YIRIK REGIONAL TABIIY GEOGRAFIK O‘LKALARI.
Afrika hududining asosiy qismida geologik
strukturaning va relef
shakillarining deyarli bir xil tuzilishi tufayli katta-katta maydonlarda landshaft
komplekslari ham bir xilday ko‘rinish xususiyatiga ega. Ularning o‘zgarishi
iqlimning o‘zgarishiga bog‘lik holda asta-sekin yuz beradi. SHimoliy Afrikaning
relefi asosan tekis bo‘lganligi uchun landshaft zonalarining shimoldan janubga
qarab o‘zgarishi va almashinishi muayyan ravishda sodir bo‘ladi.
Bu erning
orografiyasi ham landshaftlarning shakllanishiga sezilarli darajada ta’sir ko‘rsata
olmaydi.
Materikning sharqiy qismida tektonik harakatlar faollashgan zonaga duch
kelgan Afrika platformasida baland
TOF
massivlari vujudga kelgan,
tektonik
yoriqlar va uzilmalar hosil bo‘lgan, vulkanizm rivojlangan. Bunday orografik
o‘zgarishlar atmosfera yog‘inlarini va haroratni notekis taqsimlanishiga, balandlik
mintaqalarining shakllanishiga va ularning strukturasini murakkablashishiga olib
kelgan, Natijada Afrika hududida xilma-xil zonal-regional landshaft komplekslari
vujudga kelgan.
Materikni tabiiy geografik rayonlashtirishda T.V.Vlasova uning hududini 4
ta
yirik qismga SHimoliy, SHarqiy, Markaziy va Janubiy Afrikaga bo‘ladi.
A.M.Ryabchikov, L.A.Mixaylovalar materik yuzasining tuzilishiga va balandlik
xususiyatlariga asoslanib dastlab uni ikkita katta qismga Past va Baland Afrikaga
bo‘lishadi. Sungra ularning tarkibida bir necha tabiiy geofafik o‘lkalarni
ajratishadn. Quyida Siz Afrikaning Past va Baland qismlari va ularga taalluqli
bo‘lgan tabiiy geografik o‘lkalari bilan tanishasiz.
Dostları ilə paylaş: