O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand davlat universiteti ro`yhatga olindi №2018 yil «Tasdiqlayman»



Yüklə 3,31 Mb.
səhifə174/376
tarix26.12.2023
ölçüsü3,31 Mb.
#197416
1   ...   170   171   172   173   174   175   176   177   ...   376
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi s-www.hozir.org

Subekvatorial o‘rmonlar zonalari. Nam ekvatorial o‘rmonlarning shimoliy
va janubiy qismlarida tor polosa bo‘lib fasliy nam subekvatorial o‘rmonlar zonalari 
joylashgan. SHimoliy subekvatorial o‘rmonlar zonasi shimoliy yarim sharda juda
tor polosa hosil qilib, g‘arbda Atlantika okeani va Gvineya qo‘ltig‘i sohillaridan 
sharqda Albert ko‘li qirg‘oqlarigacha chuzilgan. Janubiy subekvatorial o‘rmonlar
zonasi shimolga nisbatan keng polosa xosil qilib, g‘arbda Atlantika okeani 
sohilidan sharqda Tanganika ko‘ligacha cho‘zilib borgan. Bu zonalar uchun uzoq
davom etadigan nam mavsum va qiska vaqt davom etadigan quruq mavsum 
xarakterlidir. Quruq mavsum paytida ayrim daraxtlar bir necha haftaga bargini
tukadi. Bu zonalarda semba, danta, gildegariya, afora va boshqa darxtlar o‘sadi.


Savannalar. Ekvatordan shimolga va janubga tomon uzoqlashgan sari nam
ekvatorial o‘rmonlar utkinchi polosa hosil qilib fasliy nam subtropik o‘rmonlar 
zonasi bilan, sungra savannalar bilan almashinadi. Savannalar ekvator atrofidagi
nam va fasliy nam o‘rmonlar zonalariga nisbatan quruq va sernam fasllarning 
almashinishi yaqqol ifodalanganligi, har yer-har yerda yakka darxt yoki siyrak
o‘rmonlar va butalar usgan o‘tloqlarnpng keng tarqalganligi bilan ajralib turadp. 
Ekvatorial va subekvatorial o‘rmonlar zonalari yorug‘likning kamligi, xavosining
sernamligi va dimligi bilan farq qilsa, savannalar kunlarning yorug‘ligi, havosining 


tozaligi, namlikning kamligi bilan ajralib turadi. Atmosfera yog‘inlari ko‘p


yog‘adigan faslda baland buyli to‘liq o‘tlar tekisliklarni, platolarni, vodiylarni, 
tog‘liklarni qamrab oladi. Hammayoq yashil gilamga burkanga uxshaydi. Afrikada
boshqa zonalarga nisbatan savannalar juda katta maydonni egallagan. Materik 
hududining 40% ga yaqin qismi savannalar zonasi bilan band.
Afrika savannalarida tuproq hosil bo‘lish jarayoni yil fasllari bilan uzviy 
bog‘liq. Fasliy yomg‘irlar davrida organik moddalar parchalanadi, o‘simlik
qoldiqlari yaxshi chiriydi, tuproqlar yuviladi. Qurg‘oqchil davrda nam etishmasligi 
tufayli mikroorganizmlarning hayot faoliyati sekinlashadi, o‘t o‘simlik qoldiqlari
sekin chiriydi. SHu tarzda tuproqni unumdor qiluvchi chirindi tuplanadi. 
Savannalarda tuproq va o‘simlik qoplamining hosil bo‘lishi va rivojlanishi
zonaning iqlim sharoiti bilan chambarchas bog‘liq. Subekvatorial o‘rmonlarga 
yaqin bo‘lgan, yog‘in miqdori 1000-2000 mm atrofida yog‘adigan va yomg‘irli
mavsum 6-8 oy davom etadigan joylarda qizil laterit tuproqlar yoki ferralit 
tuproqlar tarqalgan. Bu erlarda balandligi 3 m gacha etadigan bo‘liq o‘t
o‘simliklari keng tarqalgan va ular katta maydonlarni egallab yotgan o‘tloqzorlarni 
hosil qiladi. Har er-har erda siyrak daraxtlar uchraydi, bahaybat, sershox
baobablar, yog‘ olinadigan palmalar, yolpig‘ichsimon palmalar, dum deb atalad
igan palmalar o‘sib yotadi. 

YOmg‘irli davr 4-5 oy davom etadigan hamda yog‘in miqdori 500-1000 mm


atrofida bulgan savannalarning o‘rta polosasida qizil-qo‘ng‘ir tuproqlar 
shakllangan. Bu joylarda uncha baland bulmagan o‘t o‘simliklar tarkib topgan
tropik savannalar vujudga kelgan. Payonsiz savanna o‘tloqlarida, ahyon-ahyonda 
soyabonsimon sershox akatsiyalarni uchratish mumkin.
CHala cho‘llarga chegaradosh, yomg‘irli davr 1,5-2 oy davom etadigan va 
yoshi 200-500 mm atrofida tushadigan joylarda cho‘llashgan savannalar vujudga
kelgan. U erlarda qattiq o‘t o‘simliklar, tikanli butalar siyrak holda o‘sadi. 
Qurg‘oqchilikka chidamli semiz tanali daraxtsimon o‘simlik-ixrojlar ham
uchraydi. Ixrojning bargi bulmaydi, lekin uning tanasi tikanlar bilan qoplangan. Bu 
o‘simlik quruq iqlimga moslashib, tikanlarida suv to‘plab oladi.
Afrika savannalari boshqa tabiat zonalariga nisbatan hayvon turlarining 
xilma-xillik xususiyatlari bilan farq qiladi. Ayniqsa savannalarda yirik hayvonlar
ko‘p miqdorda tuplangan. Masalan antilopalar, yo‘l-yo‘l zebralar, jirafalar,
fillar, qo‘toslar,
karkidonlar shular jumlasidandir. CHo‘llashgan savannalarda 

gizollar yashaydi. Daryolarda timsoxlarning bir necha turlari uchraydi, ulardan eng


yirigi, uzunligi 5-6 m ga etadigan Nil timsoxlaridir. Oq Nil, CHad ko‘li va boshqa 
suv havzalarining botqoqlashgan joylarida katta suv echkilari, daryo va ko‘l
qirg‘oqlarida og‘irligi 3 t. gacha keladigan begemotlar yashaydi. Kemiruvchilardan 
in qazib yashaydigan er olmaxoni asosiy hayvonlardan hisoblanadi.
Afrika savannalari turli-tuman qushlarga juda boy. Bu zonada dunyodagi 
eng kichik qushni ham, eng katta qushni ham uchratish mumknn. Nixoyatda
kichik, guzal qushlardan nektarxur va o‘lkan qushlardan Afrika tuyaqushi, marabu 
qushi yashaydi. Yirtqich qushlardan o‘zining qurinishn va harakati bilan qotib qush
alohida ajralib turadi. Yirtqich qushlar mayda kemiruvchilar, sudralib yuruvchilar 
bilan oziqlanadi.






Yüklə 3,31 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   170   171   172   173   174   175   176   177   ...   376




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin