O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand davlat universiteti ro`yhatga olindi №2018 yil «Tasdiqlayman»



Yüklə 3,31 Mb.
səhifə160/376
tarix26.12.2023
ölçüsü3,31 Mb.
#197416
1   ...   156   157   158   159   160   161   162   163   ...   376
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi s-www.hozir.org

Foydali qazilmalari 
Afrika kontinenta turli xil kimmatbaho tabiiy boyliklarni o‘z zaminida asrab 
yotgan ulkan xazinadir. Bu yerdagi qazilma boyliklarnish ko‘pchiligi dunyodagi
eng yirik konlardan hisoblanadi. Ularning geografik tarqalishi va hosil bo‘lishi 
materikning geologik tuzilishiga hamda uning rivojlanish tarixiga bog‘liq.
Afrikada magmatik jinslarning keng tarqalishi rudali foydali qazilmalarning serob 
bo‘lishiga sabab bo‘lgan. Ular yer po‘stining tektonik yoriqlari va uzillalari orqali
oqib chiqqan magmatik jinslarda hosil bo‘lgan, Sharqiy va Janubiy Afrikadagi 
foydali qazilmalarning aksariyati ochiq usul bilan qazib olinadi, chunki bu yerdaga
rudali qadimga kristall jinslar yer yuzasiga yaqin yotadi. 
Afrikaning asosiy qazilma boyliklari kembriydan oldin va kembriy davrida
hosil bo‘lgan. Jumladan olmos, oltin, uran rudasi, xromit, mis, temir rudasi, boksit, 
qalayn, polimetall konlari kembriydan oldingi magmatik jinslar tarkibida uchraydi.
Afrika olmos qazib chiqarishda dunyoda birinchi o‘rinda turadi. Kapitalistik 
dunyoda qazib chiqariladigan olmosning 98% ga yaqini Afrika hududidan olinadi.
Olmosdan qimmatbaho toshlar tayyorlanibgina qolmasdan, undan sanoatda ham 
keng foydalaniladi.
Afrikada magmatik yo‘l bilan paydo bo‘lgan foydali qazilmalardan tashqari 
cho‘kindi yo‘l bilan hosil bo‘lgan tabiiy boyliklar ham qo‘pchilikni tashkil etadi.
Materikning pastqam, cho‘kindi jinslar to‘plangan joylarida toshko‘mir, neft, tabiiy 
gaz, marganes rudalari, tuzlar, fosforitlar keng tarqalgan.
Materikning shimoliy qismida Atlantika okeani sohilidan Qizil dengiz 
sohiligacha cho‘zilgan keng maydonda katta zahiraga ega bo‘lgan fosforit konlari
ko‘p tarqalgan. Sahroi Kabirning Jazoirga qarashli qismida va Liviyada neft va gaz 
konlari, Marokashda margarnes rudalari, Jazoir va Tunisda temir, qo‘rg‘oshin va
rux konlari mavjud. Rodeziyada oltin konlari, Gvineyada boksit konlari, Ganada 
marganes rudasi, boksit va oltin konlari, Nigeriyada kumush va kolumbit konlari
hamda Marokashda kobalt va polimetall konlari bor. 
Markaziy Afrikaning mis mintaqasi kembriy davrida hosil bo‘lgan magmatik
jinslar orasida ko‘p uchraydi. Bu mintaqada keng tarqalgan mis konlaridan tashqari 
uran rudasi, kobalt, rux konlari, Janubi-G‘arbiy Afrikada berilliy, vanadiy va litiy
konlari uchraydi. Janubiy Afrika materikning boshqa regionlariga nisbatan foydali 
qazilmalaga ancha boy. Bu yerda olmos, uran rudasi, kumush, xromit, marganes,
temir rudalari, titan-magnetit, korund, flyuorit, surma, toshko‘mir, asbest va 
boshqa konlar keng tarqalgan. Shimoliy Afrikada va Gvineya ko‘ltig‘i sohillarida
katta neft konlari ishlab turibdn. Atlas tog‘larida, Atlantika okeani sohillarida 
cho‘kindi jinslardan hosil bo‘lgan temir rudalari bor. Liviyada kaliy tuzi kazib
olinadi. Atlas burmali tog‘larining sinklinal zonalarda neft va fosforit konlari bor. 







Yüklə 3,31 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   156   157   158   159   160   161   162   163   ...   376




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin