O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand davlat universiteti ro`yhatga olindi №2018 yil «Tasdiqlayman»



Yüklə 3,31 Mb.
səhifə163/376
tarix26.12.2023
ölçüsü3,31 Mb.
#197416
1   ...   159   160   161   162   163   164   165   166   ...   376
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi s-www.hozir.org

Tropik mintaqalar. Bu mintaqalar shimoliy va janubiy yarim sharlarning
tropik kengliklariga to‘g‘ri keladi. Tropik iqlim mintaqasi Shimoliy Afrikada 
yaxshi rivojlangan bo‘lib, u Sag‘roi Kabirning juda katta qismini egallagan. Sahron
Kabirning tropik iqlimi faqat materikda emas, balki butun dunyoda eng issiq va 
eng quruq iqlim hisoblanadi. Bu yerda yoz nihoyatda issiq bo‘lganligidan hamda
deyarli bulut bo‘lmaydi. Quyosh toshloq va qumli cho‘llarning yer yuzasini 70°, 


80°S gacha qizdiradi, havo harorati 40°, 45°S gacha ko‘tariladi. Kechasi esa yer


yuzasi va havo tez sovuydi. Mintaqa hududida mumkin bo‘lgan bug‘lanish 
miqdoridan, haqikiy buhlanish miqdori 20-25 hissa katta.
Yoz oylarida Shimoliy Afrikaning tropik iqlim mintaqasida quruq havo 
massasini keltiradigan shimoli-sharqiy passat shamo hukmronlik qiladi. Qishda esa
antitsiklon rejim qaror topadi. Shunday qilib, yil bo‘yi bu mintaqada yomg‘ir hosil 
qiladigan va nam keltiradigan qulay sharoit vujudga kelmaydi. Yozda vaqt-vaqti
bilan kuchli samum shamollari esib, qum bo‘roni bo‘lib turadi. Shu paytda 
ko‘chma qumlarga, barxanlarga go‘yo jon kiradi, ufq qorong‘ilashadi, qum to‘zoni
Quyosh yuzini to‘sadi. Qum bo‘ronida qolgan odam qattiq iztirob chekadi. 
Afrikaning janubiy tropik iqlim mintaqasi shimoliy tropik iqlim mintaqasiga
qaraganda kichikroq maydonni egallaydi. Bu yerda yog‘in shimoliy tropik cho‘liga 
nisbatan ko‘proq yog‘adi. Bunga sabab janubiy tropik iqlim mintaqasiga Hind
okeanidan esib turadigan janubi-sharqiy passat shamollari nam havo massasini 
keltiradi va yog‘in miqdorini oshiradi. Mintaqaning g‘arbida, Atlantika okeani
sohillarida yog‘in miqdori keskin kamayadi. Natijada okean bilan tutashib turgan 
Namib cho‘li hosil bo‘lgan.
Tropik mintaqaning eng sharqiy qismida, Drakon tog‘larining sharqiy yon 
bag‘rlarida va Madagaskar orolining sharqida yomg‘ir juda ko‘p yog‘adi (2000-
3000 mm). Chunki bu yerdagi tog‘ yon bag‘rlari to‘siq vazifasini bajarib, okeandan 
keladigan nam havo massasini ushlab qoladi hamda yomg‘irni ko‘p yog‘ishiga
sababchi bo‘ladi. Shunday qilib Janubiy Afrikaning tropik mintakasida iqlimning 
ikki xil tipi-quruq tropik va nam tropik iqlim tiplari vujudga keladi. Janubiy yarim
sharda quruq tropik iqlim tipi Kalahari botig‘i uchun ham harakterli. Ammo bu 
yerda Sahroi Kabirga nisbatan yog‘ingarchilik Hind okeanidan esadigan janubi-
sharqiy passat shamollari hisobiga ko‘p yog‘adi. 



Yüklə 3,31 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   159   160   161   162   163   164   165   166   ...   376




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin