O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand davlat universiteti ro`yhatga olindi №2018 yil «Tasdiqlayman»


SHIMOLIY AMERIKA MATERIGIGA UMUMIY GEOGRAFIK



Yüklə 3,31 Mb.
səhifə187/376
tarix26.12.2023
ölçüsü3,31 Mb.
#197416
1   ...   183   184   185   186   187   188   189   190   ...   376
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi s-www.hozir.org

SHIMOLIY AMERIKA MATERIGIGA UMUMIY GEOGRAFIK

TA’RIF 

Geografik o‘rni va chegaralari 
Shimoliy Amerika g‘arbiy va shimoliy yarim sharlarda joilashgan býlib, 

maydonining kattaligi jixatidan materiklar orasida uchinchi


o‘rinda turadi. Uning maydoni yakin yotgan orollar bilan 24,25 mln km2, orollarsi 
20,36 mln km2. Bu YYevropadan ikki marta katta va Osiyodan ikki marta kichik
demakdir. Shimoliy Amerika Yevrosiyodan Atlantika va Tinch okeanlari bilan 
ajralib turadi. Shimolda Shimoliy
muz

okeani va uning dengizlari bilan


chegaralanadi. Panama bo‘yni orkali Janubiy Amerika bilan tutashgan. 
Shimoliy Amerikaning shimoldagi eng chekka nuqtasi Butiya yarim 

orolidagi Myorchison burni (71° 50’ sh.k.), janubdagi nuqtasi Asuero yarim


orolidagi Maryato burni (7° 12’ sh.k.), garbiy nuqtasi Alyaskaning Syuard yarim 
orolidagi Uels Shoxzodasi burni (168° 5’ g.u.) va sharqiy nuqtasi Labrador yarim
orolidagi Sent-Charlz burni (55° 40’ g.u.). Ana shu nuktalar oraligida materik 
shimoldan janubga qarab 7500 km va g‘arbdan sharqqa qarab 6500 km masofaga
cho‘zilgan. Kirgon chizig‘ining uzunligi 75500 km. 
Shimoliy Amerika qirg‘oqlari Afrika, Avstraliya va Janubiy Amerika 

qirg‘oqlariga nisbatan kuchli parchalangan. Ayniqsa uning shimoliy, sharqiy va


janubiy qirgoqlarida parchalanish kuchli bo‘lganligi tufayli ko‘plab qo‘ltiqlar va 
yarim orollar paydo bulgan. Matеrikning shimoliy va janubiy qirg‘oqlari ikkita
yirik Gudzon va Meksika qo‘ltiqlari bilan parchalangan bo‘lib, ular quruqlik 
ichkarisigacha kirib borib, tevarak-atrofning iqlim xususiyatlariga katta ta’sir
ko‘rsatadi. 
Gudzon shimoldagi eng katta qo‘ltiqlardan biri bo‘lib, uning maydoni 1 mln 

km2 dan ziyod, chuqurligi 150 m ga teng. U bir necha bug‘ozlar orkali Shimoliy


Muz va Atlantika okeanlari bilan tutashgan. Gudzon qo‘ltiqlari ko‘proq Shimoliy 
Muz okeani ta’sirida bulinganligi uchun ham materikning ichki rayonlarini iqlimini
sovuk, bo‘lishiga va haroratning tez-tez keskin pasayib turishiga katta ta’sir 
ko‘rsatadi. Qo‘ltiq akvatoriyasida yilning issiq paytlarida harorat 10°S dan yukori
ko‘tarilmaydi, muz qoplami tezda erimaydi va muzlik rejimi uzok vaqt davom 
etadi.
Janubda Meksika qo‘ltig‘i materik ichkarisiga kirib kelgan. U Florida, 

Yukotan yarim orollari va Vest Indiya orollari bilan chegaralangan. Maydoni 1,5


mln km2, maksimal chuqurligi markaziy kismida 4000 m gacha yetadi. Qo‘ltiq 
yuzasidan materik ichkarisidagi tekisliklarga quruq issiq xavo kirib borib, yoz
oylarida kuchli qurgoqchiliklarni vujudga keltiradi, qishda esa iliq kunlarni tez-tez 
takrorlanishiga sabab bo‘ladi.



Materikning sharqiy Atlantika okeani qirgoqlarida fiord tipidagi qo‘ltiqlar


ko‘p tarqalgan. Eng yiriklari Avliyo Lavrentiy, Fandi, Men, Delaver, Chesapik va 
Pamliko qo‘ltiqlaridir.
Shimoliy Amerikaning g‘arbiy Tinch okean qirg‘oqlari sharqiy Atlantika 

okeani qirg‘oqlariga nisbatan bir muncha kam parchalangan. Ayniqsa uning


janubiy qismi juda kam parchalangan bo‘lib, bu yerda yarim aylana shaklidagi 
panama va Teuantepek qo‘ltiqlari, Kaliforniya yarim oroli bilan ajralib turgan
kaliforniya qo‘ltig‘i joylashgan. Kaliforniya qo‘ltig‘ining uzunligi 1240 km, 
kengligi 220 km, maksimal chuqurligi 3127 m va maydoni 177 ming km2.
Tinch okeanining Pyudjet-Saund qo‘ltig‘idan shimolga borgan sari qirg‘oq, 

chiziqlari kuchli parchalana boradi. Shimoldagi Alyaska, Kuk va Bristol


qo‘ltiqlarini bir-biridan Kenay va Alyaska yarim orollari arjratib turadi. G’arb 
tomondan materik ichkarisiga Kuskovkim, Norton va Kotsebu qo‘ltiqlari uyib
kirgan. Norton va Kotsebu qo‘ltiqlarini Syuard yarim oroli ajratib turadi. 
Vegenerning kontinentlar dreyfi ilmiy nazariyasiga ko‘ra Shimoliy 

Amerikaning sharkiy qismi bundan 300 mln iil avval, toshko‘mir davrida


YYevropa bilan, shimoli-g‘arbiy kismi Shimoli-sharkiy Osiyo bilan tutashgan 
bo‘lib, bir butun. Pangea quruqligini hosil qilgan. Yura va uchlamchi davrlarda.
Pangea quruqligini Pangea faraziy kontinenti parchalanib, bir necha quruqliklarga 
ajralib ketgan. Birok, Grenlandiya bilan Norvegiya turtlamchi davrning boshlariga
qadar ham yaxlit bulgan. 
Shimoliy Amerikaning xozirgi kiyofasi bundan 1 mln yil oldin, to‘rtlamchi 

davrning boshlarida shakllangan. Xozir Shimoliy Amerika bilan Yevrosiyo eni 35


km va chukurligi 42 m keladigan tor Bering bug‘ozi orkali ajralib turadi. Materik 
janubda qambar Panama buyni orkali Janubiy Amerika bilan tutashgan bo‘lgan.
Xozir ularni 1914 yilda kurib ishga tushirilgan Panama kanali bir-biridan ajratib, 
Tinch okean bilan Atlantika okeanini birlashtirib turadi.
Materikning shimoliy kismidagi juda katta maydonni egallab yotgan Kanada 

Arktika arxipelagi qishda qor va muzliklar bilan qoplanganda guyo Arktika


muzlariga kushilib muzlab kolgandek tuyuladi. 

Yüklə 3,31 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   183   184   185   186   187   188   189   190   ...   376




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin