O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand davlat universiteti ro`yhatga olindi №2018 yil «Tasdiqlayman»



Yüklə 3,31 Mb.
səhifə195/376
tarix26.12.2023
ölçüsü3,31 Mb.
#197416
1   ...   191   192   193   194   195   196   197   198   ...   376
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi s-www.hozir.org

Ichki suvlari 
Shimoliy Amerika ichki suvlarining harakterli xususiyatlari: daryo va ko‘l 
xavzalarining maydoni, makondagi geografik taksimlanishi, sersuvligi, gidrologik
rejimi, xalq xo‘jaligidagi ahamyati bevosita uning relef va iqlim sharoiti bilan 
belgilanadi. Atmosfera yog‘inlari ko‘p tushadigan dengiz va musson iqlimli
joilarda daryolar tizimi va gidrografik tur yaxshi rivojlangan, yil davomida sersuv 
va to‘lib oqadi, yer osti suvlari yaxshi to‘yingan va yer yuzasiga yaqin yotadi,
yoysimon chukmalar qor va yomg‘ir suvlari bilan to‘lgan. Yog‘inlar kam 
yog‘adigan kontinental iqlimli yerlarda aksincha, daryolar siyrak, gidrografik tur



kam rivojlangan, daryolarning sersuvligi axyon-axyonda kuzatiladi, yer osti suvlari


yer yuzasidan chukurda yotadi, botiqlar suvsiz, kontinental rejim xukmronlik 
qiladi.
Daryolari. Shimoliy Amerikada gidrografik tur Afrika va Avstraliya 
materiklariga qaraganda yaxshi rivojlangan bo‘lib, ular Atlantika, Tinch va
Shimoliy muz okeanlari hamda ichki berk xavzalar o‘rtasida noteks taqsimlangan 
Materik daryolarining katta qismi Atlantika okeani va uning dengizlariga, kamroq
qismi Tinch va Shimoliy Muz okeanlariga quyiladi. Shimoliy Amerikaning 4,1% 
maydoni ichki berk xavzaga qaraydi. Bu boshka materiklarga qaraganda eng kichik
maydonni tashkil etadi. 
Jumladan YYevropaning 18% va Osiyoning 32% maydoni berk oqmas xavza
hisoblanadi.
Okean xavzalari o‘rtasidan o‘tadigan suvayirg‘ichlar relefda turli xil
ko‘rinishda ifodalangan. Tinch okean bilan Atlantika okeani xavzalari o‘rtasidagi 
suvayirg‘ich tabiiy yakkol ifodalangan bo‘lib, u Kordilera tog‘ tizimining sharqiy
tizmalari bo‘ylab o‘tgan. Atlantika okeani bilan Shimoliy Muz okeani xavzalari 
o‘rtasidagi suvayirg‘ich Kanada qalqonining janubidan, muzlik ta’sirida hosil
bo‘lgan tepalik tekisliklardan o‘tadi va relefda yakkolrok ko‘zga tashlanmaydi. 
Atlantika okeani xavzasiga Rio-Grande, Kolorado, Missisipi. Potomak,
Saskuixanna, Delaver, Gudzon, Avliyo Lavrentiy daryolari o‘z suvini quyadi. Bu 
daryolar yomg‘irlardan, qorlardan va grunt suvlaridan to‘yinadi. Shulardan
Missisipi-Missuri daryo tizimi Atlantika xavzasi va materikning eng uzun daryosi 
bo‘lishi bilan birga, u Yer yuzidagi eng uzun daryolardan biri ham hisoblanadi.
Missisipi-Missuri daryo tizimining uzunligi 6800 km, suv yigish maydoni 3268 
ming km2 va o‘rtacha yillik suv sarfi 19800 m3/sek. ni tashkil etadi. Suv sarfi
jixatdan Osiyoning Yenisey daryosiga (bu yerda ham o‘rtacha yillik suv sarfi 
19800 m3/sek) to‘g‘ri keladi.
Missisipi daryosi shimolda Yuqori ko‘lning Fapb tomonidagi muz ko‘llardan 
va botqoqliklardan boshlanib, janubda Meksika qo‘ltig‘iga kuyiladi. Uning
uzunligi 3750km. Missisipi morfologik jixatdan uch qismga bo‘linadi. Yukori 
qismi ensiz o‘zanlardan, tor vodiylardan iborat bo‘lib, mayda-mayda ko‘llar orqali
oqib o‘tadi. Kristall jinslar yer yuziga chiqib qolgan joylarda ko‘plab ostonalar 
hosil bo‘lgan. Missurining kuyilish joyigacha 20 dan ortiq to‘g‘onlar qurilgan.
o‘rta kismida daryo vodiysi 10-15 km gacha kengayib, buyuk daryo asosan bitta 
o‘zandan oqib o‘tadi. Missuri irmog‘i qo‘shilgach, Missisipining tiniq suvi
loykalanadi. Kuyi qismi keng tekislikdan oqib, kengligi 25 km dan 100 km gacha 
bo‘lgan vodiy hosil qiladi qirg‘oqlarda suv toshqiniga karshi dambalar qurilgan.
Daryoning quyilish joyida allyuvial yotqiziqlardan tashkil topgan yirik delta hosil 
bo‘lgan. Deltaning maydoni 32000 km2 bo‘lib, yiliga 85-100 km dengiz
ichkarisiga qarab o‘sib bormokda. Bunday tezlikdagi dinamik rivojlanishga sabab 
Missisipi har yili dengizga 360 mln tokizik keltiradi. Daryoning kuyilish joyida
o‘rtacha yillik suv sarfi 19000 m3/sek, maksimal sarfi 50000-80000 m3/sek va 
minimal sarfi 3000-5000 m3/sek. ni tashkil etadi. Suv satxinint ko‘tarilib-pasayish
farqi 14-18 m gacha boradi. Missisipining yuqori oqimi qishda 3-4 oy davomida 
muzlaydi.



Missisipi atamasi mahalliy indeeslar tilidan olingan bo‘lib, "Suvlar otasi",


"Buyuk daryo" degan ma’noni anglatadi. Xuddi shunday Misuri atamasi ham 
mahalliy axrli tilidan olingan bo‘lib, "Loyka daryo" demakdir.
Missuri Missisipining eng katta ung irmog‘i hisoblanib, uning uzunligi 4740 
km, xavzasining maydoni 1370 ming km2. Missuri Koyali tog‘larning sharkiy yon
bag‘ridan boshlanib, yuqori qismida juda jushqin oqadi, o‘rta oqimida Missuri 
platosini va kuyi oqimida Markaziy tekisliklarni kesib o‘tadi. Uning suv rejimi
notekis taksimlangan va nixoyatda tez o‘zgarib turadi. Yukori oqimi qordan, o‘rta 
va kuyi oqimlari yomg‘irdan to‘inadi. Baxorda sersuv bo‘lib to‘lib oqadi, ba’zan
kuchli suv toshqinlari sodir bo‘lib turadi. Yezda suvi kamayib sayozlanib qoladi. 
o‘rtacha yillik suv sarfi Missisipiga kuyilish joyida 2250 m3/sek. ga teng.
Maksimal suv sarfi 19000 m3/sek. gacha ko‘tariladi, minimal suv sarfi esa 150-170 
m3/sek. gacha kamayadi. Missuri vodiysida katta-katta suv omborlari qurilgan.
Missisipining chap irmog‘i bo‘lgan sersuv Ogayo daryosi Appalachi 
tog‘larining g‘arbiy yon bag‘ridan boshlanadi. Uning uzunligi 1520 km, o‘rtacha
suv sarfi 8000 m3/sek. qor va yomg‘ir suvlaridan to‘yinadi Suvning maksimum 
sarfi baxorga, korlarning erish davriga to‘g‘ri keladi. Yozgi musson mavsumida
ham daryo to‘lib oqadi. 
Materikning Shimoliy Muz okeani xavzasiga quyiladigan daryolari - Kolvill,
Makenzi, Koppermayn, Bak va boshqalar Atlantika va Tinch okeanlari xavzalariga 
kuyiladigan daryolardan o‘zining iqlim xususiyatlari va gidrologik rejimi bilan
keskin farq qiladi. Ular arktika va subarktika iqlim mintaqalariga xos tipik shimol 
daryolaridir. Bular orasida eng yirigi Makenzi daryosi bo‘lib, u Kanadaning Koyali
tog‘larini sharkiy yon bag‘ridan boshlanib, Makenzi pasttekisligini kesib o‘tadi va 
suvini Shimoliy Muz okeanining Bofort dengiziga kuyadi. Daryoning uzunligi
(Atabaska daryosi bilan) 4600 km, xavzasining maydoni 1804 ming km2, o‘rtacha 
suv sarfi 15000 m3/sek. Makenzi daryo tizimi Atabaska, Katta (Nevolniche) Ko‘l,
Kichik (Nevolniche) Ko‘l, Katta Ayik va bir necha mayda ko‘llar bilan tutashgan 
Yaryo o‘zining gidrologik xususiyatlariga ko‘ra Osiyoning Sibir daryolariga
o‘xshab ketadi. Kishda qariyb 6-7 oy mobaynida qor bilan koplanadi. Sentyabr-
oktyabrda muzlab, yukori oqimida Mai va quyi oqimida iyunnnig boshlarida
muzdan ozod bo‘ladi. Daryo asosan qor suvlaridan va qisman yomg‘ir hamda 
grunt suvlaridan to‘yinadi. Makenzi xavzasining yukori qismida va uning
irmoqlarida tosh ostonalari juda ko‘p. 
Shimoliy Amerikaning Tinch okean xavzasiga kuyiladigan barcha daryolari
Kordilera tof tizimining g‘arbiy yon bag‘ridan boshlanadigan qisqa, sersuv, tezoqar 
va gidroenergiya resurslariga boy daryolardir (Yukon, Freyzer, Kolumbiya,
Sakramento, Kolorado va boshkalar). Bular orasida eng yirigi va Alyaska xayotida 
katta ahamiyatga ega bo‘lgan Yukon daryosi Koyali tog‘larning g‘arbiy yon
bag‘ridan boshlanib, Yukon yassi tog‘ligi orqali oqib o‘tib Tinch okeanning Bering 
dengizidagi Norton qo‘ltig‘iga kuyiladi. Uning uzunligi 3700 km, xavzasining
maydoni 855 ming km2. Eng katta suv sarfi 5000-7000 m3/sek. ni va o‘rtacha suv 
sarfi 2000 m3/ sek. ni tashkil etadi. Kor suvlaridan tuyinadi va yozda toshib oqadi.
Kishda qariyb yarim yil davomida muzlab yotadi. Yukonning baliq boyligi 
mahalliy axrli xayotida katta rol o‘ynaydi.



Kolumbiya (2250 km) va Kolorado (Grin-River irmog‘i bilan 3200 km)


daryolari Kordilera tog‘ tizimining sharqiy qismidagi Koyali tog‘lardan boshlanib, 
ichki yassi tog‘liklardan va platolardan chuqur kanonlar hosil qilib oqib o‘tadi va
g‘arbiy tof tizmalarini kesib o‘tib okeanga kuyiladi. Kolorado daryosidagi Katta 
Kanon butun dunyoga mashxur, u daryo oqimi bo‘ylab 320 km masofaga
cho‘zilgan. Kanonning devorlari turli geologik davrlarda paydo bo‘lgan har xil 
rangli jinslardan tarkib topgan.
Shimoliy Amerika daryolarining xo‘jalikdagi ahamiyati juda katta. Barcha 
yirik daryolar dengiz va okeanlar bilan tutashgan bo‘lib, yuk tashuvchi kemalar
materik ichkarisigacha bemalol kiraoladi. Daryolarning aksariyati Buyuk ko‘llar va 
boshqa ko‘llar bilan kanallar orqali tutashgan. Daryo va ko‘l xavzalarini o‘zaro
bog‘lanishi mamlakatlararo suv transporti tizimini mukammal ravishda 
rivojlanishiga katta imkoniyat yaratadi. Kurg‘oqchil rayonlarda qishloq xo‘jalik
ekinlarini sug‘orishda daryo suvlaridan keng foydalaniladi. Yirik daryolarda 
yuzlab elektr stansiyalar va suv omborlari kurilgan.
Kullari. Shimoliy Amerikaning yirik kullari kelib chikishiga ko‘ra muz-
tektonik ko‘llar tipiga mansub bo‘lib, ular Kanada qalqonining g‘arbiy va janubiy
chegaralarida joylashgan. Bularga Katta Ayik, Katta (Nivolyiche) Ko‘l, Atabaska, 
Vinnipeg va Buyuk ko‘llar guruxi qaraydi. Buyuk ko‘llar tarkibiga Yukori, Guron,
Michigan, Eri. Ontario va bir qator mayda ko‘llar kiradi. Bu ko‘llar bir-birlari bilan 
tutashib, yagona va ulkan (maydoni 246 ming km2) chuchuk suv xavzasini hosil
qiladi. Ular orasida eng kattasi Yukori ko‘l (maydoni 82414 km2) hisoblanadi. 
Buyuk kllar Kanada kalkonining uchta yirik kristalli zinapoyasida vujudga
kelgan bo‘lib, ular g‘arbda Yukori ko‘ldan sharqda Ontario ko‘li tomon ketma-ket, 
bosqichma-bosqich pasayib boradi. Balandligi dengiz satxidan 183 m bo‘lgan
birinchi zinapoyada Yukori ko‘l (maksimal chukurligi 307 m) joylashgan. 
Balandligi 177 m bo‘lgan ikkinchi zinapoyada Michigan (chukurligi 265 m) va
Guron (chukurligi 222 m) ko‘llari joylashgan. Yukori ko‘ldan Sent-Meri daryosi 
oqib chiqib Guronga quyiladi. Guron ko‘li Michigan bilan Makino bug‘ozi orkali
tutashgan. Bu zinapoyaning 174 m balandl1-1gida boshqa ko‘llardan o‘zining 
sayozligi bilan farq qiladigan Eri ko‘li (chuqurligi 64 m) joylashgan. Eng past,
balandligi dengiz satxidan 75 m ko‘tarilib turgan uchinchi zinapoyada Ontario 
ko‘li joylashgan. Eri ko‘lini Ontario bilan uzunligi
54 km bo‘lgan Niagara daryosi 

tutashtirib turadi. Bu dare Eri kulidan oqib chiqadi va Ontario ko‘liga quyiladi.


O‘rtacha yillik suv sarfi 5900 m3/sek. Dolomitli ohaqtoshdan va gilli slanendan 
tuzilgan vodiy, ostonalar, sertepa qirlar suv oqimi ta’sirida yemirilib bormoqda.
Daryo suvi katta balandlikdagi kuest-tik jarlikdan otilib tushib, dunyoga mashxur 
bo‘lgan Niagara sharsharasini hosil qiladi. Kozi oroli sharsharani ikki okimga
bulgan. Kanadadagi chap qismini kengligi 800 m, balandligi 48 m va AKSH data 
unt qismini kengligi 300 m, balandligi 51 m. Sharshara ohaqtosh va gilli
slaneslarning suv oqimi ta’sirida yemirilishi hisobiga yiliga 1,5 m gacha tezlik 
bilan Eri ko‘li tomon chekinib bormoqda. Niagara sharsharasi vujudga kelgan
davrdan to xozirga kadar 11 km masofaga chekingan. 
Ontario ko‘lidan boshlanuvchi Avliyo Lavrentiy daryosi Buyuk ko‘llar
tizimini Atlantika okeani bilan boglaydi va o‘z suvini Avliyo Lavrentiy qo‘ltig‘iga 


quyadi. Daryoning estuariy bilan birgalikdagi uzunligi 3130 km. Estuariyning


uzunligi 400 km va kengligi 50 km. Avliyo Lavrentiy daryosi ko‘l suvlaridan 
tuyinib juda to‘lib oqadi. Kup yillmk o‘rtacha suv sarfi 6748 m3/sek. Dare
dekabrdan to aprelgacha muzlaydi, kemalarning qatnovi 140 kungacha to‘xtaydi. 
Qolgan paytlarda dare va ko‘llar tizimidagi navigatsiya tuliq, davom etadi.
Kanada qalqonining ichki xududlarida Fennoskandiya ko‘llariga o‘xshash 
materik muzligi ta’sirida hosil bo‘lgan mayda ko‘llar juda ko‘p. Markaziy va
Buyuk tekisliklarda aksincha, ko‘llar kam tarqalgan. 
Kordilera tog‘ tizimida tog‘-muzlik, tektonik, vulkan tipidagi ko‘llar keng
tarqalgan. Eng chuquri Serra-Nevadadagi Taxo (chukurligi 500 m) va Kaskad 
topshridagi Krater (chukurligi 600 m) ko‘llardir. Ichki yassi tog‘liklarda sayoz
sho‘r ko‘llar ko‘p. Ular o‘rta Osiyening Orol ko‘liga o‘xshab, kadimiy suv 
xavzalarining qoldiqlari hisoblanadi. Shulardan eng yirigi Katta Xavza yassi
tog‘ligidagi 2181 m balandlikda joylashgan Katta Shur ko‘lidir. Uning maksimal 
chuqurligi 15 m ga boradi. Suvining shurligi 137°/00 dan 300°/00 gacha
ko‘tarpladp. Ko‘ldai osh va glauber tuzi qazib olinadi. 
Shimoliy Amerika suv resurslariga juda boy, lekin shunga qaramasdan ba’zi
rayonlarda toza chuchuk suv yetishmaydi. Bunta sabab sanoatda va kishlok 
xujaligida suvdan tobora kuprok, foydalanish darajasini oshishidir. Ko‘p daryo va
ko‘llar fabrika va zavodlarning iflos chikindilaridan, ekin maydonlaridan yuvilib 
tushayotgan petitsidlar va turli xil kimyoviy o‘g‘itlardan ifloslangan.
Yaqin vaqtlargacha suvining tozaligi va katta miqdordagi chuchuk suv 
zaxirasiga ega ekanligi bilan ajralib turgan Buyuk ko‘llar tizimi ham xozirgi kunda
asta-sekin ifloslanib bormokda. Bu ko‘llarga tevarak-atrofdagi ishlab chikarish 
korxonalaridan turli xil zararli moddalar tashlanmoqda. Ular suv tagiga cho‘kib,
tirik organizmlarga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda. Bunday xol materik ichki suvlarini 
ifloslanishiga qarshi tadbir choralarni izchillik bilan olib borishni va ularni har
tomonlama muxofaza qilishni taqozo etadi. 

Yüklə 3,31 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   191   192   193   194   195   196   197   198   ...   376




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin