O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand davlat universiteti ro`yhatga olindi №2018 yil «Tasdiqlayman»



Yüklə 3,31 Mb.
səhifə166/376
tarix26.12.2023
ölçüsü3,31 Mb.
#197416
1   ...   162   163   164   165   166   167   168   169   ...   376
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi s-www.hozir.org

Daryolari. Afrikannng eng yirik daryo tizimlariga Nil, Kongo, Niger,
Zambezi, Oranjevaya daryolari kiradi. Bu daryolarning ko‘pchiligi Afrika 
platformasining chekkalarida yaqinda vujudga kelgan tog‘ tizmalari va yassi
tog‘lik ko‘tarilmalari bilan o‘ralgan yirik botiqlardan oqib o‘tadi. Bu ko‘tarilmalar 
erozion jarayonlarni ancha jonlantirib, yirik daryo vodiylarida ko‘plab tosh
ostonalarini va sharsharalarni hosil qilgan. 




Nil materikning eng uzun daryosi bo‘lib, janubdan shimolga qarab 6671 km
masofaga cho‘zilgan, havzasining maydoni 2870 ming km
2
ga teng. Uning 

o‘rtacha yillik suv sarfi Asvon yaqinida 2600 m


3
/sek. ni tashkil etadi. Ba’zi 

yillarda minimal suv sarfi 500 m


3
/sek. dan, maksimal suv sarfi 15000 m

3
/sek.

gacha o‘zgarib turadi. U dunyodagi eng uzun daryo ham hisoblanadi.
Nil daryosining manbasi ekvatordan janubda Sharqiy Afrika yassi 
tog‘ligining 2000 m dan balandroq qismidan o‘z suvini oluvchi Kagera daryosi
hisoblanadi. Bu daryo avvalo Viktoriya ko‘liga quyiladi. Ko‘lda Viktoriya-Nil 
nomi bilan oqib chiqib, Koga ko‘li orqali o‘tadi va Mobutu-Sese-Seko (Albert)
ko‘liga quyiladi. Bu ko‘ldan Albert-Nil nomi bilan oqib chiqib to Oq Nil 
botig‘igacha tipik tog‘ vodiysini hosil qiladi. Vodiyning bu qismida bir necha
ostonalar va sharsharalar mavjud bo‘lib, bulardan eng yirigi Merchison 
sharsharasidir. Uning balandligi 40 m ga yetadi.
Daryo yassi tog‘likdan keng va yassi botiqqa Bahr-yel-Jabal nomi bilan kirib 
kelib tarmoklarga bo‘linadi va juda sekin oqadi. Bu yerda eng yirik Bahr-yel-
G‘azal va Sobat irmoqlari birlashib Oq Nil (Baxr-yel-Ab’yad) daryosini hosil 
qiladi. Hartum yakinida Ok Nil bilan Ko‘k Nilning birlashishidan Nil (Yel-Bahr)
daryosi hosil bo‘ladi. Ko‘k Nil Ok Nilga nisbatan qisqaroq. U Efiopiya tog‘ligidan 
boshlanadi. Boshlanish qismida Tana ko‘lidan oqib chiqadi. Hartumdan shimolda
Nilga Efiopiya tog‘ligidan boshlanuvchi eng so‘nggi irmoq Atbara kelib 
ko‘shiladi.
Nil o‘rta oqimida qattiq qumtoshlardan tarkib topgan platoni kesib o‘tadi, 
shu sababli bu yerda ham ostona toshlar ko‘p uchraydi. Faqat Hartum va Asvon
shaharlari o‘rtalig‘ida oltita ostona mavjud. Asvon to‘g‘on qurilgandan keyin 
daryoda kema qatnovi ancha yaxshilandi. Nil o‘z suvini O‘rta dengizga quyadi.
Quyilish joyda maydoni 24000 km2 ga teng bo‘lgan delta hosil qiladi. Nil deltaga 
kelib 9 ta katta va kuplab mayda tarmoqlarga bo‘linib ketadi. Nil ekinzorlarga va
suv omborlariga har yili 62 mln m3 unumdor loyqa keltiradi. Uning vodiysida 
birgina Misrning 97% aholisi yashaydi.
Nil daryosi Birlashgan Arab Respublikasi, Sudan, Efiopiya, Uganda va 
Tanzaniya mamlakatlari hududidan oqib o‘tib, ularning xo‘jaligida katta ahamiyat
kasb etadi. Daryo havzasida yashaydigan barcha aholi juda qadim zamonlardan 
beri uning suvidan hosildor yerlarni sug‘orishda foydalanib kelgan. Nil ekin
maydonlariga nafaqat suv, balki toshqin paytlarida keltirgan unumdor loyqa 
yordamida ozuqa ham beradi. Nil oqimini tartibga solish va dalalarni suv bilan
ta’minlash maqsadida to‘g‘onlar, suv omborlari kurilgan, kanallar qazilgan. 


Kongo daryosi Afrikada uzunligi jihatdan Nildan keyin ikkinchi o‘rinda
turadi. Uning uzunligi Luatabu irmog‘i manbasidan 4320 km, Chambeshi irmog‘i 
manbasidan 4700 km, havzasining maydoni 3,7 mln km
2
. O‘rtacha yillik suv sarfi 

40000 m
3


/sek. ni tashkil etadi. Bu Nilning o‘rtacha suv sarfidan 15 hissa ko‘pdir. 

Kongo daryosi havzasining maydoni va sersuvligi jihatidan Afrikada birinchi va


dunyoda Amazonkadan keyin ikkinchi o‘rinda turadi. Kongo Zair Respublikasi 
hududida Zair daryosi deb ataladi.
Kongo shimoliy va janubiy yarim sharlardan oqib, ekvatorni ikki joyda kesib 
o‘tadi va yil davomida to‘lib oqadi. Daryo tog‘liklardan va platolardan oqib



o‘tganligi tufayli unda ostona toshlar hamda sharsharalar juda ko‘p. Ayniqsa u


quyi oqimida kristall jinslarni kesib o‘tib, Livingston sharsharalari deb atalgan 32 
ta sharshara hosil qilgan. Ekvatorni kesib o‘tgan yuqori oqimida esa Stenli deb
nomlangan 7 ta sharshara hosil qilgan. Kongo daryosining o‘rta oqimi botiq 
hududida keng vodiy hosil qilib sekin oqadi. Daryo o‘zani ayrim joylarda
ko‘ndalangiga 20 km ga kengayib ko‘lsimon vodiylarni hosil qiladi. Kongoning 
o‘rta oqimiga Ubangi, Sanga, Ruki, Kasai kabi yirik irmoqlari kelib qo‘shiladi.
Kongoning Nil daryosidan farqi shundaki, u Atlantika okeaniga quyilish joyida 
delta emas, balki kengligi 15-19 km gacha yetadigan estuariy hosil qiladi. Uning
chuqur o‘zani Atlantika okeani tagida suv osti vodiysini hosil qilib, 150 km 
ichkargacha oqib boradi.
Kongo daryosi yirik, sersuv bo‘lishiga va yil bo‘yi to‘lib oqishiga 
qaramasdan kemalarning qatnovi uchun ancha noqulay. Ostona va sharsharalarning
ko‘pligi daryoning transport ahamiyatini pasaytiradp. Birgina Kinshasa va Matadi 
shaharlari oralig‘idagi 350 km masofada 70 ga yaqin ostona va sharsharalar
uchraydi. Bunday holat Kongo daryosini gidroenergiya resurslariga nihoyat 
darajada boy ekanligidan dalolat beradi.

Niger daryosi Afrikada Nil va Kongo daryolaridan keyin uchinchi o‘rinda
turadi. Lekin shunga qaramasdan u dunyodagi yirik daryolar qatoriga qo‘shiladi. 
Uning uzunligi 4160 km, havzasining maydoni 2 mln km
2
. O‘rtacha yillik suv sarfi 

12000 m
3


/sek. ga teng. Niger daryosi Atlantika okeaniga yaqin joylashgan 

Shimoliy Gvineya balandliklaridan boshlanadi. Boshlanish joyidan shimoli-sharq


tomonga qarab oqadi va Sahroi Kabir chegarasiga borib, janubi-sharqqa qarab 
buriladi. Bu yerda sharq tomondan Jos platosi va Adamava tog‘laridan oqib
keladigan Nigerning chap irmoqlari bo‘lmish Sokota, Kaduma va Benue daryolari 
kelib qo‘shiladi. Niger Gvineya qo‘ltig‘iga quyilish joyida delta hosil qiladi.
Daryoning yuqori va quyi irmoqlarida ostona va sharsharalar ko‘p, o‘rta oqimi esa 
tekislik harkteriga ega. Niger daryosining katta kismi qurg‘oqchil yerlardan oqib
o‘tadi. Shuning uchun yerlarni sug‘orishda daryoning ahamiyati katta. Ayniqsa 
Niger daryosi suvidan Sahroi Kabirga chegaradosh bo‘lgan rayonlarda obikor
dehqonchilikda keng foydalaniladi. Bu yerda to‘g‘onlar qurilgan, kanallar qazilgan 
va shu asosda yirik sholikor xo‘jaliklar barpo etilgan.

Yüklə 3,31 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   162   163   164   165   166   167   168   169   ...   376




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin