O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand davlat universiteti ro`yhatga olindi №2018 yil «Tasdiqlayman»



Yüklə 3,31 Mb.
səhifə197/376
tarix26.12.2023
ölçüsü3,31 Mb.
#197416
1   ...   193   194   195   196   197   198   199   200   ...   376
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi s-www.hozir.org

O‘simligi 
Nixoyatda xilma-xil bo‘lgan iqlim sharoiti va tuproq qoplami Shimoliy 
Amerikaning o‘simlik dunyosiga ham o‘z ta’sirini ko‘rsatgan. Materikning kenglik
va balandlik bo‘ylab differensiyalashgan o‘simlik tiplari paleazoydan to 
antropogenga qadar sodir bo‘lgan tog‘ burmalanish bosqichlari, yangi tektonik
harakatlar 
va
iqlimning 

o‘zgarishi


tufayli

degradatsiyalanib


va

transformatsiyalashib xozirgi qiyofaga ega bo‘lgan.


Bo‘r davrining oxiridan to paleogengacha materikda mo‘’tadil va subtropik 
flora xukmronlik qilgan. Neogen davrida tektonik harakatlarning kuchayishi bilan
landshaftlarning o‘zgarishi va differensiatsiyalanishi keskin faollashadi. 
Materikning ko‘tarilayotgan g‘arbiy qismida kserofitizatsiyalanish jarayoni
natijasida keng bargli urmonlar maydoni qisqara boradi va ularning o‘rnini igna 
bargli o‘rmonlar egallay boshlaydi. Materikning sekinlik bilan ko‘tarilayotgan
sharkiy qismida Atlantika okeanining iliq va nam xavo massalari tasirida keng 
bargli o‘rmonlar yaxshi saqlanib qolgan va rivojlanishni davom etdirgan. Shimoliy
Amerikaning markaziy kismida dengiz chekingandan keyin, quruq va kontinental 
sharoitning kuchayishi va ikdimning sovushi tufayli ut o‘simliklari shakllanib,
ularning turli xil formatsiyalari vujudga kela boshlagan. 
Neogenning oxirida iqlimning asta-sekin sovushi subtropik o‘simliklarining
xalok bo‘lishiga va ularning bir necha turlarini janubiy o‘lkalarga chekinishiga 
sabab bo‘lgan. Natijada materikning shimoliy va o‘rta qismlarida mo‘’tadil kenglik
o‘simliklari tarkib topa boshlagan. Mo‘’tadil kengliklardagi flora tarkibi va 
harakteri o‘simlik tiplari bilan (tundra, tayga, dasht, cho‘l va boshka o‘simlik
tiplari) Yevrosiyoning flora tarkibi va o‘simlik tiplari o‘rtasi o‘xshashliklar 
mavjud. Bunga sabab har ikkala materikning shimoyli qismlarini qadimiy geologik
rivojlanish davrida bir-biri bilan tutash bo‘lganligidadir. 
Paleogen davrida materikning janubida tropik flora ko‘pchilikni tashkil
etgan.

Keyinchalik


tropik

flora
kserofitizatsiyalanish 


natijasida
kuchli

transformatsiyalashgan, flora tarkibi Markaziy va Janubiy Amerikadan kelgan


o‘simlik turlari hisobiga boyib borgan. 
Binobarin, uzok davom etgan tarixiy taraqqiyot evaziga materik florasi va
o‘simlik tiplari o‘rtasida katta farqlar yuzaga kelgan. Bu farqlar Shimoliy 


Amerikani Golarktika va Neotropik flora oblastlariga bo‘lishda asos bo‘lib xizmat


qilgan.

Shimoliy Amerikaning katta maydoni, shimoliy va o‘rta kismlari Golarktika


flora oblastiga qaraydi. Bu oblastda tundra, igna va keng bargli o‘rmonlar, dasht va 
cho‘l o‘simliklari keng tarqalgan. Golarktika flora oblasti o‘simlik tiplarining
xilma-xilligiga ko‘ra Arktika Kanada igna bargli, Appalachi keng bargli, 
Atlantikabuyi subtropik o‘rmonlari, Shimoliy Amerika dasht va Shimoliy Amerika
cho‘l kichik flora oblastlariga bo‘linadi. 
Arktika kichik oblstining o‘simliklari sovuq iqlim sharoitiga moslashgan
mox va lishayniklardan xalada pakana buyli butalardan tarkib topgan. Alyaska va 
Shimoliy Kanada tundralarida Yevrosiyo tundralariga nisbatan lishayniklar ko‘p
tarqalgan. Tundrada yer bag‘irlab o‘sadigan radodendron, kassiopiya, igna bargli 
mojjivelnik va endimik turlardan tog‘ dafnasi kabi butalar ko‘p uchraydi. Bulardan
tashqari pakana bo‘yli qayin, tol va zirklar ham bor. Tundraning janubiy qismi 
boshoqli o‘simliklarga va giyoxlarga boy.
Kanada igna bargli o‘rmonlar kichik oblasti mo‘’tadil mintaqaning sharqda 
Atlantika okeani soxillaridan g‘arbda Tinch okean qirg‘oqlarigacha bo‘lgan katta
xududni egallab olgan. Kanada igna bargli o‘rmonlari. Yevrosiyo igna bargi 
urmonlariga nisbatan o‘simlik turlariga boy Kanada kichik oblastining katta
maydoni bareal yoki "gudzon" tayga o‘rmonlari bilan band. Bu o‘rmonlarning 
asosii daraxt turlari ok yel, qora yel, Kanada yeli, Amerika tilsgochi, Bank
qaragayi, balzamli pixta, balzamli terak, tog‘ terak va kog‘ozli qayinlardan tarkib 
topgan. Igna bargli daraxtlarning aksariyati baland buyli va Shimoliy Amerikaga
xos endemik turlardir. Balzamli pixtadan texnikada ishlatiladigan Kanada balzami 
olinadi. Boreal o‘rmonlarning kuyi yarusi uchun mayda mevali butalar-kora va
qizil koragat (smorodina), xujagat (malina), chernika, bodrezak (kalina), na’matak 
va boshkalar harakterli.
Tinch okean qirg‘oqlaridagi igna bargli o‘rmonlar boreal o‘rmonlardan farq 
qilib, ular nam va yumshoq dengiz iqlim sharoitgida. Vujudga kelgan va o‘ziga xos
xususiyatlarga ega bo‘lgan o‘simlik tipidir. Doimi namlik bilan to‘yingan xavo 
daraxtlarning baland bo‘yli bo‘lib o‘sishiga ham kulaylik yaratgan. Shuning uchun
bu yerdagi igna bargli daraxtlarning bo‘yi 80-100 m gacha yetadi. Urmonlarda 
Duglas pixtasi, sitxa yeli, ulkan tuya yoki qizil qirqquloqlar g‘arbiy xemlok yoki
sugalar keng tarqalgan. Tuproq yuzasi qirqquloqlar va moxlar bilan qoplangan. 
Janubroqda sariq qarag‘ay, oq pixta, duglas pixtasi, shakar qaragay, doimiy yashil
sekvoyya va boshqa igna bargli daraxtlar o‘sadi. 
Kanada kichik oblastining janubi-sharkida, Buyuk ko‘llar atrofida aralash
"lavrentiy" o‘rmonlari o‘sadi. Ko‘llarning janubiy qirg‘oqlarida issiqlikni sezuvchi 
igna barglilar - tuya, g‘arbiy xemlok, qarag‘aylar bilan birgalikda keng barglilar –
shakar zarang, amerika shumtoli, amerika kayragochi, buk eman, juka va boshka 
daraxtlar ko‘p tarkalgan. Xrzirgi vaktda bu o‘rmonlarning katta qismi kesib
yuborilgan, ularning o‘rnini inson xo‘jalik faoliyati ta’sirida vujudga kelgan seliteb 
va agrolanashaftlar egallagan.
Appalachi keng bargli o‘rmonlar kichik oblasti Appalachi tizimini va uning 
g‘arbiy tomonidagi tekisliklarni o‘z ichiga oladi. Bu yerdagi bargini to‘kadigan



keng bargli o‘rmonlarning flora tarkibi juda boy. Urmonlarda YYevropa va


Sharkiy Osiyoda o‘sadigan urug‘dosh daraxtlar bilan bir qatorda qadimiy relikt 
(kadimdan sakdanib kolgan kol tik) turlar ham uchraydi. Umuman Appalachi Yer
yuzida o‘simlik turlariga eng boy o‘rmonlar o‘lkasi hisoblanadi. Uning tarkibi buk, 
eman, kashtan, kayragoch, zarang, yasen, juka, chinor va boshqa turdagi
daraxtlardan tashkil toptan. 
Kichik oblastning janubiy qismida qadimiy, issiqlikni sevuvchi turlar - lola
daraxti, magnoliya, gikori, katta bargli likvidambar kabi daraxtlar ham uchraydi. 
Urmonlarning kuyi yarusi azaliya, siren, sumaxa kabi o‘simliklarga boy. Daraxtlar
lianalar bilan chirmashgan. Xozir bu regionda qishloq xujaligi yaxshi 
rivojlanganligi sababli Appalachi o‘rmonlarining qadimgi bokira ko‘rinishidan
darak ham qolmagan. 
Appalachi o‘rmonlarining g‘arbiy tekislik qismida gikori-yemanli o‘rmonlar
tarkalgan. Ular asosan emanlarning va gikorilarning bir necha turlaridan tashkil 
toptan. Bu o‘rmonlarda amerika kayragochi va kora yong‘oklar ham hamkorlik
qiladi.

Atlantikabuyi subtropik o‘rmonlar kichik oblastiga Shimoliy Amerikanint


janubi-sharqiy qismi: Missisipnning janubidagi va Atlantikabuyi pasttekislidagi 
doimiy yashil subtropik o‘rmonlar hamda Florida yarim orolining shimoliy
qismidagi o‘rmonlar qaraydi. Urmonlarning tarkibi mahalliy sharoitga, tuproq 
xillariga va ona jinslarga qarab o‘zgaradi. Kizil tuproqni nam yerlarda
qarag‘ayzorlarning subtropik turlari, doimiy yashil buk, etan, magnoliya va xilma-
xil liana va epifit o‘simliklari o‘sadi. Balandroq va quruqroq joylarda pakana
bo‘yli amerika sabal palmasi uchraydi. 
Doimiy nam va suv bosadigan Missisipi pasttekisligida, Florida
qirg‘oqlarida endemik tur - botqoq sarv daraxtlaridan iborat o‘rmonlar keng 
tarqalgan. Bu o‘rmonlarda aralash xolda nissa yoki tupeloning bir necha turlari,
qora paxta daraxti o‘sadi. Botqoqliklar o‘rtasidan ko‘tarilib turgan joylarda 
lirasimon eman, qora eman, qora yasen, gikorilar uchraydi. Subtropik o‘rmonlar
g‘arbda meridional yunalgan dasht zonasi bilan chegaralanadi. 
Kaliforniya subtropik o‘rmonlar kichik oblastiga 42° sh.k. dan Kaliforniya
yarim orolining shimoligacha bo‘lgan Tinch okean qirg‘oq polosasi va unga yakin 
joylashgan tog‘ yon bag‘rlari qaraydi. Bu xudud uchun subtropik iqlim va tuproq-
o‘simlik qoplamining o‘rta dengiz tipi harakterli. Regionning jigar rang, bo‘z va 
qo‘ng‘ir tuproqlari kserofit o‘rmonlar va buta o‘simliklari bilan qoplangan.
Urmonlar tarkibida sariq va veymut qarag‘aylari, ulkan tuya yoki g‘arbiy qizil 
kedr, g‘arbiy xemlok, ulug pixta ko‘p uchraydi. Oregonning Tinch okean
qirg‘oqlaridagi o‘rmonlar Duglas pixtasi, xemlok, tuya, sitxa yeli, yirik bargli 
zarang, eman va yer daraxtlaridan tarkib topgan. Tinch okean soxili bo‘ylab
balandligi 80-100 m ga boradigan qizil po‘stloqli doimiy yashil sekvoyyalar o‘sadi. 
Bu o‘rmonlar polosasini mahalliy xalqlar kizil o‘rmon deb ham ataydi. Iqlimning
kontinentalligi orta borgan joylarda o‘rmonlar butazorlar bilan almashinadi. 
Butazorlarda doimiy yashil eman butalari keng tarqalgan.
Shimoliy Amerika dasht kichik oblasti Missisipi vodiysi bilan Koyali 
toglarnint oralig‘idagi Buyuk tekisliklarni va Markaziy tekisliklarning g‘arbiy



qismini egallagan. Kichik oblastning asosiy o‘simlik qoplami dasht o‘simlik


tipidir. Uning shimoliy va sharqiy qismlarida baland bo‘yli dasht o‘simliklari va 
qisman o‘rmon massivlari tarqalgan. Garbiy qismida dasht o‘simliklari past bo‘yli
va o‘rmonsiz bo‘lib, Yevrosiyoning tipik dashtlarini eslatadi. Shimoliy Amerikada 
dashtlar preriyalar deb ataladi.
Markaziy tekisliklarning Kanada preriyasi boshoqli o‘simliklarning keng 
tarqalganligi bilan ajralib turadi. Ayniksa chalov va bug‘doyiqlardan tashkil topgan
maydonlarda yarongul, chuchmoma, qo‘qongul, xashaki nuxatlar aralash xolda 
o‘sib, rang-barang tlokzorlar hosil kiladi.
Markaziy tekisliklarning AKSH preriyasida asosiy rangni boshoqlilar 
oilasiga mansub baland bo‘yli moviy chatir o‘tlar tashkil etadi. Aralash xolda
chalov, tonkonog, bug‘doyiqlar ham o‘sadi. o‘t o‘simliklaridan tashkari daryo 
vodiylarida va suvayirg‘ichlarda o‘rmon massivlari uchraydi. Siyrak o‘rmonlar
shimolda tog‘ terak va qayinlardan, janubda eman va gikorilardan iborat. 
Shimoliy Amerika cho‘l kichik oblastiga Farbning cho‘l va chalacho‘l yassi
tog‘liklari - Kolumbiya, Katta Xavza, Kolorado va Meksika yassi tog‘ligining 
shimoliy qismi kiradi. Asosiy o‘simlik qoplami buta va yarim butalardan tashkil
topgan. Kolumbiya yassi tog‘ligida bug‘doyik, chalov, tonkonog va shuvoklar 
siyrak o‘sadi. Katta Xavzada chalacho‘l o‘simliklari - shuvok, olabuta keng
tarqalgan. Xavzaning shimolida balandligi 2 m ga va ildizi 6 m ga yetadigan kora 
shuvoq o‘sadi, janubida olabuta sho‘ra o‘simligi ko‘pchilikni tashkil etadi.
Kolorado platosida shuvoqlar kamayib, kreozot butalar va sukkulentlar soni orta 
boradi. Kaktuslar, agavalar, kikalar orasidan bo‘yi 18 m ga yetadigan ulkan
kaktuslar kad ko‘tarib turadi. Platoning janubida butali meskit va tikanli akatsiyalar 
qalin o‘sib, o‘tib bo‘lmaydigan changalzorlar hosil kiladi.
Shimoliy Amerikaning janubiy tor qismi - Meksika xududi, Markaziy 
Amerika va Floridaning janubiy qismi Neotropik flora oblastiga qaraydi. U o‘z
navbatida Meksika kserofit va Karib o‘rmon kichikk oblastlariga bo‘linadi. 
Meksika kserofit kichik oblastiga Meksika tog‘ligining barcha maydonini
qamrab olgan Meksika xududi qaraydi. Bu yerda kaktuslarning 50 dan ziyod 
turlari, daraxsimon va butali agavalar, dukkakli butalar, yukka, meskit, gvayula
kabi o‘simliklar keng tarqalgan. Kaktus florasining vujudga kelish markazi 
Meksika yassi tog‘ligining shimoliy qismida bo‘lgan. Yomg‘ir davrida cho‘llar
yashil gilam bilan burkanadi va tezda qovrab qoladi. Tog‘likning janubiy 
balandrok qismida sukkulentli cho‘l tog‘ dashti bilan almashinadi. Dashtlarda
kaktus, agava, kakalar orasida boshoqli va turli xil yalanglar uchraydi. Yassi 
tog‘likni o‘rab turgan tog‘ tizmalarida karag‘aylar, emanlar, kiparislar,
mojjevelniklar o‘sadi. 
Karib o‘rmon kichik oblastiga Meksikaning janubiy chekka qismi,
Floridaning janubi va Vest-Indiya kiradi. Namlik ko‘p bo‘lgan Meksika va 
Markaziy Amerikaning sharqida hamda Floridaning janubida giley tipidagi doimiy
yashil nam tropik o‘rmonlar rivojlangan. Iqlimi quruq bo‘lgan Tinch okean 
qirg‘og‘ida bargini to‘kuvchi tropik o‘rmonlar va savannalar vujudga kelgan. Nam
tropik o‘rmonlarida 50 dan ziyod palma turlari, jumladan qirol palmasi, qamish 
palma va boshqa turlar kupchilikni tashkil etadi. Urmonlarda doimiy yashil



emanlar, dafna, mirta, florida tissasi, yovvoyi anjirlar, daraxsimon qirqbug‘inlar


o‘sadi. Soxil bo‘ylari mantra o‘rmonlari bilan band. 
Meksikada qimmatbaxo daraxtlar ko‘p uchraydi. Ayniksa sedrela, seyba
(paxta daraxti), kaoba (kizil daraxt), braziliya daraxti va boshqa turlar aloxida o‘rin 
tutadi. Bargini to‘kuvchi tropik o‘rmonlarda va savannalarda magnoliya, akatsiya,
amarant, meksit, indigo butasi va boshqa daraxtlar o‘sadi. Tog‘ tizmalarida 
qarag‘ay va emanlardan tarkib topgan tog‘ o‘rmonlari bor.



Yüklə 3,31 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   193   194   195   196   197   198   199   200   ...   376




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin