oralig‘i platolarini - Katta Xavzani o‘z ichiga oladi. Bu xududning yillik
radiatsiya balansi dasht zonasining radiatsiya balansiga juda yakin. E
GIN
mikdori
300-200 mm va undan xam kam. Mumkin bulgan buglanish mikdori
yogingarchilik mikdoridan 4-7 marta kup. Tog oraligi botiqlarida relefning tekislik
va yassi balandlik shakllari bilan almashinishi iklim va landshaftlarning
uzgarishiga ta’sir etadi-Natijada past joylarda cho‘l va balandlik massivlarida chala
cho‘llar vujudga kelgan. Kuruk va iqlim sharoitida och kashtan, och kung‘ir va
sho‘rxok tuproqlar shakllangan. Usimlik qoplami kserofitli butachalardan-
shuvokdardan va shuradardan iborat. Zona xududida yaylov chorvachilik xo‘jaligi
yaxshi rivojlangan.
SHIMOLIY AMERIKANING REGIONAL TAVSIFI
SHimoliy Amerika shimoldan janubga qarab shimoliy yarim shardagi
deyarli barcha kenglik zonalar bo‘ylab chuzilgan bo‘lib, uning xududida ekvatorial
landshaft tipidan boshqa barcha zonal landshaft tiplari mujassamlashgan. Xilma-xil
landshaftlarni vujudga kelishida materikning orografik tuzilishi, ayniksa Kordilera
tog‘
tizmasining Tinch okeanu xavzasiga nisbatan, tekislik, plato va o‘rtacha
balandlikdagi tog‘larning Atlantika va SHimoliy Muz okeanlari xavzalariga
nisbatan geografik joylanishi va shu omillar ta’sirida vujudga kelgan iklimiy
sharoitlar bilan bevosita bog‘lik.
Materik tabiatidagi yaqqol ko‘zga tashlanadigan eng katta farqlarning
mavjudligiga uning g‘arbiy baland tog‘li qismini xarakatchan geosinklinal
sharoitda rivojlanganligi va sharqiy tekislik xamda platoli qismi kam xarakat
platformali sharoitda rivojlanganligi xam sababdir. Binobarin, tekislik va platoli
sharq gorizontal zonallik bilan xarakterlansa, tog‘lik garb murakkab gorizontal
zonallik va vertikal mintakalikning xamoxang ko‘rinishidagi shakli bilan
xarakterlanadi. SHuning uchun materikning eng katta shimoliy va o‘rta qismlari
ikkiga-Kordilerasiz SHarqqa va Kordilerali Garbga bo‘linadi. Bu yirik tabiiy
geografik ulkalarning xar kaysi qismida kenglik zonallik, balandlik mintakalik,
okean Xavzalarining ta’siri, relef va iqlimning uzaro aloqadorligi o‘ziga xos
ko‘rinishda namoyon bo‘ladi- Bu farkdar SHarkni va Garbni bir iecha tabiiy
geografik oblastlarga bulishga imkon beradi.
Materikning tropik kengliklarda joylashgan, tropik va subekvatorial tabiiy
geografik sharoitga, tropiklarga xos nam va kserofit o‘rmon, tog‘ o‘rmon, siyrak
o‘rmon, chala cho‘l va savanna landshaft tiplariga ega bo‘lgan janubiy qambar
qismi Markaziy Amerika tabiiy geografik o‘lkasini tashkil etadi. Markaziy
Amerika o‘lkasi SHimoliy va Janubiy Amerikani uzaro boglovchi zveno bo‘lib
xizmat qiladi. Ko‘pchilik mualliflar Markaziy Amerikani Vest-Indiya orolllari
bilan birga yagona tabiiy geografik o‘lka deb qaraydilar.
Dostları ilə paylaş: