O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi s-www.hozir.org
Ichki suvlari Afrika yillik oqimning umumiy xajmiga ko‘ra (5400 km
3
) Yevrosiyo va
Janubiy Amerikadan keyin uchinchi o‘rinda turadi. Materikning Atlantika va Hind
okeani havzalari o‘rtasidagi bosh suvayirg‘ich uning balandroq ko‘tarilgan sharqiy
qismidan o‘tadi. Shuning uchun Afrikaning 51% maydoni Atlantika okeani
havzasiga, 18% maydoni Hind okeani havzasiga va qolgan 31% maydoni ichki
oqim havzasiga qaraydi.
Afrikada turli xil kattalikka ega bo‘lgan daryolar keng tarqalgan. Ammo ular
materik hududida juda notekis taqsimlangan. Materikning ekvatorial va
subekvatorial iqlim mintaqalarida daryolar va daryo shahobchalari nihoyatda qalin.
Tropik iqlim mintaqalarining Sahroi Kabir va Kalahari cho‘llarida esa daryolar
juda kam. Bu yerlarda daryolarning quruq o‘zanlari-vodiylar uchraydi. Ular
kamdan-kam bo‘ladigan jala yomg‘irlardan keyin suvga to‘ladi. Binobarin,
daryolar va ularning shahobchalarini notekis taqsimlanishi asosan relefga va
iqlimga bog‘liq.
Materik daryolari va ko‘llari asosan yomg‘ir suvidan to‘yinadi. Daryolarning
to‘yinishida qor va muzlarning roli nohoyat darajada oz. Daryolarning suv rejimi,
maksimal va minimal suv sarfining kuzatilishi yomg‘irli va quruq fasllarga bog‘liq.
Ekvatorial va subekvatorial iqlim mintaqalaridagi daryolarning suv sarfi yil bo‘yi
deyarli bir me’yorda davom etadi. Bu yerda daryolarning minimal suv sarfi
sezilmaydi. Biroq, zenit yomg‘irlari bilan bog‘liq bo‘lgan maksimal suv sarfining
ikki davri yaqqol ifodalangan. Yoz va qish fasllarida maksimal hamda minimal suv
sarfi kuzatiladigan oblastlar oralig‘ida doimiy oqimdan mahrum bo‘lgan va katta-
katta maydonlarni egallab yotgan o‘lkalar joylashgan. Bundam o‘lkalarga Sahroi
Kabir va Kalahari botig‘ining aksariyat qismi qaraydi. Bir qancha iqlim
mintaqalaridan oqib o‘tadigan daryolar murakkab rejimga ega.
Afrika daryolarida sharsharalar va ostonalar ko‘p uchraydi, shu sababli hatto
yirik daryolarda ham kema boshdan oyoq qatnay olmaydi. Lekin ular juda katta
gidroengergiya zahirasiga ega.