O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand davlat universiteti ro`yhatga olindi №2018 yil «Tasdiqlayman»



Yüklə 3,31 Mb.
səhifə149/376
tarix26.12.2023
ölçüsü3,31 Mb.
#197416
1   ...   145   146   147   148   149   150   151   152   ...   376
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi s-www.hozir.org

SHIMOLIY MUZ OKEANI 

Geografik o‘rni va chegaralari 
Shimoliy Muz okeani Yer yuzidagi okeanlar ichida eng kichigi bo‘lib, 
akvatoriyasining maydoni jihatdan to‘rtinchi o‘rinda turadi. U Tinch okeanidan
13,5 marta, Atlantika okeanidan 7 marta va Hind okeanidan 6 marta kichik. 
Okeanning geografik o‘rni Tinch, Atlantika va Hind okeanlaridan farq qilib,
Arktikaning markaziy qismida qutbiy zonada joylashgan. Deyarli uning hamma 
tomoni, ayrim suv chegaralarini e’tiborga olmasak, Yevrosiyo va Shimoliy
Amerika materiklarining shimoliy qirg‘oqlari bilan chegaralangan. Tinch va 
Atlantika okeani bilan bo‘g‘ozlar orqali tutashgan. Maydoni 14,8 mln. km2. Suv
hajmi 18,07 mln. km3. 
Arktika Shimoliy qutb atrofidagi katta maydonni egallagan bo‘lib, unga okean
akvatoriyasi, materiklarning shu okeanga tutashgan qismi, orollar va arxipelaglar 
kiradi. Shimoliy Muz okeani dastlab mustaqil okean sifatida 1650 yilda golland
geografi B.Varenius tomonidan ajratilgan va o‘sha davrda Giperborey okeani deb 
atagan. 1845 yilda uni London geografiya jamiyati Shimoliy Muz okeani deb atadi.
Okeanning qirg‘oq chiziqlari Hind okeani qirg‘oqlariga nisbatan murakkab 
tuzilishga ega. Ayniqa uning qirg‘oqlari Kanadaning shimoliy qismida,
arxipelaglarda va Grenlandiya sohillarida kuchli parchalangan. Fennoskandiya, 
Grenlandiya va Islandiya qirg‘oqlarida fordlar va tik yon bag‘rlar keng tarqalgan.
Abrazion qirg‘oqlar Barens, Oq va Qora dengizlari uchun harakterli. Ammo, 
Shimoliy Muz okeani qirg‘oqlarining asosiy qismi pasttekisliklardan va ayrim
joylari tog‘lardan iborat. Iqlim sharoitining qattiqdigi tufayli okean sohillarida 
aholi juda siyrak yashaydi va bu yerlar xo‘jalik jihatdan kam o‘zlashtirilgan.
Binobarin, okeanning geografik o‘rni va umumiy tabiiy sharoiti nafaqatning iqlim 
balki jahon chegaradosh davlatlar miqyosidagi iqtisodiy ahamiyatini ham
belgilaydi. 

Yüklə 3,31 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   145   146   147   148   149   150   151   152   ...   376




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin