O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand davlat universiteti ro`yhatga olindi №2018 yil «Tasdiqlayman»



Yüklə 3,31 Mb.
səhifə182/376
tarix26.12.2023
ölçüsü3,31 Mb.
#197416
1   ...   178   179   180   181   182   183   184   185   ...   376
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi s-www.hozir.org

Baland Afrika 

Materikning janubi-sharqiy qismini egallab yotgan Baland Afrika Past 


Afrikadan okean satxidan 4000-5000 m balandlikkacha ko‘tarilganligi, yirik
tog‘liklardan, baland tizmalardan va platolardan tarkib topganligi hamda tog‘ relef 
shakllarining hukmronligi bilan ajralib turadi. Baland Afrika qadimiy kristalli
platformaning serharakat qismida joylashgan bo‘lib, neogen va to‘rtlamchi 
davrlarda kuchli tektonik harakatlarni boshdan kechirgan. Bu hudud hozir ham
seysmik jihatdan eng harakatchan mintaqa hisoblanadi. 
Baland Afrika geotektonik strukturasi va er usti tuzilishining murakkabligi,
kuchli parchalanganligi, er pustida yoriqlarning keng tarqalganligi, qadimgi va 
hozirgi vulkanik jarayonlarning faolligi hamda landshaft komplekslarining xilma-
xilligi bilan ham farq qiladi. Bu erda tropik cho‘l landshaftlaridantortib, qirg‘oq 
bo‘yidagi tog‘ yon bag‘rlarida nam ekvatorial o‘rmonlargacha va baland tog‘
cho‘qqilarida qor bilan qoplangan nival mintaqagacha mavjud. Baland Afrika 
hududidan materikning Atlantika va Hind okeanlari havzalari o‘rtasidagi bosh
suvayirg‘ichi o‘tadi va undan eng yirik sersuv daryolar boshlanadi. Materikning bu 
qismida morfotektonik strukturasi va tabiiy xususiyatlari bilan farq qiluvchi uchta
yirik region - Efiopiya-Somali, SHarqni Afrika va Janubiy Afrika tabiiy geografik 
o‘lkalari ajratiladi.





Efiopiya-Somali. Efiopiya-Somali tabiiy geografik o‘lkasi Efiopiya
tog‘ligidan va Somali platosidan yoki yarim orolidan tashkil topgan bo‘lib, 
shimoli-sharqda Qizil dengiz va Adan qo‘ltig‘i bilan, sharqda va janubi-sharqda
Hind okeani bilan, g‘arbda Ok Nil botig‘i va janubda Rudolf ko‘li botig‘i bilan 
chegaralangan. O‘lkaning hozirgi relefini shakllanishida qadimiy kristall jinslar,
mezozoyning oxiridan boshlab yuz bergan tektonik harakatlar natijasida otilib 
chiqqan lavalardan hosil bo‘lgan trapplar va tuflar ishtirok etadi. Kristall jinsli
poydevorning kamroq qismini qalinligi bir necha yuz metr keladigan chukindi 
jinslar - ohaktoshlar va qumtoshlar qoplab olgan. Katta qismi neogan - to‘rtlamchi
davrda otilib chiqqan va qalinligi 1000 m gacha etadigan yosh lavalar bilan 
qoplangan. Lavalar quyi qismida bazaltlardan va doleritlardan, yuqori qismida
ishqorli bazalt, traxit va riolitlardan iborat. 
Efiopiya tog‘ligi gorst tipidagi palaxsa tog‘lardan bo‘lib, neogenda er 

pustining uzilmalari va yoriqlari bo‘ylab okean sathidan 2000-3000 m


balandlikkacha ko‘tarilgan. Tog‘likning sharqiy va janubiy yon bag‘rlari juda tik 
koyali, g‘arbiy yon bag‘ri zinapoyasimon pasayib Sudan tekisligi bilan tutashadi.
Tog‘lik yuzasi chuqur tektonik daryo vodiylari bilan bir necha massivlarga 
bo‘lingan. Massivlarning tepalik qismida qoldiqli bazalt tog‘ cho‘qqilari ko‘tarilib
turibdi. 
Efiopiya tog‘ligining eng baland va tik yon bag‘rli massivi Atbar va Takkaze
daryolari yuqori oqimining oralig‘ida joylashgan Semien tog‘idir. Efiopiyaning 
eng baland cho‘qqisi Ras-Dashan (4620 m) ham shu tog‘ massivida joylashgan.
Undan janubroqda balandligi 4100 m (Talo cho‘qqisi) bo‘lgan CHoke tog‘i 
submeridional ravishda chuzilgan. Baland ko‘tarilgan bu ikki tog‘ massivi
oralig‘ida tektonik botiq vujudga kelgan. Uning eng past qismi 1830 m balandlikda 
joylashgan. Tana tektonik ko‘li bilan band.
Efiopiya tog‘ligining shimoli-sharqiy qismida Qizil dengizdan Danakil tog‘i 
orqali ajralib turgan Afar tektonik chukmasi joylashgan. Uning ajralmas qismi
bo‘lgan Assal botig‘i okean sathidan -153 m pastda joylashgan. Bu butun 
Afrikaning ham eng past joyi hisoblanadi. Afar chukmasi lavalar, tuflar kabi
vulkanik jinslar bilan hamda dengiz, ko‘l va eol yotqiziqlar bilan qoplangan. Uning 
atrofida Alu (496 m), Gobuli (960 m), Umnuna (690 m), Afdera (1200 m) va
boshqa vulkanlar tizimi polosa bo‘lib joylashgan. 
Efiopiya tog‘ligi janubi-sharqda chuqur o‘zilma vodiy orqali Haud
platosidan ajralib turadi. Bu plato kristall jinslardan tarkib topgan Somali yarim 
oroli platosi tomon zinapoya hosil qilib pasayib boradi. Somali platosi ham o‘z
navbatida janubi-sharqqa Hind okeani Ugomon asta-sekin pasayib borib, qirg‘oq 
bo‘yi tekisligi bilan tutashadi. Platoning shimoliy qismi 2200-2400 m (SHimbiris
tog‘i 2416 m) balandlikacha ko‘tarilib bir necha massivlarga bo‘lingan. Uning 
shimoliy yon bag‘ri Adan qo‘ltig‘iga tutashgan. Somali platosi Efiopiya tog‘ligiga
nisbatan ancha past, tektonik o‘zilmalar va yoriqlar kam tarqalgan, lavalar bilan 
qoplangan erlar oz maydonni egallagan.
Efiopiya-Samali tabiiy geografik o‘lkasining iqlimi asosan ekvatorial, 
musson iqlim.Uning shimoliy qismi tropik cho‘l va chala-cho‘l iqlimiga mansub.
Efiopiya tog‘ligiga va Somali platosiga yog‘ingarchilikni Hind okeanidan esadigan 


musson shamollari olib keladi. YOg‘ingarchilikning katta qismini tog‘likning yon


bag‘rlari to‘sib qolib, yiliga o‘rtacha 1000 mm dan ortiq yog‘in tushadi. 
Tog‘likning, ichki vodiylarida, berk botiqlarda va Somali yarim orolining katta
qismida yillik yog‘in miqdori 250 mm ga, Afar chukmasida esa 200 mm ga ham 
etmaydi. O‘lkaning eng qurg‘oqchil rayyoni Qizil dengiz sohili hisoblanadi. Bu
erda yillik yog‘in miqdori 125 mm atrofida bo‘lib haviviy cho‘l sharoiti 
hukmronlik qiladi. Qizil dengiz sohilida yog‘ingarchilikning nihoyatda kam
bo‘lishiga sabab qish oylarida Arabiston yarim oroli tomonidan esadigan quruq 
shimoli-sharqiy passat shamollarining ta’siridir.
Ulkaning baland tog‘ massivlaridan boshqa barcha hududida havo juda issiq 
va harorat yuqori bo‘ladi. O‘rtacha oylik va yillik harorat 20°S
;
dan past bo‘lmaydi. 

Adan qo‘ltig‘i sohilida yanvar oyining o‘rtacha harorati 24°S ga, iyulning o‘rtacha


harorati 36°S ga teng. YOz oylarida maksimal harorat 40°-50°S gacha ko‘tariladi. 
Bu er yuzidaga eng issiq rayonlardan biri hisoblanadi.
Efiopiyaning baland 
TOF
massivlari uchun iqlimning baland tog‘ 
mintaqaligiga harakterli. Tog‘likning 1700-1800 m balandlikkacha bo‘lgan qismi
issiq va nam iqlim mintaqa (kolla) ga qaraydi. Bu erda o‘rtacha oylik harorat 20°S 
dan pastga tushmaydi. Undan yuqorida 2400 m balandlikkacha bo‘lgan
TOG




yon

bag‘rlaridagi mu’tadil iqlim mintaqa (voyna-dega) da o‘rtacha oylik harorat yil


davomida 15°-20° S atrofida

bo‘ladi. Qish oylarida harorat -5° S gacha pasayadi. YOg‘ingarchilik mikdori


1300 mm ni tashkil etadi. Bu mintaqa hududida Efiopiyaning poytaxti Addis
Abeba shahri joylashgan. 2400 m dan yuqorida sovuq iqlim mintaqasi (dega) 
boshlanadi. Bu mintaqada havo ancha salqin, aprelning o‘rtacha harorati 16°S va
dekabrniki 13°S atrofida bo‘ladi. 4000 m dan balandda qish oylarida qor yog‘adi. 
Tog‘larning asosiy qismiga va baland tog‘ massivlarining g‘arbiy yon bag‘irlariga
yog‘ingarchilikni Atlantika okeanidan esuvchi janubi-g‘arbiy va g‘arbiy nam 
musson shamollari olib keladi.
Efiopiya tog‘ligidan ko‘plab ostonali, sharsharali sersuv daryolar boshlanadi 
va chuqur vodiylar hosil qilib jushqin oqadi. Tog‘likning shimoliy qismidan Ko‘k
Nil, Atbara, Takkaze, Avash daryolari, janubiy qismidan Sobat, Omo, Juba, Vabi-
SHabali daryolari boshlanadi. Bulardan Omo daryosi Rudolf ko‘liga va Juba
daryosi Hind okeaniga quyiladi. Quruq iqlimli Somali yarim orolida, Qizil dengiz 
sohilida va Afar botig‘ida doimiy oqib turadigan daryolar umuman uchramaydi.
Lekin yomg‘irdan keyin vaqtincha suv oqadigan quruq uzanlar juda ko‘p.
SHuning uchun bu rayonlarda o‘troq holda yashaydigan aholi juda kam uchraydi.
O‘lkaning cho‘l va baland tog‘ rayonlaridan boshqa hamma qismida issiq va 
nam iqlim sharoitida vulkanik jinslarning em priliju natijasida hosil bo‘lgan qizil
rangli tuproqlar keng tarqalgar. Efiopiya tog‘ligida asosan 
TOF QIZIL
va tog‘ 
qo‘ng‘ir qizil tuproqlar ko‘pchilikni tashkil etadi. Uning orasida ba’zi joylarda
TOF 
laterit tuproqlari ham uchraydi. Tog‘ning g‘arbiy qismida va Somali platosida
lateritlashgan jigar rang-qizil tuproqlar, sharqiy cho‘l qismida qizg‘ish qo‘ng‘ir 
tuproqlar yaxshi rivojlangan. SHur ko‘llar atrofida- shur va shurhok tuproqlar hosil
bo‘lgan. 
Efiopiya tog‘ligida iqlim singari o‘simlik qoplami ham aniq ifodalangan



balandlik mintaqalari hosil qilib joylashgan. Tog‘likning quyi yon


bag‘irlari, janubiy qismi va daryo vodiylari doimiy yashil va bargini tukadigan 
qalin tropik o‘rmonlar bilan qoplangan. O‘rmonlarda nam tropiklar uchun
harakterli bo‘lgan xilma-xil palmalar, yovvoyi bananlar, kauchukli lianalar, 
epifitlar va boshqa tur o‘simliklar, uchraydi. 1700-1800 m dan yuqoridagi mu’tadil
iqlim mintakasida igna-barglilardan baland tanali kedrlar, tisa daraxtlari 
hukmronlik qiladi. Efiopiya daraxtsimon sutlamadoshlari, mojjevelniklar (qora
archalar), soyabonsimon akatsiyalar mintaqa hududida yaxshi saqlangan. Ba’zi 
joylarda tipik boshoqli savannalarga xos o‘simliklar uchraydi. Efiopiya
tog‘ligining bu rayonlari kofe daraxtining vatani hisoblanadi Mu’tadil 
mintaqaning iqlim sharoiti aholi va qishloq xo‘jaligi uchun juda qulay. Bu
rayon dehqonchilik madaniyatining eng qadimiy markazlaridan biri 
hisoblanadi. 2400 m dan yuqoridagi sovuq mintaqada o‘simlik ko‘pincha baland
tog‘ tropik dashtlariga 
xos bo‘lgan turli xil o‘tlardan tarkib topgan. Ular yaylov

sifatida keng foydalaniladi. Voxalarda xurmo va kokos palmalari o‘sadi. Efiopiya-


Somali ulkasining hayvon
OT
olami turli xil va aralash harakterga ega. Bu o‘lkaning 

fauna kompleksi o‘rmonlarga, savannalarga va cho‘llarga xos hayvon turlaridan


tarkib topgan. Efiopiya tog‘ligining quyi mintaqa o‘rmonlarida fillar, karkidonlar, 
begemotlar yashaydi. Mu’tadil mintaka o‘rmonlarida maymunlarning bir necha
turlari-gamadrilla, gverets, yashil martishka, endemik geladlar keng tarqalgan
Somali savannalarida va Afar botig‘i cho‘llarida o‘txur sutemizuvchilardan
antilopalar, zebralar, qutoslar, jirafalar ko‘pchilikni tashkil etadi. Tog‘alikning 
baland rayonlarida tog‘ echkilari uchraydi. Yirtqich hayvonlardan arslon, qoplon,
sirtlon va chiyabo‘rilar yashaydi. Daryolarda gippopotom va timsohlar bor. 



Yüklə 3,31 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   178   179   180   181   182   183   184   185   ...   376




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin