O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand davlat universiteti ro`yhatga olindi №2018 yil «Tasdiqlayman»



Yüklə 3,31 Mb.
səhifə189/376
tarix26.12.2023
ölçüsü3,31 Mb.
#197416
1   ...   185   186   187   188   189   190   191   192   ...   376
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi s-www.hozir.org

Geologik tuzilishi 
Shimoliy 
Amerikaning
orografik 
tuzilishi
Yevrosiyo 
va
Afrika

materiklarining orografik tuzilishidan keskin farq kilib, fakat Janubiy Amerikaning


orografik tuzilishiga ancha o‘xshashdir. Bu yerdagi 
baland tog‘ tizimlari YYevropadagi va Osiyodagi baland tog‘ tizimlariga
o‘xshab g‘arbdan sharqqa qarab emas, balki shimoldan janubga qarab meridional 
ravishda
yunalgandir. 
Materikning
Shimoliy 
Muz
okeanidan 

Meksika
qo‘ltig‘igacha bulgan o‘rta kismi tekislik va pasttekisliklardan, g‘arbiy qismi 




baland Kordilera tog‘laridan va sharqiy qismi uncha baland bo‘lmagan Appalachi


tog‘laridan iborat. Orografik tuzilishining bunday harakterli xususiyatlarini 
shakllanishi bevosita materikning geologik rivojlanish tarixi va geotektonikasi
bilan bog‘liq. 
Materikning ichki tekisliklarini tektonik asosini qadimiy Shimoliy Amerika
platformasi tashkil etadi. Bu platformaning shakllanishi, unint sharqiy va garbiy 
chekkalarini yosh burmalangan regionlar bilan kengayishi materikning uzok
davom etgan geologik tarakiyot tarixining hosilasidir. Shimoliy Amerika 
platformasi sharqda Appalachi oldi chukmasi bilan, garbda Koyali tog‘darning tog‘
oldi cho‘kmasi bilan, janubda 32-33° sh.k. bo‘ylab cho‘zilgan cho‘kma bilan 
chegaralanadi. Platformaning shimoliy qismi Kanada Arktika arxipelagi va
Grenlandiya oroligacha davom etib, ularning katta xududini poydevorini tashkil 
etadi. Platforma materikning 75% xududini egallagan bulib, juda katta maydonda
seysmik jixatdan barkarorlikni ta’minlagan. Shuning uchun bu joylarni amerikalik 
geolog F.King "Markaziy barkaror region" deb atagan.
Platforma poydevori turli xil chuqurliklarda yotgan va yer yuziga chiqib 
qolgan arxey va proterozoy eralarining granit va gneys tarkibli kristall jinslardan
iborat. Kristall jinslar paleozoy, mezozoy va turtlamchi davr chukindi jinslari bilan 
qoplangan. Platformaning tektonik strukturasi qalqon, antikliza va sineklizalardan
tashkil toptan. Bular Kanada kalkoni, Adirondak, Viskonsin, Ozark, Sinsinnat va 
Nashvill anteklizalari hamda Michigan, Illinoys, Appalacholdi va Kordileroldi
sineklizacharidir. Bu sineklizalarda kembriydan keyingi hosil bulgan cho‘kindi 
jinslarning qalinligi 3000 m ga yetadi. Markaziy tekisliklarda, Michigan, Illinoys
va Appalacholdi cho‘kmalarida paleozoy jinslari, Buyuk tekisliklarda, Kordileroldi 
cho‘kmasida mezozoy va kaynozoy cho‘kindi jinslari xukmronlik kiladi.
Platformaning faol geologik tarakkiyot tarixi va shakllanishi eng kadimti va 
uzok davom etgan kembriydan oldingi boskichda bulib utgan. Platformaning
qadimgi yadrosi Gudzon qo‘ltig‘i bilan Buyuk ko‘llar oraligida vujudga kelgan 
bo‘lib , quruqlikning keyingi usishi undan shimolga va janubga tomon davom
etgan. Paleozoyning boshlariga kelib platforma uzil-kesil shakllanib, keyinchalik 
unda kuchsiz epyrogenik (tebranma)harakatlardan boshka burmalanish jarayoni
sodir bulmagan. 
Paleozoyda platforma xududi tektonik harakatlar natijasida kutarilayotgan va
chukayotgan regionlarga differensiatsiyalanib boshlaydi. Bir vaktning uzida sodir 
bulayotgan jarayon tufayli Kanada kalkoni va bir qator anteklizalar hamda
sineklizalar vujudga keladi. Shu eraning boshlarida Shimoliy Amerika xududining 
o‘rta va shimoliy regionlarida kontinental sharoit xukmronlik kilgan bulsa, uning
chekka sharkiy va janubiy qismlarida Appalachi geosinklinal rejimi, g‘arbiy 
qismida Kordilera geosinklinal rejimi davom etgan.
Paleozoyda tog‘ hosil kiluvchi tektonik harakatlar asosan ikkita boskich 
davrida kaledon va gersin burmalanishlarida namoyon bo‘ladi. Kaledon tog‘ hosil
bulish jarayoni Shimoliy Amerikaning har ikkala geosinklinal xavzasida sezilarli 
darajada sodir bulgan. Kordilera geosinklinal zonasida orogenizatsiyalanish
jarayoni Alyaskadan boshlab to Meksikagacha davom etgan. Sharqda kaledon 
burmalanishi appalachi geosinklinal xavzasining katta qismini qamrab olib,



shimoliy Apshlachi tog‘larini, sharqiy Grenlandiyani va Kanada Arktika


arxipelagining bir qismini vujudga keltirdi. Kaledon bosqichdagi tektonik 
harakatlar natijasida Shimoliy Amerika YYevropa bilan tutashadi.
Gersin burmalanishi Kordilera geosinklinal xavzasida namoyon bo‘lmasdan, 
platformaning sharqiy va janubi-sharqiy rayonlarida kuchli tektonik harakatlar
bilan boshlangan. Ammo gersin orogenezi Amerikada Yevrosiyoga nisbatan bir 
muncha kechrok bulib utgan. Bu tog‘ hosil bulish va kutarilishlar jarayoni
natijasida Shimoliy Amerika kaytadan YYevropa va Shimoliy Afrika bilan 
qo‘shilib, juda katta quruqlikni hosil qilgan. Keyinchalik gersin bosqichida barpo
etilgan tog‘ va kutarilmalar tektonik chukishlar natijasida okean suvi tagida qolib 
ketgan. Xozirgi vaqtda gersin burmalanishi tufayli vujudga kelgan rayonlardan
Appalachi tog‘tizimining janubiy qismi, Missisipi Xavzasidagi uncha katta 
bulmagan Uoshito balandligi sakdanib kolgan.
Sharqda platforma bilan geosinklinal zonaning tutashgan joyida tektonik 
harakatlarning jonlanishi natijasida platformaning bir qismi ajralib, Koloroda
platosini hosil qilgan. Shu vaqtdagi geologik strukturaning rivojlanishi xozirgi 
Koyali tog‘larning vujudga kelishiga ham zamin yaratgan. Materikning janubiy
qismidagi gersinidlar (gersin burmalanishida hosil bulgan kutarilmalar) keyingi 
chukishlar natijasida Meksika qultig‘ining qirg‘oqyoni tekisliklarini qoplab yotgan
mezozoy va kaynozoy yotkiziklari hamda Atlantika okeani suvi tagida kolib 
ketgan. Gersin bosqichidan qeyin materikning hamma xudidida, jumladan
Kordilera geosinklinalida ham, sodir bulgan cho‘kishlar shiddatli intruziya jarayoni 
hamkorligida davom etgan.
Mezozoy Kordilera geosinklinal xavzasi o‘cho‘n buyuk deformatsiyalanish 
erasi bo‘ldi. Bu zonada tog‘ hosil bulish jarayoni kuyi yuradan boshlanib, bo‘r
davrigacha davom etgan va nevada orogenezi deb atalgan. Nevada tog‘ 
burmalanishi Kordilera geosinklinalining markaziy va g‘arbiy qismlarida,
Meksika, Markaziy Amerika va Vest-Indiyada namoyon bulib, tektonik 
ko‘tarilmalarni vujudga keltirdi. Nevada bosqichidan keyin garbda hosil bo‘lgan
Kaliforniya cho‘kmasi yukori yura va bo‘r davrlarining jinslari bilan tula boshladi. 
Bo‘r davrining oxirida geosinklinal zonaning sharqiy qismida larami
burmalanishi sodir bulib, u Kanada va Meksika Koyali tog‘larini uz ichiga olgan 
va uzok masofaga cho‘zilgan parallel tog‘lar tizimini vujudga keltirgan. AKSH
ning Koyali tog‘lar rayonida larami burmalanishi vaktida Kolorado platosini 
garbdan va sharqdan o‘rab turgan qadimgi yukori paleozoy strukturasi ko‘tarilib,
uzining yakdol ifodalangan qiyofasiga ega bulgan. Ammo, bo‘r davrining oxirida 
Kryali tog‘larning kutarilishi juda sekin davom etgan.
F.Kingning ta’kidlashicha hosil bulgan tog‘ tizmalari o‘zining aniq, 
ifodalangan relef shakllarini uzoqroq, vaqtgacha saqlay olmagan. Sababi, ular
qancha tezlik bilan ko‘tarilgan bo‘lsa, shuncha tezlik bilan eroziya va denudatsiya 
ta’sirida yemirila borgan. Parchalangan jinslar tevarak- atrofidagi suv xavzalarini
to‘ldira borgan. 
Binobarin, mezozoyning oxiriga kelib Kordilera geosinklinal zonasining
asosiy maydoni baland bo‘lmagan quruqlikka aylandi. Faqatgina g‘arbda, xozirgi 
qirgoq bo‘yi tizmalari o‘rnida o‘ncha katta bo‘lmagan geosinklinal xavza saqlanib



qoldi. Bo‘r davrida ko‘tarilgan qoyali tog‘larning sharqida tog‘oldi cho‘kmasi hosil


bo‘lgan, Buyuk tekisliklar o‘rnida Dengiz suvlari mavj urib turgan. Mezozoyda 
materikning qolgan xududida epeyrogenik (tebranma) harakatlar sekin davom etib,
quruqlik katta maydonni egallagan. 
Kaynozoy erasida Shimoliy Amerikaning hamma xududida tektonik
harakatlar kuchayadi. Ayniksa Kordilera zonasida vertikal tektonik harakatlar 
ancha kuchli bo‘lgan. Pleystotsenda Serra-Nevada tog‘ tizmasining shimoliy qismi
900 m dan 1500-1800 m gacha, janubiy qismi 2200-2700 m gacha, suv 
xavzalarining tagi 600 m dan 900-1500 m va undan ham yuqoriroq, kutarilgan.
Tog‘larning ko‘tarilishi bilan birga chuqur botiqdar ham vujudga kelaboshlagan. 
Jumladan, okean satxidan -85 m pastlikda yotgan Ajal vodiysi, katta maydonni
egallab olgan Kolumbiya lavali platosi va boshqalar hosil bulgan. 
Kaynozoyda Shimoliy Amerikaning Kordilera zonasidan boshqa xududlari
ham vertikal tektonik harakatlar ta’sirida bo‘lgan. Neogenda Koyali toglarning 
kutarilishi bilan birga Buyuk tekisliklar ham kutarilgan. Shimolda neogenning
oxirida Kanada kalkonidan Kanada Arktika arxipelagi va Grenlandiya ajrala 
boshlagan. Appalachi oblastida peneplenlarning kutarilishi va parchalanishi yuz
berdi. Meksika kultigi va Karib dengizi geosinklinal cho‘kmalarining cho‘kishi 
natijasida Atlantikayoni va Meksikayoni qirgok, pasttekisliklari pasayib, dengiz
suvi ostida qoldi. 
Shunday qilib, Shimoliy Amerikaning geologik rivojlanish tarixi va barcha
davrlarda yuz bergan tektonik harakatlar materikning xozirgi kiyofasini va relef 
xususiyatlarini shakllantirdi. Turtlamchi davr tarixi materik yer yuzasini uzil-kesil
shakllanishida va xozirgi relef shakllarini vujudga kelishida muxim rol uynaydi. 
Ayniksa turtlamchi davr materik muzliklarining relefga bo‘lgan ta’siri kuchli
bo‘ldi.

Kuyi turtlamchi davrda vertikal tektonik harakatlar ta’sirida materikning


katta qismini kutarilishi bilan materik va tog‘ muzliklarini tarqalishi bir vaqtga 
tug‘ri keldi.
Shimoliy Amerikaning materik muzligi eng yirik muzliklardan hisoblanib, u 
15,6 mln. km2 maydonni egallagan. Bu muzlik maydoni jixatdan YYevropa
materik muzligidan ikki marta, xozirgi Antarktida muzligidan bir oz katta bulgan. 
Matershykday turt marotaba muzliklar bo‘lib o‘tgan. Bu muzliklarning nomi
YYevropa muzliklaridan farq. qilib, ular shtatlar nomi bilan atalgan. Bular 
Nebraska, Kanzas, Illinoys va Viskonsin muzliklaridir. Nebraska va Kanzas
muzliklari eng qadimiylari bulib, ular Gudzon qo‘ltig‘idan g‘arbda joylashgan 
Kordilera va Kivatin markazlaridagi muz massalaridan tuyingan. Keyinrok, sodir
bo‘lgan Illinoys va Viskonsin muzliklari Labrador markazidan tarqalgan. 
Maksimal muzlikning janubiy chegarasi garbda Tinch okean soxili
yakinidagi Vankuver orolining janubidan boshlanib, Missuri daryosining yukori 
qismida Kordilerani kesib utib, Missuri okimi buylab sharqqa tomon yunaladi.
Keyin Missisipi va Ogayo daryolari bo‘ylab davom etib, Nyu-York shtatining 
janubidan o‘tib, Long-Aylend oroli orqali Atlantika qirg‘oqadagi Kod burnigacha
boradi.



Materik muzliklari Shimoliy Amerikaning- relefini va landshaftlarini


uzgarishiga juda katta ta’sir kursatadi. Muzliklar ta’sirida bo‘lgan xududlar relefida 
shimoldan janubga karab birin ketin almashinadigan uchta geomorfologik oblast
ajratiladi: 1) Kanada qalqonini muzlik sidirib ketgan oblasti, 2) qalqonning chekka 
qismidagi va Markaziy tekisliklarning shimolidagi muzlik akkumulyatsiya oblasti,
3) Markaziy tekisliklar janubidagi flyuvioglyatsial qumoq-suglinkali yotkiziklar 
oblasti. Bu oblastning katta maydoni lyossli tekisliklar bilan band.
Tog‘ muzliklari Kordilera tizimining tog‘ tizmalarida, tog‘ oralig‘i yassi 
tog‘liklarida va kisman Appalachining shimoliy qismida sodir bo‘lgan. Tog‘
tizmalarining relefiga vodiy va tog‘oldi muzliklari, tog‘ oraligi platolari relefi 
muzliklar o‘z ta’sirini ko‘rsatgan va ularning izlari xozirga qadar yaxshi sakdanib
qolgan.

Shimoliy Amerika yer yuzasining uzgarishiga va landshaftlarini


transformatsiyalanishiga materik va tog‘ muzliklaridan tashkari yangi tektonik 
harakatlar (neotektonika) ham kuchli ta’sir kursatgan. Xozirgi kunda Kanada
qalqonining janubiy qismi yiliga 0,8 dan 1,4 mm gacha kutarilmoqda, Michigan 
kuli atrofi 6,1 mm gacha, Meksikayoni pasttekisligi 6,6 mm gacha cho‘kmoqda.
Materikning garbida chukish jarayoni Vankuver orolibilan Kaliforniya yarim oroli 
oralig‘ida 0,7 dan 4,5 mm gacha tezlik bilan davom etmoqda. Maksimal cho‘kish
Kaliforniyaning San-Xoakin vodiysi uchun harakterli bo‘lib, yiliga 54 sm ni 
tashkil etadi. Vulkanlarnnng otilishi va kuchli zilzilalar ayniqsa Kordileraning
Alyaska va Meksika regionlari uchun xosdir. Bu yangi tektonik harakatlarning 
Shimoliy Amerikada xozir ham faol davom etayotganligidan darak beradi.


Relefi 
Shimoliy Amerikaning xozirga yer yuzasini tuzilishi va xususiyatlari 
antropogen davrida yangi tektonik harakatlar va tashqi kuchlar ta’sirida shakllanib,
bir necha mustakil morfostrukturalarga va xilma-xil relef shakllariga ega bo‘ldi. 
G.A.Beloselskaya yirik geomorfologik regionlarni morfostruktura oblastlari deb
qaraydi. 
Shulardan
ikkitasi materikdan shimolda joylashgan bo‘lib, ular 
platformaning chekka kismlarini parchalanishi natijasida vujudga kelgan
Grenlandiya va Kanada-Arktika arxipelagi oblastlaridir. Qolgan morfostruktura 
oblastlari - Kanada qalqoni tekisligi, Markaziy tekisliklar, Buyuk tekisliklar,
Appalachi tog‘lari, Shimoliy Kordilera, Meksika yassi tog‘ligi va boshkalar 
materik yer yuzasi tuzilishini asosini tashkil etadi. Shimoliy Amerikaning o‘rtacha
balandligi g‘arbda 1700 m ga, sharqda 200-300 m ga va materik bo‘yicha 720 m ga 
teng.
Materikning shimoliy Gudzon qultig‘i atrofidagi Kanada qalqoni tekisliklari 

plato va yassi tog‘liklardan tarkib topgan. Ular ayrim xollarda Lavrentiya yassi


tog‘ligi deb ham ataladi. Bu oblastlarda balandligi 200-400 m keladigan yassi 
tog‘liklar katta maydonni egallab olgan. Lavrentiya platosining o‘rta qismi
botiqsimon-tepalikli tekislik bo‘lib, uning balandligi 200 m ga yetmaydi. 
Markazdan atrofga qarab tekislik yuzasi asta-sekin 300-400 m gacha ko‘tarila
boradi. Labrador yarim orolida balandligi 600-700 m ga yetadigan qoldiqli tog‘lar 


uchraydi. Uning shimoli-sharqiy qismida dengiz satxidan 1500 m dan ham yukori


kutarilgan kristall jinsli Torngat koyali tog‘lari cho‘zilgan. Bu tog‘ning eng yukori 
nuqtasi Serk chuqqisida 1622 m ni tashkil etadi. Yarim orolda balandligi jixatdan
ikkinchi o‘rinda Otish (1128 m) tog‘i turadi. Lavrentiya yassi tog‘ligi kadimgi 
peneplen bo‘lib, to‘lkinsimon yuzasi materik muzliklari ta’sirida kayta ishlangan.
Plato yuzasida muzliklar sidirgan izlar, sillikdangan toshlar-kuy peshonalari, 
to‘planib qolgan harsang toshlar uchraydi. Bu oblastda muz-tektonik ko‘llar keng
tarqalgan. 
Lavrentiya platosidan janubda qalin paleozoy yotkizikdari bilan qoplangan
platforma ustida umumiy qiyaligi janub tomon yunalgan Markaziy tekisliklar 
joylashgan. Tekislik relefida yer yuziga chikib qolgan, qadimiy jinslardan tarkib
topgan balandliklar-anteklizalar ajralib turadi. Bulardan eng yirigi Adirondak 
gumbazsimon tog‘i bo‘lib, uning Marsi chuqqisi dengiz satxidan 1628 m baland
ko‘tarilgan. Adirondak tog‘i ko‘shni Appalachi tog‘ tizimidan Shampleyn ko‘li 
grabeni va Moxok daryosi orkali ajralib turadi. Relefida Markaziy tekisliklarning
shimoliy qismiga o‘xshash muzlik shakllari asosiy o‘rin egallaydi. 
Markaziy tekisliklarning cho‘kish zonasi bilan Kanada qalqonining janubiy
chegarasidagi ko‘tarilish zonasining tuknashgan qismida Buyuk ko‘llarning chukur 
botiqlari va Markaziy tekisliklarning shimoliy qismi uchun harakterli bulgan kuest
relef shakllari hosil bo‘ldi. 
Markaziy
tekisliklarning 
janubiy
qismi

flyuvioglyatsial


yotkizikdar 
akkumlyatsiyalashgan qumoq va suglinkali tekisliklardan tarkib topgan. Bu yerda
ham Rossiya tekisligining janubiy qismiga o‘xshab erozion vodiy-balka tipidagi 
relef shakllari keng tarqalgan. Xatto Missuri va Arkanzas daryolari oraliklari,
Ozark platosining chekka uchastkalari shunchalik parchalanganki, ularning ayrim 
joylari tog‘lar deb ham ataladi. Mississipi daryo vodiysi markaziy tekisliklarning
shimoliy qismida morena tepaliklari oraligida unchalik darajada yaqqol 
ifodalanmagan, ammo janubda juda chuqur va keng vodii hosil qilgan.
Platformaning garbiy qonotida Buyuk tekisliklar joylashgan. Ular paleozoy, 
mezozoy va kaynozoy cho‘kindi jinslari bilan qoplangan. Tekisliklarning sharqqa
qarab pasayib borgan pogonasimon yuzasining shakllanishi Kordilera tizimining 
Koyali tog‘larini ko‘tarilishi bilan chambarchas bog‘lik. Buyuk tekisliklarning
ko‘tarilgan platosimon shimoliy qismi Kanadaning Alberta va Saksachevan 
shtatlari xududida joylashgan bo‘lib, balandligi 500-1000 m atrofida. Yer yuzasida
muzlik relef shakllari yaxshi saqdangan. Tepalik-ko‘l tekisliklari keng tarqalgan. 
Missuri vodiysining janubidan to Kaneydian daryosi vodiysigacha bo‘lgan
masofada zinapoyasimon tekislik joylashgan. Uning balandligi zinapoya buylab 
500-1000 m, 1000-1500 m va 1500 dan ham orta boradi. Bu zinapoyalar baland
pog‘onalar bilan chegaralanib, chuqur vodiylar ularni aloxida uchastkalarga bo‘lib 
tashlagan. Missuri platosi, Baland tekisliklar ana shunday uchastkalardandir.
Tekislikda eroziya natijasida tik yon bag‘irli jar va daralar bilan uyilgan yerlar 
ko‘p uchraydi. Ular bedlendlar (buzuq yerlar) deb ataladi.
Kaneydian daryosidan janub tomonda janubi-garbiy platolar va balandliklar 
geomorfologik oblasti joylashgan. Bu oblast tektonik jixatdan Shimoliy Amerika
platformasining janubi-garbiy parchalangan qismini tashkil etadi. Uning xududida 


gersin bosqichida burmalangan geologik strukturalar mavjud. Gersin strukturapari


ayrim joylarda yer yuziga chiqib, uncha baland bo‘lmagan tog‘larni va platolarni 
hosil kilgan. Bular Arkanzasdagi Uoshita tog‘i (balandligi 884 m), Oklaxomadagi
Arbakl tog‘i, Garbiy Texasdagi Maraton balandligi (1900 m) va boshqalar. 
Geomorfologik oblastning janubi-garbiy qismida Lyano-Yestakado tekis
ohaqtoshli platosi (balandligi 1300 m) va Eduarde platosi (800 m) joylashgan. Bu 
tog‘ va platolarda erozion va karst relef shakllari yaxshi rivoj topgan. Lyano-
Yestakado platosining janubida juda katta Karlsbar g‘ori bor. Platolar va tog‘lar 
oraligidagi cho‘kmalar paleozoy, mezozoy va kaynozoy yotkizikdari bilan to‘lgan
bo‘lib, yuzasi ko‘plab kurib koladigan dare vodiylari bilan kesilgan. 
Shimoliy Amerika platformasini sharqdan va janubdan o‘rab turgan
paleozoy strukturasi xududida Appalachi tog‘lari, Atlantika buyi va Meksika buyi 
payettekisliklari kabi morfostruktura oblastlari ajratilgan.
Materikning sharqiy chekkasini o‘rtacha balandlikdagi,yekzogen kuchlar 
ta’sirida kuchli yemirilgan, tekis tepali Appalachi tog‘ tizimi egallab olgan.
Appalachi tog‘lari shimolda Nyufaundlend orolidagi baland bulmagan 
kutarilmalardan boshlanib, materikning janubida Birmingem-Kolumbus shaharlari
chizigigacha sub-meridional yunalishda davom etadi. Tog‘li oblast Missisipi
"
payettekisligida uzilib, undan garbda Markaziy tekisliklar chegarasida uncha 

baland bo‘lmagan Uoshito ko‘tarilma tog‘i ko‘rinishida namoyon bo‘ladi.


Appalachi tashqi qiyofasiga ko‘ra Yevrosiyoning Ural tog‘lariga o‘xshab ketadi. 
Har ikkalasi ham paleozoyning kaledon va gersin bosqichlarida hosil bo‘lgan
keksa tog‘lardir. 
Appalachi tog‘larining shimoliy qismi kadimiyrok bo‘lib, paleozoyning
kaledon burmalanishida vujudga kelgan, janubiy yoshrok, qismi gersin bosqichida 
burmalangan. Ularni bir-biridan Mogauk tektonik cho‘kmasi va undan oqib
o‘tadigan Moxok hamda Gudzon daryolari ajratib turadi. Mogauk tektonik 
cho‘kmasi Eri kulidan to Nyu-Iorkkacha cho‘zilgan.
Nyu-Iorkdan shimolga cho‘zilgan Shimoliy Appalachi tog‘lari krisall va 

metomorfik jinslardan tarkib topgan, balandligi 2000 m ga yetmaydi. Eng baland


joylari Uayt-Mauntins (Vashington tog‘i - 1616 m) va Grin-Mauntins (Mansfild 
tog‘i - 1338 m) gorst tog‘lari hisoblanadi. Shimoliy Appalachining tepalari va yon
bagrlariga materik muzliklari kuchli ta’sir etgan. Relefida morena tepaliklari, ko‘l 
botiklari va boshka muzlik shakllari uchraydi.
Janubiy Appalachi tog‘larining geologik strukturasi va relefi Shimoliy 
Appalachiga nisbatan murakkab tuzilgan, balandligi 2000 m dan oshadi. Uning
sharqni qismidagi togoldi Pidmont platosi gneys va granitlardan tarkib topgan va 
koledon bosqichida burmalangan. Pidmont platosidan garbda kuyi kembriy kvarsit
va konglomeratlardan tashkil topgan kadimiy antiklinoriy - Blu-Ridj tog‘i (baland 
nuqtasi Mitchell tog‘i - 2037 m) joylashgan. Appalachining kolgan garbiy qismlari
paleozoyning qalin ohaqtoshlari, dolomitlari, gilli slanesdaridan tarkib topgan 
bo‘lib, gersin tog‘ burmalanishida hosil bo‘lgan. Garbda Blu-Ridj tog‘iga parallel
ravishda yunalgan Kamberlend va Allegan (balandligi 1481 m) platolari 
joylashgan. Paralel yunalgan tog‘larning oraligidan uzok masofaga cho‘zilgan



Tennessi daryosining Katta vodiysi kesib utgan. Bu region uchun kuchli


parchalangan tipik appalachi relef shakllari harakterli. 
Materikning janubi-sharqida Atlantika bo‘yi va Meksika bo‘yi (Missisipi)
pasttekisliklari joylashgan. Bu pasttekisliklar mezozoy va kaynozoyning qalin 
yotkizikdari bilan qoplangan paleozoy qurulmalari ustida shakllangan.
Yotkiziklarning qalinligi Atlantika soxillarida 4000 m gacha va Meksika 
soxillarida 6000 m gacha boradi. Qirgoq bo‘ylarida dengiz terrasalari, daryo
vodiylari, dyunalar, pastkam botqoqliklar, lagunalar yaxshy rivojlangan. 
Pasttekisliklar yuzasi Atlantika okeani va Meksika qo‘ltig‘i tomon pasayib boradi.
Atlantikabuyi pasttekisligidan Meksikabuyi pasttekisligiga o‘tish joyning 
janubida Florida yarim oroli joylashgan. Yarim orol qalin katlamli bo‘r, paleogen
va neogen ohaqtoshlaridan tarkib topgan. Yuzasining tuzilishi pastlik va tekis 
bo‘lib, karst relef shakllari va botkokdangan yerlarning ko‘p tarkalganligi bilan
harakterlanadi. 
Materikning garbiy qismi mezozoy va kaynozoy tektonik strukturalaridan
tarkib topgan Kordilera tog‘ tizimi bilan o‘ralgan. Kordilera Yer yuzidagi eng uzun 
tog‘ tizimi bo‘lib, u shimoliy va Janubiy Amerikaning garbiy chekkasi buylab
Alyaskaning Arktika Olovli Yer arxipelagigacha 18 ming km dan ortiqroq 
masofaga cho‘zilgan. Kordileraning Shimoliy Amerikadagi qismi esa Panama
bo‘yigacha davom etib, Vest-Indiya orollarini uz ichiga oladi va mustakil tog‘li 
tabiiy geografik o‘lkani tashkil etadi.
Kordilera tog‘ tizimining xozirgi relef shakllari yura davridan boshlab 
neogen davrigacha davom etgan orogenik bosqichlarda vujutga kelgan. Uning
rel’efini shakllanishiga tog‘ burmalanishlaridan tashqari vertikal tektonik 
harakatlar, uzilmalar, vulkanlar va antropogen davri muzliklari katta ta’sir
kursatgan. 
Kordileraning shimoldan janubga qarab cho‘zilgan har bir uchastkasi har xil
tog‘ burmalanish boskichlarida birin-ketin shakllana borgan, paralel ravishda 
yunalgan antiklinoriy va sinklinoriy tektonik strukturalarni hosil qilgan. Ana shu
tektonik strukturalarda tof tizmalari, platolar, yassi tog‘liklar, botikdar hosil 
bo‘lgan. Bular uz navbatida orografik jixatdan bir-biridan farq kiladigan beshta
strukturali tektonik zonaga bo‘linadi. Zonalar sharqdan g‘arbga qarab quyidagicha 
joylashgan:
1. Larami bosqichda hosil bo‘lgan sharqiy tog‘lar zonasi. Bunga Bruks 
tizmasi, Makenzi tog‘i, Kanada va AKSH ning Koyali tog‘lari (baland nuqtasi
Elbert tog‘i - 4399 m) va Meksikaning Sharqiy Serra-Madre tog‘lari kiradi. 
2. Ichki yassi tog‘lar va platolar zonasi. Bu zonaga Yukon yassi tog‘ligi,
Freyzer va Kolumbiya platolari, Katta Xavza yassi tog‘ligi, Kolorado platosi va 
Meksika tog‘ligi qaraydi. Zona larami va nevada strukturalari oraligida joylashgan.
3. Nevada boskdchida hosil bo‘lgan baland tog‘lar. Bular yura davrida 
burmalangan Alyaska tizmasi (yeng baland chukkisi Mak-Kinli - 6193 m),
Kanadaning qirg‘oq tizmasi, Kaskad tog‘lari, Serra-Nevada, Garbiy Serra-Madre 
va Kundalang Vulkanik Serra tog‘laridan iborat.
4. Tektonik cho‘kmalar zonasi. Bu zona qo‘ltiqlar, bug‘ozlar va allyuvial 
pasttekisliklardan tarkib topgan bo‘lib, unga Alyaskaning Kuk qo‘ltig‘i, Kanada



soxillaridagi Kirgok cho‘kmasi, AKSH ning Oregon va Kaliforniya vodiylari


hamda Meksikaning Kaliforniya qo‘ltig‘i qaraidi. 
5. qirg‘oq bo‘yi antiklinal tizmalar zonasi. Bu zona uchun alp strukturalari
harakterli bo‘lib, AKSH ning qirg‘oq tog‘larini, Kaliforniya yarim oroli Serralarini 
va Meksikaning Janubiy Serra-Madre tog‘larini o‘z ichiga oladi.



Yüklə 3,31 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   185   186   187   188   189   190   191   192   ...   376




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin