O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand davlat universiteti ro`yhatga olindi №2018 yil «Tasdiqlayman»


AFRIKANING TUPROG‘I, O‘SIMLIK VA HAYVONOT DUNYOSI



Yüklə 3,31 Mb.
səhifə170/376
tarix26.12.2023
ölçüsü3,31 Mb.
#197416
1   ...   166   167   168   169   170   171   172   173   ...   376
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi s-www.hozir.org

AFRIKANING TUPROG‘I, O‘SIMLIK VA HAYVONOT DUNYOSI. 

Tuprog‘i 
Afrika yer yuzasiniig asosiy qismi tekis relef shaklidan tarkib topganligi, 
iqlim mintaqalarining ekvatordan shimolga va janubga qarab almashinishi tuproq
qoplamining zonal tarqalishida ham o‘z ifodasini topgan. Shu boisdan ekvatorial 
zonadan shimolga va janubga qarab uzoqlashgan sari tuproq tiplari birin-ketin
almashinib boradi. Ekvatorial zonaning qizil-sariq laterit tuproqlari o‘zgaruvchan 
nam o‘rmonlar va baland o‘tli savannalarning qizil laterit tuproqlari bilan, tipik
savannalarning qizil-qung‘ir tuproqlari chullanayotgan savannalarning qizg‘ish-
qo‘ng‘ir tuproqlari bilan, tropik cho‘l tuproqlari materikning shimoliy va janubiy
chekkalaridagi subtropik quruq o‘rmonlar va butazorlarnnng och tusli jigar rang va 
tipik jigar rang tuproqlari bilan almashinadi.
Qizil-sariq laterit tuproqlar ekvatorial o‘rmonlar zonasi uchun harakterli 
bo‘lib, ular g‘arbda Gvineya sohillaridan sharqda Sharqni Afrika yassi
tog‘ligigacha bo‘lgan polosada keng tarqalgan. Bunta Kongo xavzasining 
ekvatorial qismn. Liberiya, Gana, Nigeriya va Kamerunning Gvineya ko‘ltig‘i
sohillaridagi qismi qaraydi. Qizil-sariq tuproqlarning katta massivi Madagaskar 
orolining atmosfera yog‘inlari ko‘p tushadigan sharqiy qismida ham uchraydi.
Ekvatorial zona uchun qalin qatlamli tuproqlar harakterli. Bunga sabab, bu yerda 
nuragan jinslar, birlamchi minerallar nam va issiq iqlim sharoitida bemalol chirish
imkoniga ega. 
Qizil-sariq laterit tuproqlar zonasidan shimolda va janubda mavsumiy nam
tropik o‘rmonlar zonasida va baland o‘tli savannalarda qizil laterit tuproqlar keng 
tarqalgan. Qizil laterit tuproqlar geografiyasi ekvatordan shimolda Atlantika okeani
sohillaridan boshlanib Chad ko‘ligacha kenglik bo‘ylab davom etadi. Bu tuproq 
tipi Gvineyaning sharqiy qismini, Gananing shimoliy qismini, Nigeriyaniig katta
maydonini egallab olgan. Afrikaning sharqiy qismida qizil laterit tuproqlar zonasi 
bir muncha torayadi. Bu yerda- unta ekvatorial Afrikaning janubi-sharqiy va
Sudanning eng janubiy kqsmlari qaraydi. Janubda qizil laterit tuproqlar zonasiga 
Kongo xavasining janubiy qismi, Shimoliy Rodeziyaning shimoli-sharqiy qismi,
Tanganika va Keniyaning katta hududi qaraydi. 
Yekvatordan shimolga va janubga qarab uzoqlashgan sari iqlimi
kontinentallashib boradi va qizil tuproqlar zonasidan keyin joylashgan quruq tropik 
o‘rmonlar, siyrak o‘rmonlar va butalar o‘sadigan savannalarda jigar rang-qizil va
qo‘ng‘ir tuproqlar hosil bo‘lgan. Ularda qizil tuproqlarga nisbatan gumus qatlami 
uncha qalin emas, 150-200 sm chuqurlikda karbonatli birikmalar (konkresiyalar)
uchray boshlaydi. Jigar rang-qizil tuproqlar ekvatordan janubda Angolada, 
Shimoliy Rodeziyada hamda Tanganika va Keniyada uchraydi. Qizil-qo‘ng‘ir
tuproqlar Afrikaning shimoliy qismida tor polosa hosil qilib, materikning g‘arbida 
Atlantika okeani sohilidan, Senegal daryosining quyi oqimini shimolrog‘idan
boshlanib, sharqda Nil daryosining o‘rta oqimini va Atbara daryosining quyi 
oqimidan kesib o‘tib Qizil dengiz sohiligacha davom etadi.
Jigar rang-qizil va qizil-ko‘ng‘ir tuproqlar orasida qora tropik tuproqlar ko‘p 
uchraydi. Qora tuproqlar gidromorf va litomorf turlarga bo‘linadi. Ular unumdor
tuproqlar bo‘lib, tarkibida 2% dan ko‘proq chirindi mavjud. Qora tuproqlar Ok Nil 


va Shari daryolarining havzalaridagi tekisliklarda, Mozambikda va Janubiy


Afrikaning Baland Veld rayonida yaxshi rivojlangan. 
Materikning shimoliy va janubiy qismlarida qizil-qo‘ng‘ir tuproqlar
zonasidan keyin tropik va subtropik cho‘l tuproqlari joylashgan. Shimoliy Afrikada 
tropik va subtropik cho‘l to‘proqlari Janubiy Afrikaga nisbatan keng tarqalgan va
katta maydonin egallab olgan. Bu yerda cho‘l tuproqlari keng polosa hosil qilib, 
materikning g‘arbidan sharqigacha to‘liq kesib o‘tgan. Bunga asosan Sahroi Kabir
cho‘li qaraydi. Janubiy Afrikada tropik va subtropik cho‘l tuproqlari kichikroq 
maydonni egallab, ular Oranjevaya daryo vodiysi bilan Karru platosi oralig‘ida,
Oranjevaya daryosi havzasida, Janubi-G‘arbiy Afrikaning Atlantika okeani sohili 
bo‘lib keng tarqalgan.



Yüklə 3,31 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   166   167   168   169   170   171   172   173   ...   376




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin