O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand davlat universiteti ro`yhatga olindi №2018 yil «Tasdiqlayman»



Yüklə 3,31 Mb.
səhifə198/376
tarix26.12.2023
ölçüsü3,31 Mb.
#197416
1   ...   194   195   196   197   198   199   200   201   ...   376
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi s-www.hozir.org

Hayvonot dunyosi 
Shimoliy Amerika xayvonot olamining tarkalishi va harakterli xususiyatlari 
iqlim sharoiti, o‘simliklari va materikning geologik tarixi bilan uzviy bog‘liq.
Uning fauna kompleksi ko‘p jixatdan Yevrosiyo fauna kompleksiga o‘xshash. 
Buning boisi yaqin geologik davrga qadar Shimoli-Yearbiy Amerika bilan
Shimoli-Sharkiy Osiyo o‘rtasida materiklarni tutashtiruvchi quruqlik ko‘prigi 
bo‘lgan. Bering bo‘g‘ozi o‘rnida mavjud bo‘lgan quruqlik har ikkala materik
bo‘ylab tarkalishiga sharoit yaratgan. 
Binobarin, Shimoliy Amerikaning katta qismidagi fauna kompleksi turlar
jixatdan Yevrosi fauna kompleksiga yaqin bo‘lganligi uchun ular yagona 
Golarktika zoogeografik oblasti tarkibiga kiradi. Shimoliy Amerika Yevrosiyodan
ajralgandan so‘ng, uning xududida Yevrosiyoda uchramaydigan xayvon turlari 
ham paydo bo‘ladi. Jumladan, sutemizuvchilarning endemik turlari - ayri shoxli
antilopalar, tog‘ kunduzlari, gofer kalamushlari vujudga kelgan. 
Materikning janubiy qismidagi ko‘pchilik turlar (puma, yaguar, otselot,
branenos va boshkalar) Janubiy Amerikadan o‘tib kelgan. Bunga sabab Shimoliy 
Amerika bilan Janubiy Amerika o‘rtasida quruqlik aloqa yo‘li Panama bo‘yni
orqali pliotsen davridan boshlanib mavjud bo‘lgan. Shuning uchun Shimoliy 
Amerikaning 20° sh.k. dan janubiy qambar qismi Neotropik zoogeografik
oblastiga qaraydi. 
Shimoliy Amerikaning deyarli hamma xududi (bundan Meksikaning janubiy
qismi istisno) Golarktika (Neoarktika) zoogeografik oblastini tashkil etib, u uchta 
kichik oblastga bo‘linadi: Arktika, Kanada va Sonor.
Arktika kichik oblastiga Lavrentiy yassi tog‘ligining tekislpk tundrasi, 
Kanada Arktika Arxipelagi va Grenlandiya kiradi. Bu yerda eng yirik
sutemizuvchilardan ko‘yxukiz yashaydi. Biroq uning soni xozirgi vaktda juda 
kamayib qolgan. Amerika shimol bug‘usi tundra bo‘ylab keng tarqalgan. Alyaska
va Shimoli-Garbiy Kanadada Sibirdan va Laplandiyadan keltirilgan uy bugusi 
katta miqdorda kupaytirlgan. Boshqa xayvonlardan qutb bo‘risi, qutb kuyoni,
lemming, shimol tulkisi kabilar yashaydi. Kushlardan oq kaklik va oq boyqush 
Arktika kichik oblastining tipik ornitofaunasi hisoblanadi.
Kanada kichik oblasti materikning tayga va aralash o‘rmonlar faunasidan 
tarkib topgan. Kanada taygasi Shimoliy Amerikaning asosiy mo‘yna yetkazib
beradigan tabiiy bazasi bo‘lib xizmat qiladi. Ayniksa amerika qunduzi, suvsar, 
sassik kuzan, latcha, qizil va kumush rang tulkilar eng qimmatbaxo mo‘yna
beradigan xayvon turlaridir. Yirik tuyoklilardan amerika losi va kanada bug‘usi 


harakterli. Yirtkich xayvonlardan kungar ayik, bo‘ri, kanada silovsini, rosomaxa va


boshqalar yashaydi. 
Sonor kichik oblasti 43° sh.k. dan janubda Neotropik zoogeografik oblasti
chegarasigacha bo‘lgan xududni egallaydi. Bu kichik oblastning faunasi juda 
xilma-xil va neotropik turlar bilan boyigan. AKShning sharqdagi keng bargli
o‘rmonlarda tayga faunasi turlaridan tashqari Virginiya bug‘usi, badbuy (skuns), 
ko‘l rang tulki, qizil silovsin, kul rang olmaxon, krot, olaxurjun, o‘rmon suguri
kabi o‘ziga xos xiyvonlar tarqalgan. Subtropik o‘rmonlarda issiqlikni sezuvchi 
opossum, missisipi allegatori, allegator toshbaka, ibislar, kizil goz, sokakushlar,
karolina to‘tisi yashaydi. 
Ichki tekisliklarning dasht va urmon-dasht zonalarida ayri shoxli antilopalar,
bizonlar, mazam bug‘ulari uchraydi. Ular juda ham kamayib ketganligi munosabati 
bilan xozirgi vaqtda faqat quriqxonalarda yashaydi. Bu regionda yirtkichlardan
preriya bo‘risi (koyot), preriya tulkisi; kemiruvchilardan yumronkoziklar, paxta 
kalamushlari, utlok itchalari kup tarkalgan.
Kordilera toglari xilma-xil xayvon turlariga juda boy. Tog‘ urmon 
landshaftlarida yug‘on shoxli kuy, qor echkisi, grizli ayigi, Meksika yenoti, buri,
silovsin, puma; cho‘l va dasht landshaftli yassi tog‘liklarda kaltakesaklar, zaharli 
va bug‘ma ilonlar uchraydi. qushlardan kaliforniya kumayi (grif), kaliforniya
kakligi, kolibrilar yashaydi. 
Materikning Meotropik zoogeografik oblastiga Meksikaning fakat janubiy
kismigina kirib, Markaziy Amerika kichik oblastini tashkil etadi. Meksika 
togligining janubida ko‘plab tropik xayvonlari yashaydi. Ayniksa tapir, bronenos,
puma, yaguar, otselot, chumolixurlar, keng burunli maymunlar, timsoxdar, 
kolibrilar va to‘tikushlar ko‘plab uchraydi.


Yüklə 3,31 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   194   195   196   197   198   199   200   201   ...   376




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin