasida vujudga kelgan keng botiqlar-Sahroi Kabirning g‘arbidaga El-
Juf, shimolidagi Fessan, sharqidagi Liviya-Misr, janubidagi Niger, Chad va Oq Nil
platolarga yondosh bo‘lib joylashgan. Botiqlarning barchasi dengiz va kontinental 
yotqiziklar bilan to‘ldirilgan. Sahroi Kabirning shimoli-g‘arbidagi El-Rif
cho‘kmasi Atlas tog‘oldi bukilmasida vujudga kelgan va Atlas tog‘laridan 
keltirilgan toshloq jinslar bilan to‘ldirilgan. Bu cho‘kma yangi tektonik harakatlar
natijasida ko‘tarilib tog‘oldi platosini hosil qilgan. Bulardan tashqari materikning 
o‘rtalik qismida eng yiriq Kongo botig‘i va janubda Kalahari botig‘i joylashgan.
Batiklar yuzasining okean sathidan o‘rtacha balandligi 200-400 m ni tashkil etadi. 
Materikning chekkalarida juda chuqur kontinental cho‘kmalar ham vujudga
kelgan. Ana shulardan Assal cho‘kmasi -153 m, Kattara cho‘kmasi -133 m, Shott 
Melgir cho‘kmasi -36 m okean sathidan pastda joylashgan.
Afrikaning shimolida O‘rta dengaz soxilida, g‘arbida Atlantika soxilida. 
Senegal daryosining quyi qismida, Gvineya qo‘ltig‘ida qirgoqbo‘yida, janubi-
sharqida Mozambik bo‘g‘ozi qirg‘oqbo‘yida keng polosa bo‘ylab cho‘zilgan va 
balandligi 200 m gacha bo‘lgan pastteksiliklar mavjud.
Gvineya qo‘ltig‘i qirg‘og‘i bo‘ylab cho‘zilgan Shimoliy Gvineya balandligi 
qadimgi kristall zaminnig antekliza shaklidagi yadrosi bo‘lib, tektonik burmalar va
yoriqlar uni alohida massivlarga bo‘lib yuborgan. Shulardan biri balandlikning 
sharqida joylashgan Joye platosi (2000 m) va ikkinchisi g‘arbida joylashgan
Leone-Liberiya tog‘liridagi Bintimaki (1945m) tog‘idir. Biafra qo‘ltig‘i yaqinida 
Kamerun (4070 m) vulkanik tog‘i joylashgan.
Baland Afrikaga materikning sharqiy qismida joylashgan Efiopiya va 
Sharqiy Afrika tog‘lari hamda Janubiy Afrika qaraydi. Baland Afrika Past
Afrikaga nisbatan materikning okean sathidan bir muncha baland ko‘tarilgan, relefi 
vertikal ravishda kuchli parachalangan, harakatdagi va so‘ngan vulkanlarga boy
qismi hisoblanadi. Bu xududda Afrika platformasining qadimiy kristall jinslari 
ko‘p joylarda yer yuzasiga chiqib yotibdi.
Yefiopiya tog‘ligi o‘rtacha 1800-2000 m balandlikda joylashgan. Uning 
sharqiy va janubi-sharqiy yon bag‘rlari tik qoya shaklida ko‘tarilgan, g‘arbiy yon
bag‘ri Sudan tekisligiga qarab zinapoyasimon baland platolarni va yuksak tog‘ 
cho‘qqilarini hosil qiladi. Platolar atrofini tik jarliklar o‘rab olgan. Efiopiya



tog‘ligida balandligi 4000 m dan oshadigan cho‘qqilar ham mavjud. Uning eng


baland cho‘qqisi shimol tomonda joylashgan Ras-Dashen (4620 m) tog‘idir. 
Tog‘likning janubida Bata (4310 m) va Guge (4209 m) cho‘kkilari, Bab-yel-
Mandeb bo‘g‘oziga yaqin joyda Dubbi (1250 m) vulkani joylashgan. 
Yefiopiya tog‘ligidan janubi-sharqda joylashgan Somali yarim orolini
zinapoyasimon ko‘tarilgan Xaud platosi egallab olgan. Uning shimoliy yon bag‘ri 
Adan qo‘ltig‘iga tik tushgan. Qo‘ltiq qirg‘og‘ida yarim orolning baland nuqtasi
hisoblangan Shimbiris (2416 m) tog‘i qad ko‘tarib turibdi. Platoning janubi-
sharqiy yon bag‘ri asta-sekin pasayib Hind okeaning qirg‘oqbo‘yi pasttekisligi
bilan tutashadi. 
Baland Afrikaning katta maydonini Yer po‘stining surilishlari, tektonik
yoriqlar va uzilmalar natijasida parchalangan Sharqiy Afrika yassi tog‘ligi egallab 
yotadi. Uning hududida materikning eng baland tog‘ cho‘qqilari, so‘ngan va
harakatdagi vulkanlar Kilimanjaro (5895 m), Keniya (5199 m), Margerita (5109 
m), Meru (4567 m), Karisimbi (4507 m), Elgon (4322 m), Rungve (3175 m) va
boshqalar joylashgan. 
Sharqiy Afrika yassi tog‘ligidagi tektonik yoriqlar va uzilmalar ko‘p
tarmoqli bo‘lib, ular markaziy va g‘arbiy tizimlarga bo‘linadi. G‘arbiy tizimning 
bir qator yoriqlari Albert, Eduard, Tanganika, Rukva va boshqa ko‘llar bilan band.
Markaziy tizim yoriqlarida Rudolf, Nyasa va boshqa mayda ko‘llar hosil bo‘lgan. 
Yassi tog‘likning ekvator atrofidagi eng past joylarni Viktoriya va Kioga ko‘llari,
baland joylarini Unyamvezi-Uganda platosi egallagan. Tangankka va Nyasa 
ko‘llaridan janubi-g‘arbda Sharqiy Afrika yassi tog‘ligining davomi bo‘lgan,
submeridionad yo‘nalgan Mitumba (1889 m) va Muchinga (1908 m) tog‘lari 
joylashgan. Ularni balandligi 1000-1200 m bo‘lgan botqoqlangan botiq, Mveru va
Bangveulu ko‘llari ajratib turadi. 
Janubiy Afrikaning katta qismini okean sathidan 900-1000 m balandlikda
joylashgan, tevarak-atrofi tog‘lar va platolar bilan o‘ralgan Kalahari botig‘i tashkil 
etadi. Platforma poydevori yuzasining notekisligi botiq relefida o‘z aksini topgan.
Shuning uchun botiqning ko‘tarilgan qismi Bakalahari, markaziy tekis past qismi 
Kalahari deb ataladi. Botiqning kristall zamini to‘rtlamchi davr qum yotqiziqlari
bilan qoplangan. 
Kalahari botig‘ining tevarak-atrofi zinapoyasimon ko‘tarilgan quyidagi
tog‘lar va platolar bilan o‘ralgan: shimolda Luanda-Katanga ko‘tarilmasi, sharqda 
Zambezi va Limpopo daryolari oralig‘idagi Matabele yassi tog‘ligi, janubi-sharqda
Baland Veld platosi, Basuto tog‘ligi va Drakon tog‘lari, janubda Kap va Yuqori 
Karru platolari, g‘arbda Namakvalend, Damaralend, Kaoko plato va yassi
tog‘liklari hamda Serra-da-Shela tizmasi. Shulardan eng balandi Basuto tog‘ligi 
bo‘lib, uning yuksak nuqtasi Katkin-Pik tog‘ida 3657 m ga yetadi. Bu butun
Janubiy Afrikaning ham eng baland nuqtasi hisoblanadi. 
Janubiy Afrikaning eng janubiy chekka qismida gersin brsqichida
burmalangan Kap tog‘lari joylashgan. Bu tog‘lar bir necha parallel tizmalardan 
tarkib topib, sharqdan g‘arbga qarab cho‘zilgan. Tizmalar bir-biridan keng
bo‘ylama vodiylar bilan ajralgan. Ana shunday keng vodiylardan biri Kichik Karru 


vodiysidir. Kap tizmasining eng baland nuqtasi Svartberg (2324 m) cho‘qkisi


hisoblanadi. 

Yüklə 3,31 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   155   156   157   158   159   160   161   162   ...   376




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin