kengliklarga tug‘ri keladi. Shuning uchun uning asosiy katta qismida mo‘’tadil va
Shimoliy Amerikaning shimoli-g‘arbiy soxilida, 40° sh.k. dan shimolda
yanvarning o‘rtacha harorati 0°S dan +5°S gacha va 60° sh.k. da va Alyaskaning
janubiy soxilida -5°S dan -10°S gacha o‘zgarib turadi. Bu yerda qish oylarida xavo
haroratining yuqoriroq bo‘lishiga sabab Aleut iliq oqimining ta’siridir.
Yanvarning o‘rtacha harorati 40° sh.k. dan janubroqda 0°S dan yuqori
ko‘tarila boshlaydi va Meksikaning shimolida, Florida yarim orolida +15°G gacha
yetadi. Materikning janubi tropik kengliklar xavo massasi ta’sirida bulganligi
uchun qish iliq buladi. Biroq ayrim paytlarda siklonlarning faoliyatini kuchayishi
natijasida arktika va subarktika sovuq
xavolarining janubga ilik, xavo frontini
yorib kirib kelishi munosabati bilan harorat Meksika k,ultigi qirg‘oqlarida -20°S
gacha, Florida yarim orlining janubida -3°S gacha pasayadi.
Yoz oylarining harorati ham qish fasliga o‘xshash janubdan shimolga tomon
pasaya boradi. Yozning harorati materikning hamma joyida musbat.
Iyul izotermalari materikni sharqdan g‘arbga qarab deyarli tekis kesib o‘tadi-
Lekin Atlantika va Tinch okeanlari soxilparida izotermalarning yo‘nalishi okean
ustidagi xavoga nisbatan sovuqroq xavo massalari ta’siri natijasida janubroqqa
karab uzgaradi. Alyaskaning shimoliy qirg‘oqlarida, Lavrentiya yassi tog‘ligida va
Labrador yarim orolida iyulning o‘rtacha harorati 10°S atrofida. Buyuk kullar
rayonida, Appalachi tog‘lari, Buyuk va Markaziy tekisliklarning shimoliy qismida
o‘rtacha harorat 20°S gacha ko‘tariladi. Yozning eng issiq jazirama kunlari
Shimoliy Amerikaning janubi-g‘arbiy qismi uchun xosdir.
Kolorado daryosining
kuyi qismida, Ajal vodiysida iyul oyinint o‘rtacha harorati 30-32°S ga teng.
Maksimal harorat Ajal vodiysida kuzatilgan bo‘lib 57°s dan oshgan. Bu g‘arbiy
yarim shardagi eng yuqori ko‘rsatgich hisoblanadi.
Atmosfera yog‘inlarining taqsimlanishi va rejimi xavo massalarining
sirkulyatsiyasiga, xususiyatiga, joyning orgrafik tuzilishiga bogliq. Shimoliy
Amerika xududining namlanishida Tinch okeanga nisbatan Atlantika okeanining
roli katta. Chunki Tinch okeanning ta’sir doirasi asosan materikning g‘arbiy qismi
bilan chegaralanadi. Kordilera tog‘ tizimi shimoldan janubgacha to‘sik vazifasini
bajarib, Tinch okeandan keladigan nam xavo massalarini ushlab koladi. Natijada
atmosfera yog‘inlarining katta miqdori Kordileraning g‘arbiy yon bag‘riga va
g‘arbiy soxillariga tushadi. Eng kup namgarchilik 40° sh.k dan shimolroqda bo‘lib,
yillik yog‘in miqdori 5000 mm gacha boradi. Mu’tadil mintaqaning qolgan
joylarida yog‘ingarchilik ancha kamayadi.
Materikning sharqiy katta xududi Atlantika
okeanidan keladigan xavo
massalari ta’sirida bo‘lib, sharqiy xavo massalari Appalachi tog‘laridan va
Markaziy tekisliklardan o‘tib, Kordileragacha yetib boradi. Kanadaning sharqiy va
AKShning shimoli-sharqiy Kismlarida yiliga 1000 mm atrofida yog‘ingarchilik
buladi. Bu regiondan siklonlarning tez-tez o‘tib turishi hisobiga yog‘ingarchilik yil
davomida bir me’yorda taqsimlangan. Ichki tekisliklarda yillik yog‘ingarchilik
miqdori 400 mm dan 800 mm gacha o‘zgaradi. Subarktika iqlim mintaqasida
haroratning past bo‘lishi oqibatida yog‘ingarchilik 400-300 mm gacha kamayadi.
AKSH ning sharqiy qismi janubi-sharqiy musson shamollari ta’sirida
bo‘lganligi sababli yiliga 1500 mm gacha yog‘in yog‘adi. Fapbga borgan sayin
yog‘ingarchilik miqdori kamayib, Missisipidan sharqda 1000 mm ni va Koyali
tog‘lar etagida 330 mm ni tashkil etadi. Katta xavzaning janubida, Ajal vodiysida
yog‘ingarchilik juda kam bo‘ladi, yillik yog‘in miqdori xatto 100 mm ga ham
yetmaydi.
Ichki yassi tog‘liklardan g‘arbda Tinch okeandan keladigan xavo massasi
ta’sir eta boshlaydi."
Yezda quruq passatlarning, qishda siklonlarning ta’siri
kuchayadi. Yog‘ingarchilikning ko‘p bo‘lishi siklonlar faoliyati bilan bog‘lik,
bo‘lganligi sababli maksimum yomg‘ir qish oylariga to‘g‘ ri kelib uning yillik
miqdori Sakramentoda 600 mm ni va Oregon shtatida 1000 mm ni tashkil etadi.
Meksika va Florida xududlarida Atlantika okeanidan keladigan tropik xavo
massalari va siklonlar hisobiga atmosfera yog‘inlarining maksimal qismi yoz
oylariga to‘g‘ri keladi. Meksika qo‘ltig‘i qirg‘oqlari atrofida 2000 mm gacha
yomg‘ir eg‘ka, Meksika tog‘ oralig‘i yassi tog‘larida bu kursatkich 500-600 mm
gacha kamayadi. Mexikoda bir yilda o‘rtacha 590 mm yomg‘ir yog‘adi.
Dostları ilə paylaş: