bilan to‘lgan. Uning relef tuzilishi botiq yuzasidan tevarak-atrofga qarab
ayrim joylarida cho‘qqilar va vulkan konuslari ko‘tarilib turadi.
Kongo botig‘i qimmatbaho foydali qazilmalarga juda boy. Botiqning
atrofidagi kristall jinslardan tashkil topgan balandliklar va yassi platolarda mis
rudasi qazib olinadi. Bu erlarda mis rudasi bilan birgalikda kalayi ham uchraydi.
Kongo havzasining janubiy qismida dunyodagi eng yirik uran konlaridan biri
joylashgan. Kadimiy kristall massivlarining tarkibida oltin va olmos keng
tarqalgan. Qazib olinadigan olmosning asosiy qismi botiqning janubiy rayonlariga
tug‘ri keladi. Atlantika okeani qirg‘oqlarida neft va toshko‘mir konlari topilgan.
Kongo botig‘i yil bo‘yi bir me’yordagi yuqori haroratli va yog‘in sochin
ko‘p buladigan g‘abiiy geografik o‘lka hisoblanadi. Kongo havzasining tekislik
qismi uchun yog‘ingarchilikning tipik ekvatorial rejimi harakterlidir. Bu erda
o‘rtacha yillik yog‘ingarchilik miqdori 1500 mm dan ortadi. Lekin yog‘ingarchilik
botiqning hamma hududida ham yil bo‘yi bir tekislikda yog‘avermaydi. Jumladan
botiqning shimoliy yarim sharda joylashgan qismiga nisbatan janubiy yarim
sharda joylashgan kattaroq qismida yog‘inning bir tekisda taksimlanmaganligi
yaqqolroq ifodalangan. Ayniqsa uning janubi-sharqiy rayonida qish oylarida quruq
davr vujudga kelib, yog‘ingarchilik umuman bulmaydi. Dehqonchilik uchun
botiqning yil bo‘yi yomg‘ir yog‘adigan sernam markaziy qismiga nisbatan
qo‘rg‘oqchil davr bo‘ladigan janubi-sharqiy rayonlari juda qulay. Xuddi shunday
ekvatordan janubroqdagi Atlantika okeani sohilida ham Bengela sovuq oqimi
tufayli yog‘ingarchilik miqdori ancha kamayadi. Kongo botig‘ining janubi-sharqiy
rayonlariga o‘xshash bu erda ham dehqonchilik sun’iy sug‘orish yo‘li bilan
amalga oshiriladi.
Kongo botig‘idagi barcha daryolar va irmoqlar yig‘indisi Kongo Daryo
tizimini tashkil etadi va Atlantika okeaniga quyiladi. Bu daryo juda murakkab
tarmoqli tizim bo‘lib, uning katta qismi janubiy yarim, sharda joylashgan. Kongo
daryosining irmoqlari botiq atrofidagi plato va baland yassi tog‘liklarning yon
bag‘rlarini kesib o‘tgan joylarda unlab ostonalar va sharsharalar, chuqur va tor
vodiylar, daralar hosil qilib jushqin oqadi. Botikning yassi tekislik qismida esa
daryolar keng vodiylar hosil qilib, ularning o‘zani tekislik yuzasini chuqur
ishlamagan, qirg‘oqlari past va juda sekin oqadi. Ayrim joylarda daryo o‘zanining
kengligi 20 km gacha etadi. Maksimum yog‘ingarchilik davrida daryolarning suvi
o‘zanlaridan va qirg‘oqlaridan toshib chiqib, katta masofadagi maydonlarni bosib
ketadi. Bir-biriga yaqin joylashgan irmoqlar toshqin paytida o‘zaro tutashib,
daryolar oralig‘idagi keng maydonlar suv tagida qoladi.
Kongo botig‘ining markaziy qismida eng qadimgi qoldiqli ko‘llardan Tumba
va Mai-Ndombe ko‘llari bor. Daryo toshqini paytida ularning ham suv sathi
ko‘tarilib, yirik ichki suv havzalariga aylanadi.
Kongo botig‘i yog‘ingarchilikning ko‘pligi va relefning tekisligi tufayli
botqoq va tropik o‘rmon landshaft komplekslarining keng tarqalganligi bilan
Afrikaning boshqa tabiiy geografik o‘lkalaridan keskin farq qiladi. Suv
bosmaydigan katta maydondagi qadimgi allyuvial va lateritli tuproqlarda nam
ekvatorial o‘rmonlar yaxshi rivojlangan. Bu o‘rmonlar ekvatordan shimol
tomonda, SHarqiy Afrika tog‘ligi etaklarida va Atlantika okeani sohilida keng
polosa bo‘lib joylashgan. Janubda va janubi-sharqda esa qo‘rg‘oqchil fasl
ko‘zatiladigan joylarda savannalar uchraydi. O‘lkaning janubidagi va baland
platolardagi savannalar qizil-qo‘ng‘ir tuproqlar ustida shakllangan. Ular ko‘pincha
kesib va yondirib yuborilgan o‘rmonlar o‘rnida vujudga kelgan. Binobarin, bu
tipdagi savannalar kelib chiqishiga ko‘ra ikkilamchi harakterga ega bo‘lib,
antropogen savannalarni tashkil etadi. O‘rmonlardan tipik savannalarga o‘tish
polosasida savannalar o‘rtasida bog‘ tipidagi daraxtzorlar u er-bu erda takrorlanib
Yevropaning o‘rmon-dasht zonasiga o‘xshash o‘rmon-savanna o‘tkinchi zonasi
hosil bo‘lgan.
Kongo havzasidagi nam ekvatorial o‘rmonlarda yog‘ beradigan palmalar,
seyba va muskat daraxtlari, mebellar yasash uchun ishlatiladigan qizil daraxt,
kauchuk olinadigan daraxtlar o‘sadi. Bu o‘rmonlarda pigmeylar yashaydi. Ular
ovchilik, ozuqa uchun o‘simliklar va mevalarni, yovvoyi asalni yig‘ish bilan
shug‘ullanadilar. Pigmeylar yarim kuchmanchi hayot kechiradilar. Hayvonlarni
oddiy usul nayza va yoy bilan ovlaydilar. Suv bosadigan botqoqliklarda, ko‘l
atroflarida va Kongo daryo tizimining vodiylaridagi botqoqlangan erlarda baland
bo‘yli qalin botqoq o‘simliklari o‘sadi. Ular orasida papiruslar ko‘pchilikni tashkil
etadi.
Nam ekvatorial o‘rmonlar hayvonot olamiga juda boy. Maymunlarning
gorilla, shimpanze, gveretsa va boshqa turlari yashaydi. Eng yirik hayvonlardan
fillar uchraydi. Qo‘rqoq okaplar qalin changalzorlarni o‘ziga boshpana qilib olgan.
O‘rmonlarda daraxt damanlari va yovvoyi chuchqalar ham bor. Daryo va ko‘l
bo‘ylarida begemotlar, timsohlar yashaydi. Kongo botig‘ida bulardan tashqari
qushlar, sudralib yuruvchilar va hasharotlar faunasi keng tarqalgan. Afrikaning
nam ekvatorial o‘rmonlari uchun setse pashshasi harakterli. U eng sernam joylarda,
daryo va ko‘llar atrofida yashab, juda tez ko‘payadi.
Dostları ilə paylaş: