O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand davlat universiteti ro`yhatga olindi №2018 yil «Tasdiqlayman»



Yüklə 3,31 Mb.
səhifə169/376
tarix26.12.2023
ölçüsü3,31 Mb.
#197416
1   ...   165   166   167   168   169   170   171   172   ...   376
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi s-www.hozir.org

Viktoriya ko‘li Afrikadagi eng yirik va dunyodagi yirik ko‘llardan biri
hisoblanadi. Uning maydoni 68000 km
2
, bo‘yi 320 km, eni 275 km, maksimal 

chuqurligi 80 m ni tashkil etadi. Kattaligi jihatdan Shimoliy Amerikadagi Yuqori


ko‘ldan keyin dunyoda ikkinchi o‘rinda turadi. Ko‘l botig‘i yoriqda emas, qadimgi 
kristall platformaning tektonik harakatlar natijasida bukulgan joyida hosil bo‘lgan.
Shu sababli u tektonik ko‘l bo‘lsa ham sayoz ko‘llardan hisoblanadi. 
3. Tektonik botiqlarni va daryo vodiylarini lava oqimlari to‘sib qolishi
natijasida hosil bo‘lgan to‘g‘on ko‘llar tipi. Bunday ko‘llar Efiopiya tog‘ligida 
ko‘p uchraydi. Shulardan eng kattasi 1830 m balandlikda joylashgan Tana ko‘lidir.
Uning maydoni 3600 km
2
, eng chuqur joyi 70 m. Ko‘l tektonik botiqda suv 

yo‘lining to‘silib qolishi natijasida hosil bo‘lgan. Tanadan Ko‘k Nil daryosi oqib


chiqadi. 
4. Shimoliy Afrika tekisliklarining pastqam joylarida hosil bo‘lgan sho‘r
ko‘llar. Ular tog‘oldi tekisliklarida, tog‘oralig‘i botiqlarida keng tarqalgan. Bu 
ko‘llarni mahalliy aholi shottlar deb atashadp. Shott-yesh-Shergi, Shott-Melgir,
Shott-Jarid va boshqalar shular jumlasidandir. 
Afrikaning daryo va ko‘llari kishilar hayotida juda katta rol o‘ynaydi.
Yog‘in kam yog‘adigan joylarda ichki suvlardan ekin maydonlarini sug‘orishda 
foydalaniladi. Obikor dehqonchilik Nil, Niger, Zambezi va Senegal daryolarining
vodiylarida yaxshi rivojlangan. Ayniqsa Saxroi Kabirni kesib o‘tgan Nil vodiysida 
inson xo‘jalik faoliyati ta’sirida vujudga kelgan va daryo bo‘ylab cho‘zilib yotgan
vohalar go‘yo cho‘lga hayot baxsh etganday ko‘rinadi. Afrika daryolari 
gidroenergiya resurslariga boy. Yirik daryo va ko‘llar suv yo‘li sifatida xizmat
qiladi. Ulardan katta miqdorda baliq ham ovlanadi. 





Yüklə 3,31 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   165   166   167   168   169   170   171   172   ...   376




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin