O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand davlat universiteti ro`yhatga olindi №2018 yil «Tasdiqlayman»



Yüklə 3,31 Mb.
səhifə167/376
tarix26.12.2023
ölçüsü3,31 Mb.
#197416
1   ...   163   164   165   166   167   168   169   170   ...   376
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi s-www.hozir.org

Zambezi - Janubiy Afrikaning eng yirik va materikning Hind okeaniga
quyiladigan eng katta daryosi hisoblanadi. Uning uzunligi 2660 km, havzasining 
maydoni 1330 ming km
2
. O‘rtacha yillik suv sarfi 19000 m

3
/sek. ni tashkil etib, 


Nigerning suv sarfidan 1,5 marta, Nilning suv sarfidan 7,5 marta ko‘p. Bu jihatdan
Yevrosiyoning Yenisey va Shimoliy Amerikaning Missisipi daryolarining o‘rtacha 
yillik suv sarfi bilan teng.
Zambezi daryosi Zambezi-Kongo suvayirg‘ich platosidan, 1100 m 
balandlikdan boshlanadi. U yuqori oqimda 1200 km masofada tekis botiqlardan
oqadi. O‘rta qismida qattiq jinslardan tarkib topgan platolarni, yassi tog‘liklarni 
kesib o‘tib ostona va sharsharalar hosil qiladi. Quyi oqimida daryo o‘zani
kengayib, Hind okeaniga quyilish joyida, Mozambik qo‘ltig‘iga 120 km qolganda 
uning deltasi boshlanadi.



Zambezi daryosida Viktoriya, Gone va boshqa sharsharalar ko‘p uchraydi.


Shulardan Viktoriya sharsharasi dunyodagi eng katta sharsharalardan bir 
hisoblanadi. Uning balandligi 120 m va kengligi 1800 m. Sharshara ana shunday
balandlikdan tor bazaltli daraga otilib tushadi. Yuqoridan tushayotgan suvda 
mayda zarra tomchilari hosil bo‘lib yuqoriga ko‘tariladi va Quyosh nurp ta’sirida
rang-barang Kamalak hosil qiladi. Zambezi daryosida to‘g‘onlar, elektr stansiyalari 
hamda Kabora-Basa va Kariba suv omborlari bunyod etilgan. Daryoda to‘lin suv
yoz paytida bo‘ladi. Qishda quruq davr hukmronlik qiladi va suv sathi keskin 
pasayadi. Bu kemalarning qatnoviga halaqit beradi. Yirik kemalar daryoning quyi
oqimida 450 km masofada qatnay oladi. 
Afrika daryolari oqimini fasllarga qarab taqsimlanishida nihoyatda katta
farqlar ko‘zga tashlanadi. M.I.Lvovich daryolarni to‘yinishda va oqimini fasllarga 
qarab taqsimlanishiga asoslanib, Afrika daryolarini to‘rtta tipga bo‘ladi: 1.
Ekvatorial tipi - daryolari yil bo‘yi to‘lib oqadi. 2. Sudan tipi - daryolari yozning 
oxiri va kuzda tulib oqadi. 3. Sahroi Kabir tipi - ahyon-ahyonda oqim hosil bo‘ladi.
4. O‘rta dengiz tipi - daryolari qishda to‘lib oqadi. 



Yüklə 3,31 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   163   164   165   166   167   168   169   170   ...   376




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin