O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand davlat universiteti ro`yhatga olindi №2018 yil «Tasdiqlayman»



Yüklə 3,31 Mb.
səhifə184/376
tarix26.12.2023
ölçüsü3,31 Mb.
#197416
1   ...   180   181   182   183   184   185   186   187   ...   376
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi s-www.hozir.org

Janubiy Afrika. Materikning janubiy qismi Janubiy Afrika tabiiy geografik
o‘lkasini tashkil etib, uning shimoliy chegarasi. Kongo va Zambezi daryo havzalari 
o‘rtasidagi suvayirg‘ich platodan o‘tadi. G‘arbiy qismi Atlantika okeani va sharqiy
qismi Hind okeni suvlari bilan yuvilib turadi. Maydoni 5 mln. km
2
atrofida. 

O‘lkaning harakterli xususiyatlari shundan iboratki, uning relefida yassi tog‘liklar


va tog‘ oralig‘i botiqlari etakchi rol o‘ynaydi. Iqlimi quruq, kontinental tropik va 


subtropik harakterga ega. Landshaft zonalari shimoldan janubga qarab emas,


balki sharqdan g‘arbga qarab o‘zgaradi va meridional zonallik hosil qiladi.
Binobarin, sharqdagi savannalar va siyrak o‘rmonlar g‘arbga borgan sari chala
cho‘l va cho‘l landshaft zonalari bilan almashinadi. Janubiy Afrika tabiiy
geografik o‘lkasi Janubiy Afrika yassi tog‘ligi, Kataxari botig‘i Drakon va Kap
tog‘laridan tarkib topgan. Janubiy Afrika qirg‘oqlari yaqinida joylashgan 
Madagaskar oroli alohida tabiiy geografik oblastni tashkil etadi.
Janubiy Afrika yassi tog‘ligi. Janubiy Afrika yassi tog‘ligi kembriydan
oldin hosil bo‘lgan platformada joylashgan. Uning asosini tashkil etuvchi qadimiy 
kristall jinsli poydevori gorizontal yotgan. kontinental yotkdziklar bilan koplangan.
YAssi togaikning relefida ichki tog oraligi botikdari va ularni urab turgan arxey, 
proterozoy eralarining kddimiy kristall jinslaridan tarkib topgan kutarylmalar
hukmronlik qiladi.
Janubiy Afrikaning ichki botiqlarini o‘rab turgan ko‘tarilma poydevorlar
balandligi 1200-2500 m keladigan bir qator platolar, balandliklar va tog‘larni hosil 
qiladi. Ular ichki rayonlardan tevarak-atrofga qarab asta-sekin ko‘tarilib boradi.
Limpopo daryosidan shimolda Matabele platosi, janubda Baland Veld va YUqori 
Karru platolri, joylashgan. O‘lkaning tarbiy qismida Kaokofeld, Damara,
Samakva platolar polosasi cho‘zilgan. SHimolda Katanga platosi Zambezi, va 
Kongo, daryo havzalari o‘rtasida suvayirgg‘ich vazifasini bajaradi.
Janubiy Afrika yassi tog‘ligining g‘arbidagi va shimoli-sharqdagi baland 
platolar kembriygacha bo‘lgan kristall jinslardan tarkib topgan. Janubda kristall
jinslar ancha cho‘qurlikda joylashgan bo‘lib, ularning yuzasi perm-trias 
davrlarining laguna yotqiziqlari bilan qoplangan. Ayrim joylarda bu toq jinslarini
lavalar yorib chiqib, alohida-alohida tog‘ massivlarini hosil qilgan. SHulardan biri 
balandligi 3000 m gacha ko‘tarilgan Basuto massividir.
Baland platolar ichki rayonlardan chekka tomon ko‘tarila borib, sharqda, 
janubda va g‘arbda tik yon bag‘rli Rodjers Pogonasini yoki Katta Pog‘onani hosil
qiladi. Pog‘onaning tashqi yon bag‘rlari erozion jarayonlar tufayli kuchli 
parchalangan. Katta Pog‘ona sharqda Limpopo daryosi yaqinidan boshlanib janub
orqali yarim aylana hosil qilib, g‘arbda Kunene daryosigacha davam etadi. Uning 
uzunligi Janubiy Afrika bo‘ylab
2000 km masofagacha cho‘zilgan.

Pog‘onaning eng baland nuqtasi Drakon tog‘laridagi Basuto massivining


Katkin-Pik chuqqisidir (3657 m). Dunyo atlasida (1988) bu cho‘qqining maksimal 
balandligi 3118 m berilagan. Katkin-Pik Janubiy Afrika o‘lkasining eng
baland nuqtasi hisoblanadi.
Katta Pog‘ona materikning janubiy qismida Nyuvefeldberge va
Roxxefeldberge tog‘ tizmalarini hosil qiladi. Bu tizmalardan janubda joylashgan
Katta Karru botig‘i Kap tog‘ tizimini Afrika platformasidan ajratib
turadi. G‘arbda Katta Pog‘ona Atlantikabo‘yi pasttekisligiga parallel raviщda 
janubdan shimolga qarab cho‘zilgan. Atlantika sohilining Oranjevaya va
Kunene daryolari oralig‘ida qirg‘oqbuyi Namib chuli joylashgan. 
Janubiy Afrika materikning foydali qazilmalarga eng boy regioni
hisoblanadi. CHukindi jinslarning karru formatsiyasidan toshko‘mir qazib olinadi. 
Platformaning kristall va vulkanik jinslarida temir, mis, marganets, qalayi,



qo‘rg‘oshin, vanadiy, uran, platina, rux rudalari keng tarqalgan. YAssi tog‘likning


barcha qismida oltin va olmos konlari bor.
Janubiy Afrika yassi tog‘ligi kontinental iqlimli, harorati baland,
yog‘ingarchilik kam yog‘adigan, dasht, chala cho‘l va cho‘l landshaftlari keng 
tarqalgan region hisoblanadi. Hind okeanidan esadigan janubi sharqiy passatlar
yassi tog‘likning sharqiy qismiga ta’sir etib iqlimni mu’tadillashtirib turadi. 
Bu erga yog‘ingarchilikni Mozambik
ilik, oqimi ustidan utib keladigan nam tropik havo massasi olib keladi. SHuning 
uchun plato va tog‘larning sharqiy yon bag‘rlarira, Zambezi havzasining quyi
qismiga yiliga o‘rtacha 1500 mm, Drakon tog‘ yon bag‘rlariga 1000 mm dan 
ko‘proq yomg‘ir yog‘adi. Janubiy Afrikaning eng qo‘rg‘okchil rayoni Namib
cho‘li hisoblanadi. 
Hind okeanidan keladigan nam tropik havo massasi Atlantida okeani
sohillariga etib kela olmaydi. Atlantika okeani ustida vujudga kelgan 
antitsiklonning sharqiy chekkasi Bengala sovuq okimi ustida
yanada kuchayib 

materikning qirg‘oqbo‘yi pasttekisliklariga kuchli ta’iir etadi. Bu salqin havo


materik ustida bir oz qiziydi va hech qanday 
yog‘ingarchilik bermaydi. CHekka 

tog‘lardan oshib o‘tgan passatlar ichki platolarga va botiqlarga kam miqdorda


yog‘ingarchilik keltiradi, Zambezi va Kalaxari botiqlarida 250-300 mm gacha 
yomg‘ir yog‘adi. Kalaxarining g‘arbiy qismida Atlantika va Hind okeanlaridan
esadigan nassatdar o‘zaro to‘qnashib, havo frontini hosil ailadi va yog‘in 
miqdorini 400-500 mm gacha ko‘payishiga sabab bo‘ladi.
Havo harorati kenglik va balandlik bo‘ylab o‘zgarib boradi. Eng yuqori 
harorat Janubiy Afrikaning sharqiy tekislik qismi uchun harakterli. Mozambikda
o‘rtacha oylik harorat 27°, 29°S ga teng. YAssi tog‘likning ko‘pchilik rayonlarida 
yoz oylarining kunduzgi harorati 20
0
S atrofida bo‘ladi. Oranjevaya daryosining 

quyilish joyida eng issiq oyning o‘rtacha harorati 15°S dan yuqori


ko‘tarilmaydi. Umuman Atlantika okeani sohilida sovuq oqimning ta’siri tufayli
o‘rtacha harorat 12°, 15°S ni tashkil etadi. Maksimal harorat o‘lkaning hech bir
joyida 40°S dan yuqori ko‘tarilgan emas. 
Janubiy Afrika yassi tog‘ligida yog‘ingarchilikning kam bo‘lshi tufayli
daryo turi yaxshi rivojlanmagan. Bu o‘lkaning eng yirik va sersuv daryolaridan biri 
Zambezi bo‘lib, uning suv rejimi yomg‘ir fasliga bog‘lik. Undan keyin kattaligi
jihatdan ikkinchi va uchinchi o‘rinlarda Oranjevaya va Limpopo daryolari 
turadi. Barcha daryolarda sharsharalar va ostonalar keng tarqalgan. YAssi
tog‘likning ichki platolari va botiklari berk havzani tashkil etadi. Berk xavzaga 
qarashli daryolar o‘z suvini botiqlardagi shur ko‘llarga va botqoqliklarga quyadi.
Janubiy Afrika yassi tog‘likning atmosfera yog‘inlari bilan yaxshi
ta’minlangan shimoliy va sharqiy chekkalarida tropik va subtropik o‘rmonlar
o‘tadi. T
OF
massivlarining sharqiy chegaralarida va daryo vodiylarida qizil-

qo‘ng‘ir tuproqlar ustida nam tropik o‘rmonlar rivojlangan. SHimoliy


rayonlardagi baland platolarda va tekisliklarda shamshod Daraxti, qizil buk 
va karam palmalaridan tashkil topgan siyrak o‘rmonlar uchraydi. Bu erda tropik
jigar-rang qizil tuproqlar keng tarqalgan. Ayrim joylarda siyrak o‘rmonlar 
savannalar bilan almashinadi. Savannalarda shimoliy yarim shardagiga o‘xshash



baland bo‘yli boshoqli o‘tlar, o‘lkan baobablar, akatsiyalar va xilma-xil palmalar


o‘sadi. 1000 m dan balandda tikanli butazorlar va baland o‘tlar mintaqasi
joylashgan. Undan yuqorida tipik alp o‘tloqzorlari keng joylashgan.
YAssi tog‘likning katta qismn kserofit o‘simliklar bilan kopangan. Ichki 
rayonlarda asosan butalar va quruq dasht o‘simliklari o‘sadi. Ularning qiyofasi
nam va quruq fasllarga qarab keskin o‘zgarib turadi. SHarqdan g‘arbga borgan sari 
yog‘ingarchilik miqdorini kamayishi kserofit o‘simliklarni ko‘payishiga sharoit
yaratadi. Ularning flora tarkibida piyozli o‘simliklar, tikanli akatsiyalar, turli xil
aloelar ko‘pchilikni tashkil etadi. O‘simlikka eng kambag‘al joy Namib, cho‘li
hisoblanadi. Bu erda tomiri yaxshi rivojlangan velvichiyalar va pakana bo‘yli 
tikanli butalar ahyon-ahyonda uchrab turadi.
Janubiy Afrika yassi tog‘ligi rang-barang landshaftlari bilan bir qatorda 
xilma-xil va boy fauna kompleksiga ham ega. Ammo, yovvoyi hayvonlarni yillar
davomida ko‘plab ovlanishi natijasida ularning soni keskin kamayib ketgan. 
Ayniksa antilopalar, zebralar, jirafalar, fillar, qora qutoslar va karkidonlarning soni
juda ham kam qolgan. Xatto yirtqich hayvonlardan arslonlar,qoplonlar, sirtlonlar, 
yovvoyi mushuklar va yovvoyi itlar yo‘qolib ketish arafasida turibdi: SHuning
uchun Janubiy Afrika Respublikasn hukumati yovvoyi hayvonlarni muxofaza 
qilish maqsadida quriqxonalar va milliy parklar tashkil etgan. SHulardan eng yirigi
va mashhuri Kryuger milliy parkidir. Bu erda Afrika materigi uchun xos bo‘lgan 
barcha hayvon turlari va qushlar tuplangan.

Yüklə 3,31 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   180   181   182   183   184   185   186   187   ...   376




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin