O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand davlat universiteti ro`yhatga olindi №2018 yil «Tasdiqlayman»



Yüklə 3,31 Mb.
səhifə183/376
tarix26.12.2023
ölçüsü3,31 Mb.
#197416
1   ...   179   180   181   182   183   184   185   186   ...   376
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi s-www.hozir.org

SHarqiy Afrika. SHarqiy Afrika yassi tog‘ligi tabiiy geografik o‘lkasi
materikning sharqiy qismini, 5° sh.k. va 17° j.k. lar oralig‘ini qamrab olgan. 
SHimoldan Efiopiya tog‘ligi va Rudolf ko‘li botig‘i, g‘arbdan Kongo botig‘i,
janubdan Zambezi daryosining quyi oqimi va sharqdan Hind okeani bilan 
chegaralangan. O‘lkaning kichikroq maydoni shimoliy yarim sharda va katta qismi
janubiy yarim sharda joylashgan.
SHarqiy Afrika yassi tog‘ligi Afrika platformasining tektonik jihatdan faol,
harakatchan qismi bo‘lib, uning hududida eng yangi uzilma (sbros)lar va graben 
(rift)lar tizimi keng tarqalgan. O‘lkaning aksariyat qismini balandligi 1000-1500
m dan yuqori bo‘lgan SHarqiy Afrika yassi tog‘ligi tashkil etadi. YAssi tog‘likning 
yuzasida keng botiqlar vujudga kelgan bo‘lib, ulardan eng yirigi Viktoriya ko‘li
bilan band. YAssi tog‘likning sharqiy qismi Hind okeani qirg‘og‘igacha tik 
zinapoyalar hosil qilib tushgan. Ayrim joylarda qirg‘oq bo‘ylab kengligi 10-20 km
dan oshadigan pasttekisliklar joylashgan. Qirg‘oqlar daryo vodiylar bilan kuchli 
parchalangan. Sohillarga yaqin joylarda mayda orollar va marjon riflari keng
tarqalgan.
YAssi tog‘likning kristall poydevori grabenlar bilan kesilgan. Ular relef
tuzilishida tor chukmalar va baland tik yon bag‘rli pog‘onalar shaklida namoyon 
bo‘lib, Qizil dengiz va Efiopiya tog‘ligidan Rudolf ko‘ligacha cho‘zilgan. Rudolf
ko‘lidan janubda graben zonasi uchta tarmoqqa bo‘linadi: g‘arbiy, markaziy va 
sharqiy. G‘arbiy tarmog‘i yassi tog‘likning g‘arbiy qismidan o‘tib Albert, Kivu,



Tanganika ko‘llari botiqlariga to‘g‘ri keladi. Markaziy tarmog‘i Rudolf ko‘lidan


boshlanib, janubda Nyasa ko‘ligacha davom etadi. Uchinchi tarmog‘i yassi 
tog‘likning sharqiy chekkasidan o‘tadi.
SHarqiy Afrika yassi tog‘ligining tektonik yoriqlar zonasidagi asosiy 
morfostruktura chuqur grabenlar va ularning atrofida juda baland ko‘tarilgan tog‘
massivlaridan tarkib topgan. Grabenlarning tagi turli xil balandliklarda joylashgan 
va ularning ko‘pchilik qismi uzoq masofaga cho‘zilgan chuqur ko‘llar,
botqoqliklar va shur erlar bilan band. 
SHarqiy Afrika yassi tog‘ligi tektonik yoriqlar va o‘zilmalar

natijasida bir


necha

TOF
massivlariga bo‘lingan. Tektonik yoriqlar bo‘ylab tik ko‘tarilgan kristall 


jinsli
TOF

massivlari materikning ham eng baland nuqtalari hisoblanadi. Ulka


hududida balandligi 5000 m dan yuqori bo‘lgan uchta cho‘qqi joylashgan: 
Klimanjaro Kibo cho‘qqisi bilan (5895 m), Keniya (5199 m) va Margerita (5109
m). Bulardan tashqari balandligi 4000 m dan oshadigan Elgon (4322 m). Meru 
(4567 m), Karisimbi (4507 m) kabi cho‘qqilar mavjud. Bu cho‘qqilar asosan
so‘ngan va harakatdagi vulkanlardan iborat. 
Baland platolarda qattiq jinslardan tarkib topgan qiya tepalik qoldiqli
balandlik relef shakllari keng tarqalgan. Bu tipdagi relef shakllari ayniqsa
Viktoriya ko‘lidan shimolda joylashgan. Uganda platosi va janubda joylashgan
Unyamvezi platosi uchun harakterli.
SHarqni Afrika yassi tog‘ligi o‘lkasining iqlimi subekvatarial, mussonli,
mavsumiy sernam iqlim. Havo harorati bir xilda bulmasdan uning taqsimlanishi
relefning balandligiga, parchalanganligiga va Hind okenining ta’siriga bog‘liq.
Hind okeani sohilida, Dar-es-Salom atrofida eng issiq oyning o‘rtacha harorati 
28°S ni va eng salqin oyniki 21°S dan oshmaydi. Tog‘ massivlariga
kutarilgan sari iqlim mu’tadillashib, harorat pasaya boradi. Nayrobi atrofida 
o‘rtacha oylik-harorat 19°S dan yuqori va14°S dan past bo‘lmaydi. Baland
tog‘larning 2000 m dan yuqori joylarida harorat 0°S dan past bo‘ladi, 3500 m dan, 
balanda qor yog‘adi. Eng baland cho‘qqilar - Kilimanjaro, Keniya va
Margeregalarning yuqori qismlari doimiy qor va muzliklar bilan qoplangan. 
O‘lka hududida atmosfera yog‘inlari ham bir tekisda taqsimlanmagan. Eng
ko‘p yog‘ingarchilik SHarqni Afrika yassi tog‘ligining shimoli-g‘arbiy va janubi-
g‘arbiy yon bag‘rlarida hamda Hind okeani sohilida bo‘ladi. Bu erlarda yillik
yog‘in miqdori 1000-1500 mm ni tashkil etadi. Baland tog‘ yon bag‘rlarida 2000-
3000 mm gacha yog‘adi. Qolgan joylarda yog‘in miqdori 750-1000 mm gacha,
berk botiqlarda va o‘lkaning shimoli-sharqiy chekkasida 500 mm gacha 
kamayadi. YAssi tog‘likning 5° sh.k. va 5° j.k..lari oralig‘i uchun yomg‘ir
mavsumining tipik ekvatorial rejimi harakterli. Bu oraliq zonada yiliga ikki marta 
maksumum yomg‘ir fasli va ikkki marta nisbatan kam yomg‘ir fasli ko‘zatiladi. 5°
j.k. dan janubdagi rayonlar uchun bitta maksumum yomg‘ir fasli harakterli. 
SHarqiy Afrika yassi tog‘ligidan materikning bosh suvayirg‘ichi o‘tadi.
O‘lka hududidan Atlantika okeni xavzasiga o‘z suvini quyadigan Kongo, Nil 
daryolari va ularning ko‘plab yirik irmoqlari boshlanadi. YAssi tog‘likning
sharqiy yon bag‘ridan boshlanuvchi Zambezi, Tana, Galana, Rufiji, Ruvuma, 
Lurio va boshqa mayda daryolar o‘z suvini Hind okeaniga quyadi. O‘lka hududida



Afrikaning eng yirik va chuqur tektonik ko‘llari joylashgan. Viktoriya, Tanganika,


Nyasa shular jumlasidandir. Bulardan tashqari Mobutu-Sese-Seko, Kiogo,
Eduard, Kivu, Mveru, Rukva, Bangveulu boshqa mayda ko‘llar ham bor.
Rudolf, Eyasi va Natron ko‘llari oqmas berk havzaga qaraydi. Yirik ko‘llarda 
kemalar qatnaydi.
SHarqiy Afrika yassi tog‘ligining katta qismi tipik savanna, quruq faslda 
bargini tukuvchi siyrak o‘rmonlar va butazorlar bilan band, Ularning tagida
lateritlashgan jigar rang qizil tuproqlar rivojlangan. Pastkam joylarda tropik qora 
tuproqlar va vulkanik jinslar ustida qung‘ir tropik tuproqlar hosil bo‘lgan.
O‘lkaning yog‘ingarchilik ko‘p yog‘adigan shimoli-g‘arbiy qismida qizil laterit
tuproqlar ustida aralash doimiy yashil va bargini tukuvchi o‘rmonlar keng

tarqalgan. Hozirgi kunda bu o‘rmonlarning aksariyat maydoni


antropogen

landshaftlarga - ikkilamchi baland utli savannalarga aylangan. Kurgokchil


shimoli-sharkiy rayonlardagi cho‘llangan savannalar qizg‘ish-qo‘ng‘ir tropik
tuproqlar va tikanli butazorlar bilan qoplangan. Daryo vodiylari bo‘ylab
doimiy yashil galeriya o‘rmonlari uchraydi. Okean sohillari bo‘ylab mangara 
o‘rmonlari tarqalgan.
Tog‘ massivlarida tuproq va o‘simlik qoplami balandlik mintaqa bo‘ylab 
taqsimlangan. T
OF

etaklaridan 1200 m balandlikkacha nam o‘rmonqar. 1200-2800


m balandliklar oralig‘ida doimiy yashil o‘rmonlar o‘sadi. Undan yuqorida 2800 m
dan 3800 m gacha bo‘lgan balandliklarda qalin tog‘ o‘rmonlari bambukzorlar
va daraxtsimon vereskali mintaqa bilan almashadi. 3800-4500 m dagi 
balandliklarda
TOF

o‘tloqzorlari va o‘lkan murakkabgullilar keng tarqalgan. 4500


m dan balanddagi toshloq erlarda va qoyalarda siyrak holda lishayniklar o‘sadi. 
4800 m dan yuqorida
doimiy qor va muzliklar mintaqasi boshlanadi.

SHarqiy Afrika yassi tog‘lik o‘lkasining hayvonot dunyosi Juda boy va turli-


tuman. O‘lkaning poyonsiz savannalari va o‘rmonlari fillar antilopalar, zebralar,
jirafalar, karkidonlar, qutoslar va boshqa o‘txur hayvonlar uchun ozuqa
manbai va yashash uchun qulay makon hisoblanadi. Daryo vodiylarida
va ko‘llar atrofida begemotlar, timsohlar yashaydi. Yirtqich hayvonlardan
arslonlar, qoplonlar, chiyabo‘rilar ko‘p uchraydi. 
Hayvonlarning ko‘plab miqdorda ovlanishi ularning sonini va turlarini
keskin kamayib ketishiga sabab bulmoqda. Ayrim hayvon turlari umuman 
yuqolib ketish arafasida turibdi. SHuning uchun sharqiy Afrika mamlakatlari
yovvoyi hayvonlarni, noyob tabiat obidalarini va xushmanzara landshaft 
komplekslarini saqlab qolish maksadida dunyoga mashhur bo‘lgan quriqxonalar
va milliy parklar tashkil etishgan. Ruvenzori, Serengeti, Nort-Luangva,
Ruaxa, Lukusuzi, Kilimanjaro. Savo milliy parklari, Burigi, Ugalla, Kizingo
quriqxonalari shular jumlasidandir. 



Yüklə 3,31 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   179   180   181   182   183   184   185   186   ...   376




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin