ular bir-biri bilan keng o‘tkinchi polosa hosil qilib asta-sekin almashinadi. Tabiat
tarkibidagi daraxtlarning balandligi 40-80 m gacha etadi. Bunday daraxtlarning
shoxlari faqat ularning yuqori qismidagina bo‘ladi, qolgan tanalari ustunlarga
uxshab turadi. Ularning ostida uncha baland bulmagan va yoruglikni kamroq
sevuvchi daraxtlar bir necha yarus bo‘lib o‘sadi. Bu o‘rmonlar shakllanish tarixiga
ko‘ra eng qadimiy, keksa relikt o‘rmonlar hisoblanadi.
Ekvatorial o‘rmonlarning yuqori yarusi fikuslar, xilma-xil palmalar, kola va
seyba daraxtlaridan tarkib topgan. Quyi yaruslarda bananlar, daraxtsimon
qirqquloqlar, kofe daraxti, kauchuk beradigan daraxtsimon lianalar-landolfiyalar
ko‘pchilikni tashkil etadi. Lianalar daraxtlar tanasiga va shoxlariga chirmashib
o‘sib, o‘rmonda utib bulmaydigan changadzorlarii hosil qiladi.
Ekvatorial o‘rmonlar qimmatbaxo o‘simliklar vatani hisoblanadp. Bu erda
keng tarqalgan palmalarning mevasidan eng qimmatli palma yog‘i olinadi. Ko‘plab
daraxtlarning yog‘ochidan uy jixozlari tayyorlanpb xorijiy mamlakatlarga
chiqariladi. Qora va tuk yashil rangli eben daraxtining yog‘ochi, qizil daraxtnpng
yog‘ochi chet mamlakatlarga olib ketiladi.
Ekvatorial o‘rmonlar zonasining hayvonot dunyosi juda boy. Bu erdagi
hayvonlarning boshqa zonada yashaydigan hayvonlardan farqi shundaki, ularning
aksariyati daraxtlarda yashaydi. Daraxtlarda qushlar, kemiruvchilar va
xashoratlardan tashqari maymunlarning bir nema turlari-martishka, shimpanze va
boshqalar ham yashaydi. Yerda yashaydigan hayvonlardan o‘rmon chuchqasi, mitti
qutos, afrika bug‘usi va jirafa oilasiga kiruvchi okaplar uchravdi. Okaplar Afrika
uchun endemik bo‘lib, boshqa materiklarda uchramaydi. O‘rmonlarning eng qalin
joylarida yirik odamsimon maymunlardan-gorillalarning ikki turi saqlanib qolgan.
Afrikada sernam tropik o‘rmonlar XX asrning boshlarida 2 mln. km
2
maydonni
egallab olgan. Xozirgi paytda esa 1 mln. km
2
ga yaqin maydonda o‘rmonlar
saqlanib qolgan. Dexqonchilik qilish uchun er ochish va yog‘och tayyorlash
maqsadida katta-katta maydonlardaga o‘rmonlar kesib yuborilgan.
Dostları ilə paylaş: