O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand davlat universiteti ro`yhatga olindi №2018 yil «Tasdiqlayman»



Yüklə 3,31 Mb.
səhifə180/376
tarix26.12.2023
ölçüsü3,31 Mb.
#197416
1   ...   176   177   178   179   180   181   182   183   ...   376
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi s-www.hozir.org

Gvineya. Gvineya tabiiy geografik oblasti Gvineya qo‘ltig‘ining
shimoliy qirg‘og‘ida joylashgan, keng polosaga ega bo‘lgan
pasttekisliklikni hamda SHimoliy Gvineya balandligini o‘z ichiga oladi. Iqlimi
subekvatorial mintaqadan ekvatorial mintaqaga o‘tkinchi oraliq iqlimdir. 
Gvineya qo‘ltig‘ining tekis sohili SHimoliy Gvineya balandligi bilan
o‘ralgan. Bu balandlik qirg‘oq tomon zinapoyasimon shaklda pasayib boradi.
Uning aksariyat qismining balandligi 500-600 m atrofida, ayrim joylarda maksimal
balandligi 2000 m gacha etadi. Balandlikning janubiy yon bag‘ri uzunligi 200-300 
km ga etadigan bir qator kichik daryo vodiylari bilan chuqur kesilgan. SHimoliy
Gvineya balandligi qadimiy kristall jinslardan tarkib topgan. Uning ayrim joylari 
gorizontal, ravishda joylashgan qumtoshlar bilan qoplangan.
Gvineya qo‘ltig‘ining qirg‘oq bo‘ylari pasttekislik relef shakliga ega bo‘lib, 
dengiz yotqiziqlari bilan qoplangan. Qirg‘ok chizig‘i bo‘ylab mayda orollar, qum
tillari, lagunalar, ko‘llar va dyunalar cho‘zilab yotadi. Sohilning sharqiy qismining
maydoni 24000 km
2
keladigan Negir daryosining yirik deltasi egallagan. 

Nigerning quyi oqimidan sharq tomonda Adamava tog‘lari joylashgan. Bu tog‘lar


Gvineya qo‘ltig‘iga yaqin joyda Kamerun vulkanik 
TOF
massivi bilan tugallanadi. 

Uning eng baland nuqtasi Kamerun vulkani (Fako cho‘qqisi) okean sathidan 4070


m qad ko‘tarib turibdi. U o‘zining vulkanik faoliyatini hozirga qadar ham 
to‘xtatgan emas. 

Gvineya sohili deyarli yil davomida janubi-g‘arbiy musson tasiryda bo‘ladi. 


Dengiz havosiga ega bo‘lgan mussonlar
TOF

yon bag‘rlariga juda katta miqdorda


yog‘in keltiradi. Ayniqsa yog‘in qirg‘oqlarning janubiy qismida va Kamerun tog‘ 
massivi yon bag‘rlarida yil bo‘yi yog‘adi. SHimoli-sharqiy passat Gvineya
sohillariga qish paytida kirib jelali va ob-havoga ta’sir etadi. SHimoldan kirib 
kelgan quruq shamoli havo namligini keskin pasaytiradi.
Gvineya tabiiy geografik oblasti hududida atmosfera yog‘inlari bir tekis 
taqsimlanmagan. Kamerun tog‘ massivining Atlantika okeaniga qaragan yon
bag‘ri yiliga 9000
mm yog‘in oladi. Bu fakat Gvineyaning emas, balki butun

Afrikaning eng seryog‘in joyi hisoblanadi. Qolgan joylarda yillik yog‘in





miqdori 2000


mm dan 3000

mm gacha o‘zgaradi. Janubi-g‘arbiy musson


shamollarining yo‘nalishidan panada qolgan rayonlarda yog‘in miqdori 1000
mm 

ga ham etmaydi. SHunday joylardan biri Gvineya qultig‘ining shimoliy sohilida


joylashgan Akkra shahri va uning atrofida yiliga 600-700
mm yomg‘ir

yog‘adi. Kamerun tog‘ massivining Fako cho‘qqisida ayrim paytlarda qor ham


yog‘adi. 
Gvineya sohillari qadimgi tropik o‘rmonlarga boy bo‘lgan.
Keyinchalik ularning maydoni inson xo‘jalik faoliyati tufayli keskin qisqargan.
Kesilib ketgan o‘rmonlar o‘rniga yog‘ beradigan palma, shoklad daraxti va
shakar qamish plantatsiyalari barpo etilgan. Bu erning o‘rmonlari uchun seyba 
daraxti yoki tola beradigan paxta daraxti, orxideylar, paporotniklar
(qirqquloqlar) harakterlidir. Gvineya tropik o‘rmonlarida Amerikada o‘sadigan 
va kaktuslar oilasiga mansub bo‘lgan yovvoyi holda o‘suvchi ripsalis kaktusi
uchraydi. Bulardan tashkari o‘rmonlarda kigeliya yoki kolbasa daraxti, liberiya 
kofe daraxti o‘sadi. Daraxtlar kesilib ketgan joylarda savannalar ham vujudga
kelgan. Gvineyaning suv bosadigan sohillarida va daryo deltalarida mangra 
o‘rmonlari keng polosa bo‘ylab tarqalgan.
Gvineya tabiiy geografik oblastida qazilma boyliklarning bir necha turlari 
uchraydi. Oltin, sochilma olmos konlari, qalay rudalari va boksitlarning
mavjudligi qadimiy kristall jinslarning er yuzasiga chiqib qolishi bilan bog‘liqdir. 
Okean sohilida va ichki suv havzalari atrofida aholi baliqchilik bilan
shug‘ullanadi.



Yüklə 3,31 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   176   177   178   179   180   181   182   183   ...   376




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin