O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand davlat universiteti ro`yhatga olindi №2018 yil «Tasdiqlayman»



Yüklə 3,31 Mb.
səhifə186/376
tarix26.12.2023
ölçüsü3,31 Mb.
#197416
1   ...   182   183   184   185   186   187   188   189   ...   376
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi s-www.hozir.org

Kap tog‘lari. Kap tog‘lari tabiiy geografik jihatdan Janubiy Afrika
o‘lkasining kichik oblastini tashkil etib, materikning eng janubi-g‘arbiy
chekkasida, Port-Elizabet shahri bilan Ulifants daryosining quyi qismi
oralig‘ida joylashgan. Kap tog‘lari o‘rtacha balandlikdagi parallel yo‘nalgan bir 
necha antiklinal tog‘lardan tarkib topgan. Ular materikning janubiy va janubi-
g‘arbiy sohillari bo‘ylab 800 km masofaga chuzilgan. Tog‘lar oralig‘ida
turli kattalikdagi sinklinal chukmalar mavjud bo‘lib, ular orasida yirikrog‘i
Kichik Karru botig‘i hisoblanadi. Undan shimolroqda joylashgan keng Katta Karru 
botig‘i Kap tog‘larini Janubiy Afrika yassi tog‘ligining Katta Pog‘ona tizmasidan
ajratib turadi. 
Kap tog‘lari quyi paleozoyning qumtoshlari va kvarsitlaridan tarkib
topgan, gersin bosqichida burmalangan. Sunggi tog‘ hosil bo‘lish jarayoni
natijasida qaytadan ko‘tarilgai. Kap tog‘larining o‘rtacha-balandligi 1500 m
atrofida. Uning eng baland nuqtasi Svartberg tizmasidagi Zvart tog‘ida 2326 m ga 
etadi.
Kap tog‘lari tabiiy geografik oblasti uchun subtropik iqlim tipii harakterli. 
Maksimal yog‘ingarchilik qish oylariga to‘g‘ri kelib, yozda yomg‘ir juda kam
yog‘adi. YOmg‘ir fasli apreldan boshlanib sentyabrgacha davom etadi va keyin 
yog‘ingarchilik tuxtaydi. CHunki qishda esadigan g‘arbiy nam shamollar yozda
subtropik antitsiklon bilan almashinadi. Kap tog‘larini baland yon bag‘rlarida 
yiliga 1800 mm gacha, qolgan joylarda 700-800 mm gacha yog‘in-sochin bo‘ladi.
Qishda tog‘ cho‘qqilariga qor ham yog‘adi. Eng kam yog‘in tushadigan rayonlar 
ichki botiqlar hisoblanadi. Jumladan Kichik Karru botig‘ida yiliga o‘rtacha 150-
300 mm atrofida yog‘ingarchilik bo‘ladi. SHuning uchun bu rayonlarda 
dehqonchilik sun’iy sug‘orish asosida amalga oshiriladi.
Kap tabiiy geografik oblasti Janubiy Afrika o‘lkasining boshqa qismlaridan 
o‘ziga xos flora komplekslari bilan farq qiladi. Bu erda iqlimdan shakllangan
kap florasi o‘zining tashqi qiyofasi va xususiyatlari bilan O‘rta dengiz 
atrofidagi o‘simliklarni eslatadi. Doimiy yashil butalar va past bo‘yli daraxtlar
ko‘pchilikni tashkil etadi. Kap tog‘larining g‘arbiy yon bag‘rlarida aralash 
o‘rmonlar o‘sadi. Birgina yuksak o‘simliklarning 6000 dan ziyod turi bo‘lib,
shundan 3000 dan ko‘proq turi endemik o‘simliklardir. Kap florasida manza rali 





Yüklə 3,31 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   182   183   184   185   186   187   188   189   ...   376




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin