O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand davlat universiteti ro`yhatga olindi №2018 yil «Tasdiqlayman»



Yüklə 3,31 Mb.
səhifə168/376
tarix26.12.2023
ölçüsü3,31 Mb.
#197416
1   ...   164   165   166   167   168   169   170   171   ...   376
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi s-www.hozir.org

Ko‘llari. Afrika ko‘llari materik bo‘ylab notekis taqsimlangan. Ularning
asosiy qismi ikki regionda-Sharqiy Afrika yassi tog‘ligida va Efiopiya tog‘ligida 
joylashgan. Qolgan hududlarida ko‘llar kam uchraydi. Afrika ko‘llari kelib
chiqishiga ko‘ra uchta tipga bo‘linadi. Kuyida siz har qaysi tipga karashli bo‘lgan 
ko‘llarning ayrimlari bilan tanishasiz.
1. Materik ichkarisidagi keng botiqlarning uncha chuqur bo‘lmagan 
cho‘kmalarida hosil bo‘lgan ko‘llar. Bunga Chad ko‘li, Niger daryosining o‘rta
oqimidagi ko‘llar, Janubiy Afrikaning Kalahari rayonida joylashgan Ngami, 
Makarikari, Skau, Etosha ko‘llari qaraydi. Bularning ayrimlari antropogen
davrining plyuvial epoxaoadan saqlanib qolgan relikt ko‘llar hisoblanadi. 
Shulardan biri oqmas Chad ko‘li bo‘lib, u Saxroi Kabirning janubida joylashgan.
Maydoni yog‘in mikdoriga va unga kuyiladigan daryolarning suv rejmiga qarab 
10000 km
2
dan 18000 km

2
gacha o‘zgarib turadi. O‘rtacha chuqurligi 4-7 m ga 


teng. Ko‘lning uzunligi 200 km va kengligi 70-90 km. Okean sathidan 240 m
baland joylashgan. Unga Shari va Komadugu-Yobe daryolari o‘z suvini quyadi. 
Yog‘irlar mavsumida ko‘l maydoni ikki barobarga kengayib ketadi. Ko‘l
qirg‘oqlari botqoqlangan va sho‘rlangan. 
2. Materikning tektonik yoriqlarida, uzilmalarida va botiqlarida vujudga
kelgan tektonik ko‘llar tipi. Bu tipdagi ko‘llarga asosan Sharqiy Afrika yassi 
tog‘ligidagi tektonik yoriqlar tizimida , va botiqlarda joylashgan Tanganika,
Nyasa, Kivu, Rudolf, Viktoriya, Koga, Eduard, Albert va boshka ko‘llar qaraydi. 
Bularning aksariyatni shakli uzunasiga chuzilgan va chuqur ko‘llardir. Ular baland
va tik yon bag‘rli tog‘lar bilan o‘ralgan. 


Tanganika ko‘li dunyodagi eng chukur ko‘llardan biri hisoblanadi. Uning
maydoni 32900 km
2
, uzunligi 650 km ga cho‘zilgan, eni 60-80 km, chuqurligi 

1435 m. Ko‘l atrofidagi tog‘lar 2000 m gacha ko‘tarilgan. Tanganika chuqurligi


jihatdan Baykal ko‘lidan keyin dunyoda ikkinchi o‘rinda turadi. Xuddi shunday 
Nyasa ko‘li ham tektonik yoriqlar zonasida joylashgan bo‘lib, u 580 km masafaga
cho‘zilgan. 





Yüklə 3,31 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   164   165   166   167   168   169   170   171   ...   376




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin