O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand davlat universiteti ro`yhatga olindi №2018 yil «Tasdiqlayman»


Subtropik doimiy yashil o‘rmonlar zonasi



Yüklə 3,31 Mb.
səhifə202/376
tarix26.12.2023
ölçüsü3,31 Mb.
#197416
1   ...   198   199   200   201   202   203   204   205   ...   376
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi s-www.hozir.org

Subtropik doimiy yashil o‘rmonlar zonasi SHimoliy Amerikaning sharkiy
kismida, keng bargli o‘rmonlardan janubda joylashgan. Bu zona Missisipi va 
Atlantikabuyn pasttekisliklarining janubiy qismini o‘z ichiga oladi. Musson iqlimli
sernam o‘rmonlar tagida sariq va qizil tuproqlar tarqalgan. O‘rmonlarda doimiy 
yashil magnoliya, buk, eman, sarv daraxti o‘sadi.

O‘rmon-dasht zonasi Kanada taygasidan janubda, AKSH ning aralash va
keng bargli urmonlaridan g‘arbda joylashgan. Uning tarkibiga Markaziy 
tekisliklarning g‘arbiy, Missisipi daryosining o‘ng soxilidagi qismi, Buyuk
tekisliklarning shimolidagi Nort va Saut Saskachevan daryo oraligi kiradi. 
Radiatsiya balansi shimoldan janubga qarab 30 dan 50 kkal/sm
2
gacha o‘zgarib 

boradi.
Zonaning o‘tkinchi xarakterli xususiyatlari tuproq-o‘simlik qoplamida va 


xayvonot olamida aniq, seziladi. SHimoliy o‘rmon-dashtda chimli-podzol, o‘rmon
buz va ishqorsizlangan qora tuproqlar, janubiy qismida preriya qora tuproklari 
keng tarqalgan. Tuproqlarning qoramtir gumus qoplamida 3-6% gacha chirindi
bor. O‘simlik koplami o‘tlok-dasht va o‘rmon tiplaridan iborat. 
O‘rmon-dasht zonasi inson xo‘jalik faoliyati ta’sirida azaldan yaxshi
o‘zlashtirilgan. SHuning uchun bokira preriya landshaftlari saqlanmagan. Zona 
xududida don ekinlaridan bug‘doy, arpa, zig‘ir, makkajuxori, suli ko‘p ekiladi.

Dasht zonasi o‘rmon-dashtdan garbda joylashgan bo‘lib, unga Buyuk
tekisliklarning deyarli xamma xududi va Markaziy tekisliklarning garbiy chekka 
qismi qaraydi. Zonaning radiatsiya balansi o‘rmon-dashtga o‘xshash 30-50
kkal/sm

2
ni tashkil etadi, lekin yogin-sochin miqdori sharqdan-g‘arbga qarab 500 


mm dan 250 mm gacha kamayadi.
Dashtlar mu’tadil va subtropik mintakalardagi qora va kashtan tuprokli, o‘t 
o‘simliklar bilan qoplangan o‘rmonsiz erlardir. Zonada g‘alla gulli o‘simliklar-
chalov betaga, bizon uti, borodach kabilar ko‘pchilikni tashkil etadi. SHimoliy 
Amerikada dashtlar preriyalar deb ataladi- Preriyalarning katta qismi inson
tomonidan o‘zlashtirilgan, unumdor erlar xaydalib, keng maydonda 
agrolandshaftlar barpo etilgan. Uzlashtirilmay kolgan erlar mol boqiladigan
yaylovlarga aylantirilgan. Preriyalarning uzlashtirilishi uning xayvonot olamiga 
xam ta’sir etgan.

Yüklə 3,31 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   198   199   200   201   202   203   204   205   ...   376




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin