O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand davlat universiteti ro`yhatga olindi №2018 yil «Tasdiqlayman»



Yüklə 3,31 Mb.
səhifə158/376
tarix26.12.2023
ölçüsü3,31 Mb.
#197416
1   ...   154   155   156   157   158   159   160   161   ...   376
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi s-www.hozir.org

Tekshirilish tarixi 
YYevropa va Osiyo mamlakatlarining xalqlari Afrikaga eng qadimgi 
davrdan qiziqib kelganlar. Finikiyaliklar va qadimgi greklar Afrikaning shimoliy
va shimoli-sharqiy sohillarini azaldan yaxshi bilishgan. 


Miloddan oldingi XIII asrda qadimgi feklar Suvaysh bo‘ynidan to Sidra


qo‘ltig‘igacha bo‘lgan Afrika qirg‘oqlarini suzib o‘tishgan, Nil daryosining yuqori 
oqimidagi beshinchi ostonagacha 2000 km masofaga kirib borishgan, Arabiston va
Nubiya cho‘llari bilan tanishgan. Finikiyaliklar miloddan oldingi VIII asrda 
Afrikaning shimoliy qismidagi Sidra va Gabes qo‘ltiqlaridan suzib o‘tib
Tunisgacha borganlar. 
Rim imperiyasining dengizchilari miloddan 100 yil oldin Afrikaning sharqiy
qirg‘oqlari bo‘ylab suzib Zanzibar oroshgacha borgan. Sayyohlardan biri Diogen 
Oq Nil daryosining boshlanishidagi buyuk ko‘llar va qorli tog‘lar to‘g‘risida
ma’lumotlar to‘plab, ularni Oydin tog‘lar deb atagan. Ana shu ma’lumotlarni 
Ptolemey o‘z tavsiflarida keltirgan. Shu asosda Afrikaning qadimgi haritasida
Oydin tog‘lar va ko‘llar tasvirlangan. 
Milodimizning boshlarida indoneziyalik sayyohlar Hind okeanini sharqdan
g‘arbga tomon kesib o‘tib, Madagaskar orolini kashf etdilar. VIII asr o‘rtalarida 
arab sayyohlari Hind okeanining g‘arbiy qismida suzib, Mozambik bo‘g‘oziga
kirish joyda Komor orollarini kashf etadi va Madagaskar oroliga kelishadi. 
Keyinchalik 1420 yillar atrofida Janubiy Afrikani aylanib o‘tib, Oranjevaya
daryosining quyi oqimigacha kelib, bu joylar bilan tanishadi. 
Taniqli arab sayyohi va geografi, marokkalik Ibn Batuta (Abu Abdulloh
Muhammad ibn Abdulloh al-Lavoti at-Tanjiy) 1352-53 yillarda G‘arbiy Sahroi 
Kabirni shimoldan janubga qarab kesib o‘tadi. Safardan qaytishda Janubiy Sudan
orqali Air platosini, Markaziy Sahroi Kabir orqali Axattar tog‘ligini, Aljir Sahroi 
Kabirini kesib o‘tib, bu regionlar to‘g‘risida ko‘plab geografik ma’lumotlar
to‘playdi. 1447 yilda genuyalik A.Malfante Saxroi Kabirning ichki qismidagi Tuat 
vohasigacha, 1469 yilda florensiyalik sayohatchi B.Dei Sahroi Kabirning
Tombuktu vohasigacha kirib borishgan. 
XV asrga kelib portugallarning faol harakati boshlanadi. Ular o‘sha davrda
Hindiston boyliklari to‘g‘risida to‘qilgan afsonalarga asoslanib, bu boy o‘lkaga 
boradigan dengiz yo‘lini qidira boshlaydilar. Potugallar XV asr dovomida
Afrikaning g‘arbiy sohillarini tekshiradilar. Keyinchalik materikning janubiy 
chekkasini aylanib, sharq tomonga o‘tadilar. Portugaliyalik sayyohlardan mohir
dengizchi Vasko da Gama 1498 yilda Hindistonga dengiz yo‘lini ochdi. U 
materikning janubiy va sharqiy qirg‘oqlari bo‘ylab suzib o‘tib Hind okeanini kesib
o‘tadi va Hindistonning janubiy qirg‘oqlariga borib yetadi. Lekin o‘sha paytdarfda 
Afrikaning faqat qirg‘oq qiyofalari o‘rganilib va aniqlanib, uning ichki rayonlari
to‘g‘risidagi ma’lumotlar yYevropaliklar uchun noma’lum edi. 
YYevropaliklar Afrikaning ichki rayonlarini tadqiq etishni XIX asrda
boshlashdi. Shu asrning o‘rtalarida taniqli ingliz tadqiqotchisi David Livingston 
materik ichkarisiga bir necha marta sayohat qildi. Bu sayyoh tadqiqot ishlarini
asosan Janubiy Afrikada olib bordi. D. Livingston Kalahari cho‘lini, Zambezi 
daryosini, Kongo daryosining yuqori oqimini tekshirdi. 1859-61 yillarda Viktoriya
va Nyasa ko‘llarini topib, ularning geografik va gidrologik ta’rifini yozib tugatdi. 
Zambezi daryosidagi go‘zal sharsharani topib, unga Viktoriya nomini berdi. 1867-
72 yillarda Tanganika ko‘lini tadqiq etishni davom etdirib, Lualabu daryosini kashf 


etdi. Shunday qilib, Livingstonning Janubiy Afrikada olib borgan tadqiqotlari


geografiya fanini yangi va qiziqarli ma’lumotlar bilan boyitdi. 
Afrika tabiatini va halqlari hayotini tadqiq etishda rus sayyohlari ham
ishtirok etishgan. XIX asr oxirida V.V.Yunker Markaziy va Sharqiy Afrikaga 
sayohat qilib, materikning tabiati va aholisi haqida kiziqarli ma’lumotlar to‘pladi,
topografik ishlarni amalga oshirdi, gidrologik va meteorologik kuzatishlar olib 
bordi, Materikning shimoli-sharqiy qismini tekshirishda fransiyalik aka-uka
Antuan va Arno Abbadilar (1837-48 yillar), rus sayyohlari Ye.P.Kovalevskiy 
(1847-48 yillar) va A.V.Yeliseevlar (1883-85 yillar) ishtirok etdilar. 1888 yilda
vengriyalik sayohatchi Sh.Teleki Sharqiy Afrikada tadqiqot ishlari bilan 
shug‘ullanib, Kilimanjaro vulkanidan shimol tomonga Keniya tog‘lari orqali kesib
o‘tib Rudolf ko‘lini kashf etdi. 
N.I.Vavilov rahbarligidagi ilmiy safar xodimlari 1926-1927 yillarda
materikning shimoli-sharqiy qismlarida madaniy o‘simliklarni o‘rganib, 6000 dan 
ortiq namuna to‘pladilar. Shu bilan birga N.I.Vavilov Xabashiston bir qancha
madaniy o‘simliklarning, ayniksa qimmatli bug‘doy navining vatani ekannni 
aniqladi.

Yüklə 3,31 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   154   155   156   157   158   159   160   161   ...   376




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin